Kod phy1014 Nomi
Download 166 Kb.
|
SYLLABUS Jumayev 20-21 сем1
Fizika kursi dasturi
O‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot
Fizika kursi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot Ushbu izika kursi ikki qismdan iborat: “Fizika I” va “Fizika II”, ular o‘quv yilining ikki semestri davomida o‘qitiladi. Birinchi semestrda “Fizika I”, ikkinchi semestrda esa “Fizika II” qismlari o‘qitiladi. “Fizika I” kursi quyidagi qismlardan iborat: kirish, мехаnika, моlekulyar fizika va termodinamika hamda elektromagnetizm. Кirish qismida fizika fanining texnikani rivojlanishi va mutahassislarning shakllanishidagi o‘rni, pizika kursining tuzilishi va vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Mexanika quyidagilarni o‘z ichiga oladi: fizikaviy modellar, moddiy nuqta, ilgarilanma va aylanma harakatlarning kinematikasi, harakatning chiziqli va burchakli xarakteristikalarining bog‘lanishi, moddiy nuqta va qattiq jismning aylanma harakatlari dinamikasi, mexanik ish, kinetic va potensial energiyalar, mexanikada energiyaning saqlanish qonuni, Lorens almashtirishlari, relyativistik mexanikada tezliklarni qo‘shish. Моlekulyar fizika va termodinamika quyidagilarni o‘z ichiga oladi: asosiy gaz qonunlari, ideal gazning holatlar tenglamasi va molekulyar-kinetik nazariyaning tenglamasi, gazning bajargan ishi, issiqlik sig‘imi, qaytar va qaytmas jarayonlar, termodinamikaning II qonuni, entropiya. Elektromagnetizm quyidagilarni o‘z ichiga oladi: elektr va magnit maydonlar, dielektriklar xususiyatlari, elektr sig‘imi, elektr toki kuchi va zichligi, magnit induksiyasi vektori, magnit momenti, zaryadlangan zarrachalarning elektr va magnit maydonlaridagi harakatlari, elektromagnit induksiya hodisasi, magnit maydonning energiyasi. Fizika kursiga qo‘yilgan dastlabki talablar. Fizika kursi O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim andozasining texnika oliy o‘quv muasssasalari ta’lim yonalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash mazmuni va saviyasining majburiy minimumiga muvofiq bo‘lishi zarur. Fizika kursi fanning o‘quv va ishchi dasturlari, o‘quv majmuasi, o‘quv darsliklari, qo‘llanmalari, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tish bo‘yicha ko‘rsatmalar, laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha stendlar, virtual laboratoriya ishlari, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha mustaqil ish ko‘rinishida topshiriqlar mavzulari bilan ta’minlanishi kerak.
Kurs yakunlanishida talabalar quyidagilarga erishishi kerak: asosiy fizikaviy hodisa va ularning qonunlarini bilishi; fizikaviy kattaliklarining asosiy tushunchalari, o‘lchamlai va qiymatlarini bilishi; fundamental tushunchalar, qonunlar, klassik va zamonaviy fizika nazariyalarini farq qilaolishi; fizikaviy xususiyatlar va hodisalarni izlashda kompyuter, axborot-kommunikasiya va multimedia texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanaolishi; kelajakdagi faoliyatida amaliy vazifalarning aniq fizikaviy mazmunini aniqlayolishi; aniq fizikaviy jarayonlarni Phet Simulation dasturi yordamida modellashtirish, virtual laboratoriya ishlarini bajaraolishi, laboratoriya ishlari natijalari bo‘yicha zarur nazariy hisoblashlarni bajaraolishi; fizika bo‘yicha masalalarni echishda analitik va sonli hisoblashlar tajribasiga ega bo‘lishi. Кurs mazmuni Ма’ruzalar: 1 – bo‘lim. Мехаnika. Таlabalar bu bo‘limda quyidagilarni o‘rganadi: moddiy nuqtaning ilgarilanma va aylanma harakati kinematikasi, moddiy nuqta harakati dinamikasi, kuch, massa, impuls, Nyuton qonunlari, qattiq jism aylanma harakati, impulsning o‘zgsarish va saqlanish qonunlari, mexanik tizimning qonunlari, quvvat, meexanikada saqlanish qonunlari, Einshteynning nisbiylik nazariyasi, Lorens almashtirishlari, Lorens almashtirishlariga nisbatan harakat tenglamalarining invariantligi.
2 – bo‘lim. Моlekulyar fizika va termodinamika ideal gazning qnunlari, holat tenglamalari va termodinamik jarayonlarning qonunlarini o‘rganadi.
3 – bo‘lim. Elektromagnetizm. Bu bo‘limda quyidagilar o‘rganiladi: elektrostatikaning tushuncha va qonunlari, dielektriklar xususiyatlari, elektr sig‘imi, kondensatorlar, elektr tokining kuchi va zichligi, Om qonunining integral ko‘rinishi, Kirxgof qoidalari, magnit induksiyasi vektori, Amper va Lorens qonunlari, magnit momenti, zaryadlangan zarrachaning elektr va magnit maydonlaridagi harakati, magnit maydonlari uchun Gauss teoremasi, elektromagnit induksiyasi hodisasi va qonunlari, o‘tkazgich va solenoid induktivligi, magnit maydon energiyasi zichligi, elektromagnit induksiya hodisasining qo‘llanilishi.
Amaliy mashg‘ulotlar
Laboratoriya mashg‘ulotlari
O‘quv yuklamasi
Та’lim strategiyasi Kurs quyidagi tartibda o‘tadi: ma’ruzalar davomida talabalar kurs bo‘yicha tegishli nazariy bilimlar oladi. Har bir talaba bajarilish muddati ko‘rsatilgan, mustaqil ish ko‘rinishiga ega bo‘lgan 5 ta topshiriq oladi. Semestr bo‘yicha talabalar bir marta oraliq nazoratidan o‘tadilar. Амаliy mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida o‘qituvchilar ma’ruza mashg‘ulotlarida olingan nazariy bilimlarini amalyotda qo‘llashni namoyish etadilar. Har bir amaliy va laboratoriya ishlari mashg‘ulotlari oxirida talabalar 5 tadan (ja’mi 10 ta) topshiriqlar oladilar. Semestr bo‘yiccha amaliy mashg‘ulordan 5 ta, laboratoriya ishlari bo‘yicha 5 ta amaliy topshiriqlar bajaradi. Таlabalar o‘zlashtirishini baholash Kursning nazariy qismi bo‘yicha semester davomida ikki marta oraliq nazorati o‘tkaziladi. Кursning nazariy qismi bo‘yicha mustaqil ishlar 15% (har bir mustaqil ish 5%). Оraliq nazorati 10%. Амаliy ish 13 % va 13 та амаliy topshiriqlardan iborat (har biri 1%). Laboratoriya ishlari bo‘yicha 12% va 10 ta topshiriqlardan iborat (har biri 1,2%). Yakuniy nazorat 50%.
Har bir toshiriqda bajarish muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Muddatida topshiriqni bajarmagan talabalar tegishli ballar to‘playolmaydi. Adabiyotlar Аsosiy: 1.Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y. 2.К.П.Абдурахманов, Ў.Эгамов “Физика”. Дарслик. Тошкент. 2013 й. 3.Q.P.Abduraxmanov, O’.Egamov. “FIZIKA”. Darslik. Toshkent. 2015 y. 4. И.И.Савельев. Курс общей физики. Том 1,2,3. Москва 2018 г.
1.Douglas C. Giancoli. Physics. Principles with Applicathions. January 17, 2004 USA ISBN-13^ 978-0-321-62592-2. 2. A.T.Xudoyberdiyev, N.A.Jumayev, S.J.To’rayev. Umumiy fizikadan masalalar va ularni yechishda dasturiy vositalardan foydalanish namunalari. Toshkent 2019 y. 3. Абдурахманов К.П., Тигай О.Э., Хамидов В.С. Физикадан мультимедиа лекциялар тўпплами. Ўқув қўлланма. 2013 й. Pdf + диск + СНМ. 4. Abduraxmanov Q.P., Ismoilov Sh.X, Tohirov U.X. Fizika fanidan amaliy mashg‘ulorlar ucgun masalalar to‘plami va uslubiy ko‘rsatmalar. I qism. Mexanika, Elektromagnetizm. 2018 y. 5.Abduqodirov M.A., Tohirov U.X. Fizika fanidan amaliy mashg‘ulorlar ucgun masalalar to‘plami va uslubiy ko‘rsatmalar. “Molekulyar fizika. Termodinamika”. 2017 y. 6. Xalilov Sh., Ashirbaeva A.K. Fizika fanidan amaliy mashg‘ulorlar ucgun masalalar to‘plami va uslubiy ko‘rsatmalar. II qism. Elektromagnetizm. 2017 y. 7.Ismoilv Sh., Ochilova O.O. Fizika fanidan laboratoriya ishlari va va uslubiy ko‘rsatmalar. II qism. 2018 y. 8. S.J.Turayev, N.A.Jumayev, Yo.Odilov.Fizika fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy ko’rsatmalar. 2016 y. 9. S.J.Turayev, N.A.Jumayev, Yo.Odilov.Fizika fanidan amaliy mashg’ulotlar uchun uslubiy qo’llanmalar. I va II qismlar. 2017 y. 10. A.K.Muxammadiyev, N.I.Jurayeva. Fizikadan laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma. 2015 y. 11. S.J.Turayev, N.A.Jumayev, Yo.Odilov.Fizikadan virtual laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma. 2016 y. 12. N.A.Jumayev. Fizikadan ma’ruza matnlari to’plami. 2019 y.
1. PhetSimulation. http^phet.colorado.edu/ 2.https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/moving-man 3.httsp://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/motion-2d 4.https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/projectile-motion 5.https://phet.colorado.edu/en/simulation/forces-and-motion-basics 6. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/energy-skate-park 7. https://phet.colorado.edu/en/simulation/friction 8. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/gaz-properties 9. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/ballons-and-buoyancy 10. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/reactions-and-rates 11. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/states-of-matter 12. IdealGasin 3D. http://vahid.ucos.ru/load/0-0-0-17-20 13. https://phet.colorado.edu/en/simulation/charges-and-fields 14. https://phet.colorado.edu/en/simulation/capacitor LAB 15. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Electric Field Hockey 16. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/field 17. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/circuit-construction-kit-ac 18. https://phet.colorado.edu/en/simulation/ohms-law 19. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/battery-resistor-circuit 20. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/circuit-construction-kit-ac-virtual-lab 21. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/signal-circuit 22. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/radio-waves 23. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/faraday 24. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/generator 25. https://phet.colorado.edu/en/simulation/Iegacy/faradays-law Download 166 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling