Код успеха простая женщина с Кодне строит себе дом под г. Ташкент за 3000000$
Sanoat korxonalari ENHAT tizimlarining iqtisodiy samaradorligi
Download 25.59 Kb.
|
sanoat korxonarda
3.2. Sanoat korxonalari ENHAT tizimlarining iqtisodiy samaradorligi
ENHAT ni yaratish va uning ishlatilishining mazmuni boshlang„ich minimal pul sarflarida korxona mablag„lari va energiya resurslarini doimiy tejashdan iborat. ENHAT ni ishlatilishidan iqtisodiy samaraning qiymatlari korxonalar bo„yicha energiya resurslarining yillik iste‟molidan o„rtacha 15-30 % larga etmoqda, ENHAT ni yaratishga harajatlarni o„zini oqlashi 2-3 kvartalda amalga oshmoqda. Bugungi kunda korxonaning ENHAT tizimi shunday zarur mexanizm hisoblanadiki, ularsiz energiya resurslarini Yetkazib beruvchilarga energiya resurslariga madaniyatli hisoblashish muammolarini echish, energiya tashuvchilarni uzluksiz tejash va korxona mahsuloti tannarxida energiya harajatlarining ulushini kamaytirish mumkin emas. Korxonaning energiya iste‟moli darajasi ikki asosiy va tashkiliy-texnik tashkil etuvchilardan qo„shiladi. Asosiy tashkil etuvchi o„rnatilgan texnik qurilmalar energiya sig„imi orqali aniqlanadi. Tashkiliy-texnik tashkil etuvchi (TTTE) esa korxona xodimi tomonidan ishlab chiqarish va shaxsiy manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib beriladigan qurilmalarni ishlatish rejimlari orqali aniqlanadi. Energiya iste‟molining birinchi (asosiy) tashkil etuvchisi eskirgan ko„p energiya sig„imili qurilmalarni va texnologik jarayonlarni zamonaviy va kam energiya sig„imililariga almashtirilishini talab qiladi. Bu ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yirik investitsiyalarni jalb etilishiga bog„liq, bu bizning iqtisodimizda muammoli. SHuning uchun yirik pul sarflarini talab qilmaydigan va ishlatilishida tez amaliy samaralarni beradigan korxona energiya iste‟moli darajasida TTTE ni minimallashtirish imkoniyatiga e‟tiborni qaratish zarur. Bu tashkil etuvchini 38
Rejim-tarifli tashkil etuvchilar minimallashtirishning dolzarbligi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish natijasida asosiy energiya iste‟molini qisqartirilganidan keyin ham saqlanadi. 3.1-rasm. Korxona energiya iste‟molining tashkil etuvchilari Korxona energiya iste‟moli TTTE darajasi quyidagi oltita asosiy qismlardan tashkil topgan. 1) Shartnomali, qimmatga ega bo„lmagan tashkil etuvchi energiya resurslariga Yetkazib beruvchilar bilan energiya iste‟molining haqiqiy qiymatlari bo„yicha emas, sezilarli oshirilgan shartnoma qiymatlari bo„yicha hisoblashishga bog„langan, bu iste‟molchiga moliyaviy zararlarni keltiradi. Bu yo„qotishlar tashkil etuvchisi tijorat hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda minimumga (hatto nolga) olib kelinadi; Технологик ташкил этувчи Шахсий ташкил этувчи Эгасиз ташкил этувчи Tashkiliy-texnik tashkil etuvchilar Bazaviy tashkil etuvchilar Shartnomaviy tashkil etuvchilar Tarifli tashkil etuvchilar Zaruriy tashkil etuvchilar Texnologik tashkil etuvchilar Qo‟shimcha tashkil etuvchilar 39
2) Tarifli tashkil etuvchi energiya resurslariga Yetkazib beruvchilar bilan energiya iste‟molining haqiqiy qiymatlari bo„yicha, lekin iste‟molchi uchun eng foydali bo„lmagan tarif bo„yicha emas (bu tarifni ishlatishga qodir hisobga olishning bo„lmasligi tufayli) hisoblashishlar bilan bog„langan. Bu yo„qotishlar tashkil etuvchisi istalgan amaldagi va istiqbolli tariflarni kuzatib borishga qodir bo„lgan tijorat hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda nolga olib kelinadi; 3) Rejimli-tarifli tashkil etuvchi, o„sha bir tarif doirasida tarifli to„lovlarni minimallashtirish maqsadida sutkaning berilgan zonalarida (maksimumli zonalarda) energiya iste‟moli vaqti va qiymati bo„yicha qurilmalar ish rejimlarini o„zgartirish imkoniyati bilan bog„langan. Bu yo„qotishlar tashkil etuvchisi yuklama tarkibini taxmin qilish va tahlil qilishli tijorat va texnik hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda minimumga olib kelinadi; 4) Texnologik tashkil etuvchi, texnologik siklning buzilishi va qurilmalardan samarasiz foydalanish bilan bog„langan. Bu yo„qotishlar tashkil etuvchisi chuqur texnik hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda (sexlar, bo„limlar va yirik energetik qurilmalar darajasigacha), shuningdek, korxona bo„limlari orasida energiya resurslari bo„yicha ho„jalik hisobi yuritilishi yoki korxona bo„limlari energiya resurslariga me‟yorlar bilan minimumga olib kelinadi; 5) SHaxsiy tashkil etuvchilar, shaxsiy maqsadlarda xodim tomonidan ishlab chiqarish qurilmalarida foydalanish bilan bog„langan. Bu yo„qotishlar tashkil etuvchisi mahsulot birligini chiqarishga real solishtirma me‟yorlarni hisoblashli chuqur texnik hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda minimumga olib kelinadi; 6) Egasiz tashkil etuvchi, ish joylaridagi turli xil energiya yo„qotishlarga xodimlarning befarqligi, manfaatdor emasligi bilan bog„langan. Bu yo„qotishlar tashkil etuvchisi korxona bo„limlari orasida energiya resurslari bo„yicha ho„jalik hisobi yuritilishi yoki korxona bo„limlari energiya resurslariga me‟yorlar bilan 40
texnik hisobga olish ENHAT ni tashkil etishda, ENHAT ning ko„rsatishlari bo„yicha energiya resurslarini tejashga xodimlarni moddiy rag„batlantirishda (mukofotlashda) minimumga olib kelinadi. Turli ishlab chiqarish korxonalarida ko„rsatilgan energiya yo„qotishlari tashkil etuvchilari TTTE doirasida turli solishtirma salmoqlarga ega, lekin umuman olganda korxona umumiy energiya iste‟molidan 15-30 va undan ortiq foizlarga etishi mumkin. Bu tashkil etuvchilarni hisobga olish, nazorat qilish va minimallashtirish faqat energiyani hisobga olishni avtomatlashtirishda bo„lishi mumkin va korxonada va uning ob‟ektlarida ENHAT ni yaratishning bosh maqsadlaridan biri hisoblanadi. Download 25.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling