Код успеха простая женщина с Кодне строит себе дом под г. Ташкент за 3000000$


Download 25.59 Kb.
bet2/4
Sana13.12.2022
Hajmi25.59 Kb.
#999572
1   2   3   4
Bog'liq
sanoat korxonarda

NAZORAT SAVOLLARI:  
1. Optik port orqali hisoblagichlarda so„rov o„tkazish orqali ENHAT ni tashkil 
etish nimadan iborat?
2. Optik port orqali hisoblagichlarda so„rovni o„tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili 
etish qanday masalalarni yechishga imkon beradi?
3. Interfeys o„zgartirgichlari, multipleksor yoki modem orqali hisoblagichlarda 
so„rov o„tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish nimadan iborat? 
4. Ko„chma kompyuterdan interfeys o„zgartirgichlari, multipleksor yoki modem 
orqali hisoblagichlarda so„rov o„tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili etish qanday 
masalalarni yechishga imkon beradi?

32


5. Ma‟lumotlarni yig„ish va ishlov berish orqali hisoblagichlarda avtomatik 
so„rovni o„tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish nimadan iborat? 
6. Ma‟lumotlarni yig„ish va ishlov berish loqal markazi orqali hisoblagichlarni 
avtomatik so„rovni o„tkazilishi bilan ENHAT ni tashkil etish qanday 
masalalarni yechishga imkon beradi?
7. O„rta va yirik quvvatli sanoat korxonalari yoki energetika tizimi uchun ko„p 
pog‟onali ENHAT ni tashkil etishning afzalliklari nimalardan iborat? 
8. O„rta va yirik quvvatli sanoat korxonalari yoki energetika tizimi uchun ko„p 
pog‟onali ENHAT ni tashkil etish qanday masalalarni yechishga imkon beradi?
9. Bir turga mansub tizimlardagi ENHATga ta‟rif bering.
10.
Bir turga mansub tizimni ishlatishning afzallik va kamchiliklari nimalardan 
iborat?

33


3. SANOAT KORXONALARIDA ENHATNI QURISHNING VAZIFASI
3.1. Sanoat korxonalarida avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etilishining  
maqsadga muvofiqligi
Istalgan avtomatlashtirilgan tizimni loyihalashtirishning borishida ishlab 
chiquvchi bu obektni boshqarish tizimida avtomatlashtirishning qanday darajasi 
zarur bo„ladi degan muhim savolni echishi kerak. Avtomatlashtirish darajasi 
boshqarish bo„yicha barcha funksiyalar inson tomonidan bajariladigan tizimlardan 
bu funutsiyalar avtomatik amalga oshadigan tizimlaragacha keng chegaralarda 
o„zgarishi mumkin. Bir tomondan, avtomatikaning zamonaviy vositalari 
boshqarish tizimida insonni doim ham almashtira olmaydi. Boshqa tomondan, 
inson o„z chegaralangan imkoniyatlari tufayli boshqara olmaydigan ob‟ektlar 
mavjud. Boshqarish tizimlarida inson va avtomatikani maqbul qo„shilish 
samaraliroq hisoblanadi.
Avtomatika yordamida boshqarish zarur bo„lgan sharoitlar quyidagilar: 
1.
Insonning fiziologik va psixologik imkoniyatlari (mushak kuchlari, 
axborotlarni qayta ishlash tezligi, reaksiya tezligi,u yoki bu fizik ko„rinishda 
kodlangan axborotlarni qabul qilish qobiliyati, ish qobiliyati va h.k.) bu ob‟ekt 
yoki jarayonni boshqarish uchun etarli emas hisoblanadi; 
2.
Tizim inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo„lgan muhitda bo„lishi 
mumkin. Bu holda ishlab chiquvchi boshqarish tizimida mehnat sharoitlarini 
sog„lomlashtirish va engillashtirish, avtomatika yordamida texnika xavfsizligini 
oshirish imkoniyatlarini aniqlashtiradi;
3.
Ob‟ektni boshqarishda insonning qatnashishi undan juda yuqori malakani 
talab qilishi mumkin. Ba‟zi ishlab chiqarishlarda noyob mutaxssislar mavjud 
bo„lib, ularning boshqarish jarayonida qatnashishi optimal echimlarga yaqin 
bo„lgan echimlarga erishishga imkon beradi. Bu mutaxssislarni almashtirish oson 
emas. Masalan, ishlashi butunlay ulkan tajribaga va sezgiga asoslangan, san‟atga 
yaqin bo„lgan domna pechida eritish jarayonini boshqaradigan masterning 

34


ahamiyatini baholash qiyin. Bunday mutaxassislarni tayyorlashni rejalashtirib 
bo„lmaydi. Bunday turdagi mutaxassis shoir kabi minimum iste‟dodga ega bo„lishi 
kerak. Agar ularning jomaviy tajribasini evristik shaklda tavsiflab bo„lganda edi, 
unda bu mutaxassilarni avtomatika almashtirsa bo„lar edi. Bunda, lekin, yana 
noyob mutaxassislarning etishmasligidan yo„qotishlarmi yoki ularning ishini 
bajaradigan avtomatik tizimni ishlab chiqish va ishlatishga harajatlar kattaligini
aniqlashtirish kerak;
4.
Mehnat resurslarining etishmasligi mavjud (masalan, o„zlashtirilmagan va 
olisdagi tumanlarda ishlab chiqarish ob‟ektlarini yaratishda); 
5.
Avtomatika kritik va avariya holatlarida ob‟ektni boshqarishda zarur. Oddiy 
holatlarda o„z majburiyatlarini a‟lo darajada bajaradigan mutaxassis, avariya 
holatlarida turli psixologik va fiziologik ta‟sirlar ostida boshqarish bo„yicha to„g„ri 
echimlarni qabul qilishga yaroqsiz bo„lib qolishi mumkin.
Ishlab chiqiladigan tizimning parametrlari haqida muzokaralarning borishida 
buyurtmachi bo„lishi mumkin avariya vaziyatlari va ularning oqibatlarini 
tavsiflashi kerak. Bunday vaziyatlarning bo„lishi, agar bo„lishi mumkin avariya 
natijasidagi yo„qotishlar avtomatikaga sarflardan ortganda avtomatlashtirish 
zarurati haqida masalalarni echishda aniqlovchi bo„lishi mumkin.
Qoidaga ko„ra, ob‟ektni boshqarishda qandaydir boshqarish sifati mezoni
shakllantirilishi mumkin. Bu mezon narx ifodalanishiga ega yoki qiymatlariga 
boshqarish tizimi to„g„ridan-to„g„ri ta‟sir qiladigan bir qancha parametrlarni 
optimallashtirish masalasi ko„rinishida ifodalanadi (bunda parametrlarning 
qiymatlari narx baholanishi bilan qandaydir bog„langan). Boshqarish ob‟ekti 
prinsipial qo„lda boshqarish imkoniyatiga ega bo„lsin. Lekin, inson ob‟ektni 
boshqarish bilan boshqarish mezoni nuqtai nazaridan nooptimal echimlarni qabul 
qiladi.

35


3.1-jadval
Inson va EHM ning funksional imkoniyatlarini taqqoslash 
Inson quyidagi funksiyalarda avzalliklarga ega
Mashinalar quyidagi
funksiyalarda avzalliklarga ega
Kuchli
“shovqin”
sharoitlarida
signallarnni aniqlash (masalan, radiohalaqitlar 
sharoitlarida
radiolokatsion
stansiya
indikatorida qaytgan signalni, erdan chaqnashni 
va dengiz sirtidan halaqitlarni)
O„zgaradigan qabul qilish sharoitlarida 
ob‟ektlarni tanish (masalan, fotosur‟atlarni 
qayta ishlashda niqoblangan ob‟ektlarni tanish)

Kutilmagan


hodisalar
sharoitlaridagi
harakatlar, masalan, yaroqchizliklarni tuzatish 
uchun yoki noodatiy vaziyatlarni vujudga 
kelishiga javob uchun yo„llarni tanlashda
Alohida simptomlardan kelib chiqib
umumiy holat haqida xulosa qilish-induktiv
muhokama qilish qobiliyati
Oldin bo„lib o„tgan hodisalar natijalari 
asosida tajribada harakatlarni o„zgartirishni 
o„rganish qobiliyati
Fikrlashning originalligi- muammolarni
yangi, mutlaqo turli echishni topish qobiliyati 
Harakatlardagi ixchamlik, masalan yangi 
ko„nikmalarni faqat bir yozma va og„zaki 
protsedurali ko„rsatmalar orqali o„zlashtirish
Ortiqcha yuklanish sharoitlarida ishlash 
qobiliyati, masalan, ko„plab radiolokatsion 
nishonlan
sharoitlarida
ikkinchi
darajali
nishonlarni inkor qilib tahdid qiluvchilariga 
e‟tiborni to„plash
Minimal
kechikishli
sezgirlik
(bir
necha
mikrosekund; insonda 200 ms
atrofida)
Takroriy
harakatlarni
bajarishdagi
aniqlik
(inson
bunday
vaziyatlarda
xatoliklarga
yo„l
qo„yishi
mumkin)
Ko„plab
miqdordagi
ma‟lumotlarni yig„ish va ular
bilan ishlash
Nazorat qilish (insonda
kam
vujudga
keladigan
hodisalarga
nazorat
qilish
qobiliyati juda kam)
Deduktiv muhokama-
elementning
qaysi
sinfga
tegishli ekanligini aniqlash
Stimullarga
sezgirlik-
mashina
insonning
sensor
imkoniyatlari
diapazonidan
tashqarida yotadigan energiya
formalarini
qabul
qilishi
mumkin, masalan, infraqizil
nurlar va to„lqinlar
Quvvatli
kuch
qurilmalarining
ishlatilishi,
masalan,
zamonaviy
samolyotlardagi
reaktiv
dvigatellar

36


Agar avtomatika boshqarish sifatini sezilarli yaxshilashga imkon bersa, u 
holda uning qo„llanilishi maqsadga muvofiq bo„lib qoladi. Buyurtmachi faqat 
avtomatlashtirishga ketgan sarflarni boshqarish sifatini yaxshilashdan yutuqlarga 
(qabul qilingan o„zini oqlash muddatlarini hisobga olib) pulli ko„rinishda 
taqoslashi kerak bo„ladi. Agar bu taqqoslash natijasida u avtomatlashtirishdan 
iqtisodiy yutuqni aniqlasa, u holda boshqarish tizimida inson qisman yoki to„liq 
avtomatika bilan almashtirilishi kerak.
YAkunda inson va EHM ning bir qancha funksional imkoniyatlarini 
ko„rsatadigan jadval keltiriladi. Bunday turdagi jadvallar ishlab chiquvchilarga 
boshqarish tizimida zarur avtomatlashtirish darajasini to„g„ri baholashga yordam 
beradi.
ENHAT tizimlarini ishlab chiqishda qanday avtomatlashtirish darajasi 
tanlanishi kerak? Bu savolga javob berish uchun ENHAT ning asosiy 
funksiyalarini energiya iste‟moli (hisobga olish) haqida ma‟lumotlarni yig„ish, 
shuningdek, korxona energiya ta‟minoti jarayonlarini tahlil qilish va boshqarishni 
o„tkazilishini eslash zarur. Hisobga olish katta hajmli ma‟lumotlarni to„plash va 
ular bilan ishlashga bog„liq, be erda EHM insonga nisbatan shubhasiz 
avzalliklarga ega. SHuning uchun hisobga olishni deyarli to„liq avtomatik qilish 
mumkin.

Lekin, korxona energiya ta‟minotini boshqarishni amalga oshirish 


insonning qatnashuvisiz bo„lmaydi. EHM dasturiga texnologik jarayonlar 
talablarining barcha nozik tafsilotlarini qo„yib bo„lmaydi (yoki juda murakkab), 
avtomatikaning u yoki bu harakatlari oqibatlarini (zararlarini) algoritmik tavsiflash 
qiyin. Inson-mutaxassis tajribasisiz, uning o„rganish va yuzaga kelgan nostandart 
vaziyatlardan bama‟ni chiqishni topish qobiliyatisiz avtomatik boshqarish optimal 
bo„lmaydi. Bu holda EHM ga boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun 
insonga yordam berish vazifasi yuklanadi (operator tahlil qilishi uchun qulay 
shaklda ma‟lumotlarni tayyorlash, xatolikli ma‟lumotlarni topish va tizim 
ishlashini testlash, alohida parametrlarning o„zgarishlarini taxmin qilish, 

37


operatorlar harakatlarining to„g„riligini protokollashtirish va nazorat qilish). 
SHunday qilib, korxona energiya ta‟minotini boshqarishda optimal 
avtomatlashtirish darajasi, inson-operator va EHM qatnashishining optimal 
qo„shilishi topilishi kerak.


Download 25.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling