Kodirova nigora shaydullayevna yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirishning usullari


Download 135.53 Kb.
bet10/17
Sana18.06.2023
Hajmi135.53 Kb.
#1593047
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
MD-Kodirova-7.04.2023

II bob bo‘yicha xulosalar

  1. Yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishni ta’lim-tarbiya bilan bog‘laydigan bo‘lsak, avvalo tarbiyachi-murabbiylarni ushbu sohada malakasini oshirish lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga odob-axloq qoidalari va huquqning ilk tushunchalarini o‘rgatishga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqib, huquqning ilk tushunchalarini singdirib borish maqsadga muvofiq. Aholi, xususan yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, muammoga ilmiy nuqtai nazardan yechim topish ham bugungi kunda muhim hisoblanadi. Shuningdek, bu borada ommaviy axborot vositalarining o‘rnini oshirish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. Prezident Farmoni bilan aholi huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan hududiy dasturlar qabul qilinishi lozim. Ushbu dasturlarni amalga oshirish va ijro etishda huquqni muhofaza etuvchi organlar tomonidan aniq tadbirlarni amalga oshirishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimizda qabul qilinayotgan har qanday qonun hujjatlarining aholining barcha qatlamlarigacha yetib borishini ta’minlash ham muhim hisoblanadi. Zero, faqatgina aniq o‘ylangan va samarali tizimgina, huquqiy targ‘ibotgina aholi huquqiy madaniyatini oshirib, uning huquqiy ongi shakllanishiga olib kelishi mumkin;

  2. Yoshlardagi yuqori huquqiy ong, huquqiy savodxonlik, demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatdagi amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini tushunishda va ularni amalga oshirishda yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish asosiy maqsadimiz hisoblanadi;

  3. Bugungi kunda jamiyatimiz, ayniqsa, qishloq joylarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, jumladan, ish bilan ta’minlash, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, ayolga hurmat, huquqiy nigilizm, farzandlar tug‘ilishini optimal rejalashtirish masalalaridagi tibbiy va huquqiy bilimlarning yetishmasligi, ushbu jabhalarda olib borilayotgan ishlarning zamon talablariga doimo ham mos emasligi hamon juda kam bo‘lsa-da saqlanib qolayotganligini tavsiflaydi. Bu holat, huquqiy ongga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, joylardan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar, xuquqiy, tibbiy tarbiya zamon talablariga mos holda, masalan, yangi shakl va uslublarni taqozo etmoqda.




Download 135.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling