Huquqiy savodxonlik, huquqiy bilim va huquqiy madaniyat orqali yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish
Download 45 Kb.
|
1.Isroilov M
HUQUQIY SAVODXONLIK, HUQUQIY BILIM VA HUQUQIY MADANIYAT ORQALI YOSHLARDA VATANPARVARLIK, INSONPARVARLIK FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH Isroilov Mansur (talaba TIQXMMI) Sanayeva Durdona (talaba TIQXMMI) Har bir davlatning tarixi, an’analari, kelajak maqsadlari o’z ifodasini topgan Konstitutsiyasi bor. O’zbeklar ijtimoiy ongi uchun doimo birgalilik xos bo’lib, bizda insonlar o’zini yurtdoshlari, jamoasi, urug’i tarkibidagina tasavvur qiladi. Muhim masalalar jamoatchilik bilan hal qilinadi va katta yoshli, hayot tajribasi boy keksalar so’zi hal qiluvchi hisoblanadi. Konstitutsiyamizni tuzishda ham ajdodlarimiz tajribasiga suyanildi. Ya’ni, xalqimizning e’tiqod manbai bo’lgan ‘’Qur’oni Karim’’ va vaqt sinovidan o’tgan buyuk ajdodimiz Amir Temurning ‘’Temur tuzuklari’’ manbaalari asos qilib olindi. Sharq adabiyotida adolat, insonni ulug’lash, inson Alloh yaratgan xilqatlar orasida eng mo’tabar zot ekanligini tarannum etish doim asosiy o’rinlarda turgan. Masalan, Umar Hayyomning quyidagi ruboiysiga e’tibor beraylik: Dunyoning tilagi,samari ham biz, Aql ko’zin qarosi gavhari ham biz, To’garak jahonni uzuk deb bilsak, Shaksiz, uning ko’zi-gavhari ham biz. Ushbu misralarda ifoda etilgan insonni ulug’lovchi, qadrini baland qiluvchi ma’no, adolatli g’oya Asosiy Qonunimizning 13-moddasida o’zining huquqiy talqinini quyidagicha topgan: ‘’O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Asosiy qonunimizning har bir moddasida inson omili asosiy omil sifatida olindi. Masalan, Konstitutsiyamizning 7-moddasida ‘’Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbaidir,’’ -deyilsa, uning 2-moddasida xalq davlat irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Shuningdek, uning qabul qilish jarayonida ham har tomonlama xalq manfaati ustuvorligining guvohi bo’lamiz. Ya’ni, agar O’zbekiston Respublikasining oddiy qonunlarini qabul qilishda Oliy Majlis deputatlarining umumiy soniga nisbatan ko’pchilik ovoz talab qilinsa, Konstitutsiya qabul qilish yoki unga o’zgartirish kiritish uchun ovozlarning kamida uchdan ikki qismi zarur bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, Konstitutsiyamizdagi hech bir qonun inson manfaatlaridan holi tarzda qabul qilinmagan. Aynan ana shuning uchun ham, ya’ni bosh qonunimiz faqat va faqat inson omilini ilgari surgani uchun mustaqil davlatimiz shakllanishi jarayonining eng muhim tarkibiy qismiga aylandi. To’g’ri qabul qilingan har bir qonun yurtimizning gullab-yashnashiga xizmat qilmoqda.Va yana aytishimiz mumkinki, rivojlanishimiz sur’atini tezlashtirmoqda. Shuning bilan birga, Konstitutsiyamiz inson va davlat o’rtasidagi munosabatlarni o’zining diqqat markazida saqlab, insonga iqtisodiy, siyosiy erkinliklar, barkamol hayot kechirish, jamiya va davlat ishlarini hal etishda ishtirok etish, milliy va jahon madaniyati boyliklaridan foydalanish imkoniyatlarini bermoqda.Bugungi kunga kelib xalqimiz o’z taqdirini o’zi hal qilmoqda. Ya’ni, yurtimizda joriy etilgan saylov tizimlarida bevosita qatnashib, qabul qilinayotgan har bir qonunga o’zining mustaqil ovozini bermoqda. Bu esa o’z navbatida Vatanimizda demokratiyaning ustuvoligidan dalolatdir. Mustaqil O’zbekistonning kuch-qudrat manbai xalqimizning umumisoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo’shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha asrab-avaylab kelmoqda. O’zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir. Xalqimizning Konstitutsiyada aks etgan hamda yanada rivoj topayotgan fazilatlari: saxovatlilik, bolajonlik, oilaparvarlik, nogiron va yetim bolalarga mehr-muruvvatlilik; farzandlarning o’z ota-onalari oldidagi ma’suliyatliligi va burchdorligi, bag’rikenglik va boshqalardir. Davlatimiz mustahkam, ma’naviy va axloqiy jihatdan sog’lom oilalardan g’oyatda manfaatdor erkinligini to’la his qiladi va oilalarni yanada mustahkamlash, ijtimoiy vazifalarni bajarishda , bolalarni tarbiyalashda, unga har tomonlama ko’maklashadi hamda kelin-kuyovlarning moddiy, uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Masalan, yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida uzoq muddatli kreditlar ajratib beradi. Davlat tomonidan berilayotgan e’tiborning samarasi o’laroq yurtimizda ajralishlar soni kundan kunga kamayib bormoqda. Konstitutsiyamizdagi ‘’Oila’’ bobida kiritilgan moddalarda nikoh yoshi, ota-onalarning ma’suliyatlari,farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari ko’rsatilib berilgan bo’lib, ushbu ko’rsatmalar xalqimiz qon-qoniga singib ketgan odatlardir. Konstitutsiyamizdagi hech bir modda xalqimizga yot tushunchani ilgari surmaydi. Aksincha, har bir modda xalq turmush jarayonidan olingan. Konstitutsiyani davlatning ‘’Mitti modeli’’ desak, hech mubolag’a bo’lmaydi. Chunki davlatimiz tomonidan oilalarimizga berilayotgan e’tibor bosh qonunimiz doirasida o’z ifodasini topgan. Hukumatimizning g’amxo’rliklariga javoban biz-yoshlar ham faqat va faqat mustahkam oilalar qurmoqchimiz . Shuningdek, Vatanimiz ravnaqiga o’z xissasini qo’shadigan , barkamol yosh avlodni tarbiyalab, yetishtirib bermoqchimiz. Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarimizni, imkoniyatlarimizni bilganmiz yaxshi, albatta. Ushbu huquq va erkinliklarimiz qatorida Konsitutsiyamizda belgilangan o’ziga yarasha burchlarimiz ham borki, biz bu burchlarimiz haqida to’la ma’lumotga ega bo’lish bilan bir qatorda, ushbu burchlarimizni demokratik davlatning ongli fuqorosi sifatida bajarishimiz ham shartdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-48-moddalariga muvofiq, barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarini bajaradilar. Shuningdek, fuqorolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini xurmat qilishga majburdirlar. 49, 50 va 52-moddalarning mazmuni ham huquqiy va ma’naviy majburiyatlarning shunday teran va uzviy birligi bilan sug’orilgan. 49-moddaga binoan, fuqorolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy me’rosini avaylab asrashga majburdirlar; 50-moddaga asosan, atrof tabiit muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar; 52-moddaga ko’ra esa, O’zbekiston Respublikasini himoya qilish O’zbekiston Respublikasi har bir fuqorosining sharafli burchidir. Hozirgi kunga kelib ko’plab ekologik muammolarni keltirib chiqaruvchi omil ya’ni, antropogen omil sifatida insonning tabiatga munosabati ko’rsatilmoqda. Yurtimiz hududidagi ekologik muammolarni bartaraf etishda ongli ishtirokchi bo’lishimiz kerakligini va bundan keyingi har bir harakatimiz atrof-muhitga ta’sir qulishini unutmasligimiz shart. Zero, bu ham bosh qonunimiz-Konstitutsiyada ko’rsatilgan. Yuqorida aytib o’tilganlar bizning farovon hayotimizni ko’zlab tuzilgan Konstitutsiyamizda ko’rsatilgan insoniy, fuqoroviy burchlarimiz edi. Yurtimizda yaratilayotgan hech bir islohot yoki qonun faqat va faqat islohot yoki davlat uchun emas, balki insonlar uchun, Siz - u biz uchun yaratilmoqda. Vatanimiz taqdirini o’z taqdirimizdan, baxtini baxtimizdan ayro holda tasavvur ham qilmaylik. Ajdodlarimiz ruhini hurmatlashimiz va ularga mos avlod bo’lishimiz kerak. Kelajak avlod oldida ham har birimizning o’z vazifalarimiz bor. Buni ham unutmaylik. Serquyosh O’zbekistonimizni, baxtimiz asosi bo’lmish Konstitutsiyamizni avlodlarga yorug’ yuz bilan topshiraylik. Zero, O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat. Siz - u biz esa ana shu kelajagi buyuk davlatning baxtiyor fuqorolarimiz. Adabiyotlar ro’yxati: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O’zbekiston, 2017-yil. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. “Sharq” nashriyoti, Toshkent-1997. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.” O’zbekiston 2017-yil. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.” O’zbekiston 2017-yil. Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling