Koeffitsientini hisoblab topish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1177316
Bog'liq
QOVURISH APPARATLARIDAGI YOG



QOVURISH APPARATLARIDAGI YOG’ ALMASHINISH 
KOEFFITSIENTINI HISOBLAB TOPISH 
 
Reja : 
1. Qovurish apparatlaridagi yog’ almashinish koeffitsientini 
2. Yo’g’ kislota soni
3. Yog’ organoleptik ko’rsatkichlari. 
 
Yog’da sabzavot, baliq, go’sht qovurish vaqtida xom ashyo, namlik, yuqori 
temperatura, xavodagi kislorod va boshqa omillar ta’siri ostida murakkab fizik-
kimyoviy o’zgarishlar natijasida yog’ sifati buziladi va bu qovurilgan maxsulot 
sifatini ham buzadi. Yog’ sifati buzilishi uni almashinish koeffitsientiga bog’liq. 
Almashinish koeffitsienti K deb yog’ning sutkadagi sarfining W kg qovurish 
apparatidagi yog’ miqdoriga d kg nisbatiga aytiladi 
Bu koeffitsient qancha katta bo’lsa yog’ sifati qovurishda shunchalik kam buziladi. 
Ilmiy asoslab topilgan yog’ almashinishining eng optimal koeffitsienti K=1,2. 
Yuqori almashinish koeffitsientini ta’minlash uchun qovurish apparatida iloji 
boricha kam yog’ bo’lishi va apparat sutka davomida to’liq quvvat bilan ishlashi 
kerak. 1-misol.Sutkada 36 t sabzi qovurilgan. Massaning ko’rinar kamayishi 45% . 
Qovurilgan sabzida yog’ miqdori 12%. Qovurish apparatida yog’ miqdori 1t. 
Sutkadagi yog’ almashinish koeffitsentini topish talab qilinadi. Avval (39) formula 
qovurilgan sabzi miqdorini topamiz. 


. Sutkasiga 5% yog’li 20t baliq qovurilgan. Ko’rinar kamayish 20%, qovurilgan 
baliqda yog’ miqdori 6%. Qovurish apparatida yog’ miqdori 1t. Yog’ almashinish 
koeffitsientini topish talab qilinadi. Qovurilgan yog’ miqdorini topamiz 


Bundan ko’rinadiki apparatdagi yog’ miqdori deyarli o’zgarmadi, demak yog’ 
almashinish koeffitsienti nolga teng. Yog’ sifatining o’zgarishi Yog’ning 
organoleptik ko’rsatkichlaridan tashqari kislota soni asosiy hisoblanadi. Ma’lum 
songa yetgach yog’ ishlatilishi taqiqlanadi. Amalda yog’ kislotaliligini me’yorga 
keltirish uchun unga yangi yog’ qo’shiladi. Unda yog’ kislotaliligini hisoblab topish 
kerak bo’ladi. Faraz qilaylik qovurish pechida A kg yog’ bor, uni kislota soni K1; 
kislota soni K2 bo’lgan B kg yog’ qo’shildi. Omixta kislota soni Kom nechaga 
tengligini hisoblash kerak. Omixta kislota sonini quyidagi formula bilan hisoblash 
mumkin 




Konservalarda yog’ va qurug’ modda balansini tuzish Konserva ishlab chiqarishda 
har bir mahsulot va xom ashyo bo’yicha texnoximhisobot tuziladi. 
Texnoximhisobot har bir xom ashyo va material sarfi, ularning sifati, tayyor 
maxsulot donasiga sarfi, chiqit va yo’qotishlar va boshqa ko’rsatgichlarni o’z ichiga 
oladi. Texnoximhisobotga ba’zan ayrim konservalarga xos bo’lgan qo’shimcha 
ko’rsatgichlar qo’shiladi. Xususan tomat mahsulotlari ishlab chiqilganda (tomat-
pasta, pyure, sharbat) quruq modda balansi tuziladi. Unda bir tomondan qayta 
ishlangan xom ashyodagi quruq modda miqdori,ikkinchi tomondan tayyor 
mahsulot, YATM, chiqit va yo’qotishlardagi (hisobga olingan va olinmagan) quruq 
moddalar yig’indisi yoziladi. Material balans tuzish boshqa konservalar ishlab 
chiqarishda ham katta rol o’ynaydi. Murabbo, jem, povidlo, tsukat, jele va boshqa 
quruq modda miqdori yuqori mahsulot ishlab chiqishda xom ashyo va qant bilan 
kelgan quruq modda balansini tuzish katta ahamiyatga ega. Sabzavot va baliq 
gazak konservalari ishlab chiqarishda o’simlik yog’i balansini tuzish katta 
ahamiyatga ega, chunki bu konservalarda yog’ eng qimmatli material va u nafaqat 
konservaga balki yo’qotishlarga ham (kuyish, sachrash, chiqit) sarflanadi. 
Texnoximhisobotni tahlili va uni ko’rsatgichlarini normativlar bilan taqqoslash 
texnologik jarayonlarni to’g’ri olib borilganligi, xom ashyo va materialni ko’p 
sarflanganligi, maxsulot sifati va uni yaxshilash yo’llari to’g’risida xulosa 
chiqarishga imkoniyat beradi. Boshqacha aytganda texnoximhisobat tahlili ishlab 
chiqarish ho’jalik va texnik boshqaruvni to’g’ri va samarali olib borishga yordam 
qiladi 
Tomatni qayta ishlashdagi quruq modda balansi Quruq modda balansi quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi. Uruq va po’stloq miqdorini topamiz. 


Tomat qayta ishlash jarayonida yuviladi, navga ajratiladi, maydalaniladi, isitiladi, 
ishqalanadi, bug’latiladi, qadoqlanadi. Bu jarayonlarning ayrimidagi yo’qotishlar 
hisoblab topiladi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling