Kogon shahar 5-son umumiy o`rta ta`lim maktabi iqtisodiy bilim asoslari fani o`qituvchisi A. F. Sattorova tomonidan 9-sinflar uchun tayyorlagan dars mavzusi
Download 358.23 Kb.
|
Valyuta kursi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq
- Javoblar
- Mavzuga doir masalalar
28-MAVZU: VALYUTA KURSIKogon shahar 5-son umumiy o`rta ta`lim maktabi iqtisodiy bilim asoslari fani o`qituvchisi A.F.Sattorova tomonidan 9-sinflar uchun tayyorlagan dars mavzusi2020-yil Faollashtiruvchi topshiriqlar:2019-yil 7-iyulTopshiriq:
Javoblar:
1 932 000 so`m(200 x 9660 = 1932000)
Har bir davlat ichki bozorida savdo-sotiqni amalga oshirish uchun muomalaga o`z pul birligini – milliy valyutasini chiqaradi. Davlat hududida milliy valyutada savdo-sotiq qilinadi. O`zbekiston Germaniyadan asbob-uskunalarni sotib olish uchun yevro kerak. Germaniyaga O`zbekistondan paxta tolasi sotib olish uchun esa o`zbek so`mi kerak bo`ladi. Demak, xalqaro bozorda savdo-sotiqni turli xil davlatlarning valyutalarida olib borishga to`g`ri keladi. Natijada bir davlat valyutasini ikkinchi davlat valyutasiga almashtirishga ehtiyoj tug`iladi. Valyuta – davlatlar pul birliklarining umumlashgan nomi Valyutaning ayiraboshlov kursi – bir davlat valyutasining boshqa davlat pul birligida ifodalangan narxi Konvertatsiya – bir davlat valyutasini boshqa davlat valyutasiga almashtirish. O`zbekiston Respublikasida xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan kursini O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab beradi. Ikki davlat bir-biri bilan import-eksport savdo-sotiq aloqalarini olib borar ekan, birinchi davlatning ikkinchi davlat valyutasiga ehtiyoj paydo bo`ladi. Bu esa har bir davlat valyutasiga nisbatan, xuddi tovarlarga bo`lganidek, talab va taklifini keltirib chiqaradi. Davlat valyutasining kursi unga bo`lgan talab va taklifga nisbatan shakllanadi. Milliy valyuta Xalqaro valyuta Import Taklif Eksport Talab Davlat ko`p tovar eksport qilsa Davlat valyutasiga bo`lgan talab oshadi Davlat ko`p tovar import qilsa Xalqaro valyutaga bo`lgan talab oshadi Ba`zida davlat tashqi savdoni tartibga solish, mamlakat ichki bozorini himoya qilish maqsadida, valyuta kurslarini rasmiy ravishda oshirishi yoki kamaytirishi ham mumkin. Bunga muomaladagi milliy valyutani ko`proq chiqarish yoki kamaytirish orqali ham erishish mumkin. Ba`zida davlat milliy valyuta kursini ko`tarish maqsadida, markaziy bank zaxirasidagi chet el valyutasini ko`p miqdorda ichki bozorga chiqaradi. Demak, xuddi tovarlar kabi bozorda chet el valyutasi ko`paysa, uning narxi, ya`ni kursi tushar ekan. Mavzuga doir masalalar:Kostyum ichki bozorda 520 000 ming so`m, tashqi bozorda 73Aqsh dollar. Kostyum ichki bozorda necha AQSH dollarda turadi. (1 AQSH=10129.39) 520 000 : 10129.39 = 51.34 Demak, kostyum narxi tashqi bozorda 73 AQSH dollar bo`lsa, ichki bozorda 51.34 AQSH dollarni tashkil qiladi. Yevropa turistik sayohat bilan otlangan fuqaro o’zi bilan 2500 € pul olib borishga qaror qilgan. Valyuta almashtirish shahohchasidan 1 € ning so’mga batan qiymali 11125.11 so’mdan va 0,5 % ii komision bilan aimashtirish imkoniyatiga ega. Fuqarogaga buning uchun necha so’m pul bo’lishi kerak? Masalani yechishda proporsiyadan foydalaniladi: -1- 11125.11 – 100% X so`m – 0.5% X = (11125.11*0.5%)/100% = 55.63 -2- 11125.11+55.63 = 11180.74 so`m har bir yevro uchun 0.5% komission biln birga to`lanishi lozim bo`lgan pul miqdori -3- 11180.74 * 2500 € = 27 951 850 so`m fuqaroga pul bo`lishi kerak. Bundan 55.63 * 2500 € = 139 075 so`m shahobchada o`z xizmati uchun olib qoladi Download 358.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling