Kogon shahar 5-son umumiy o`rta ta`lim maktabi iqtisodiy bilim asoslari fani o`qituvchisi A. F. Sattorova tomonidan 9-sinflar uchun tayyorlagan dars mavzusi


Download 358.23 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi358.23 Kb.
#1228945
Bog'liq
Valyuta kursi

28-MAVZU: VALYUTA KURSI

Kogon shahar 5-son umumiy o`rta ta`lim maktabi iqtisodiy bilim asoslari fani o`qituvchisi A.F.Sattorova tomonidan 9-sinflar uchun tayyorlagan dars mavzusi


2020-yil

Faollashtiruvchi topshiriqlar:

2019-yil 7-iyul

Topshiriq:

  • Agar ish yuzasidan xorijga ketayotgan bo`lsangiz albatta bu uchun sizga o`sha borayotgan xorijiy davlat valyutasi kerak bo`ladi. Sizning qo`lingizda 20 mln.so`m pul mablag`ingiz bor, siz bankdan so`mni: a) yevroga, b) AQSH dollariga, d) ingliz funt sterlingga almashtirmoqchi bo`lsangiz sizga bank qancha chet el valyutasini beradi?
  • Agar siz safardan qaytib kelib ortiq qolgan 200 yevroni so`mga almashtirmoqchi bo`lsayiz, unda bank sizga qancha so`m beradi?

Xorijiy valyuta nomi

Sotib olish, so`mda

Sotish, so`mda

1 AQSH dollari

8550

8600

1 YEVRO

9660

9840

1 ingliz funt sterlingi

10780

10990

1 rossiya rubli

108

136

Javoblar:

  • Men 20 mln.so`mni xalqaro valyuta pul birliklariga almashtirsam quyidagi miqdorlarga ega bo`laman:
  • Agar safardan qaytganimda 200 yevro xalqaro valyuta pulini saqlab qolib uni bankda so`mga almashtirganimda menga jami quyidagi beriladi
  • 1 932 000 so`m

    (200 x 9660 = 1932000)


Xorijiy valyuta nomi

Sotib olgan valyuta miqdori

1 AQSH dollari

2325,58

1 YEVRO

2032.52

1 ingliz funt sterlingi

1819.83

Har bir davlat ichki bozorida savdo-sotiqni amalga oshirish uchun muomalaga o`z pul birligini – milliy valyutasini chiqaradi. Davlat hududida milliy valyutada savdo-sotiq qilinadi. O`zbekiston Germaniyadan asbob-uskunalarni sotib olish uchun yevro kerak. Germaniyaga O`zbekistondan paxta tolasi sotib olish uchun esa o`zbek so`mi kerak bo`ladi. Demak, xalqaro bozorda savdo-sotiqni turli xil davlatlarning valyutalarida olib borishga to`g`ri keladi. Natijada bir davlat valyutasini ikkinchi davlat valyutasiga almashtirishga ehtiyoj tug`iladi.
Valyuta – davlatlar pul birliklarining umumlashgan nomi
Valyutaning ayiraboshlov kursi – bir davlat valyutasining boshqa davlat pul birligida ifodalangan narxi
Konvertatsiya – bir davlat valyutasini boshqa davlat valyutasiga almashtirish.
O`zbekiston Respublikasida xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan kursini O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab beradi.
Ikki davlat bir-biri bilan import-eksport savdo-sotiq aloqalarini olib borar ekan, birinchi davlatning ikkinchi davlat valyutasiga ehtiyoj paydo bo`ladi. Bu esa har bir davlat valyutasiga nisbatan, xuddi tovarlarga bo`lganidek, talab va taklifini keltirib chiqaradi. Davlat valyutasining kursi unga bo`lgan talab va taklifga nisbatan shakllanadi.
Milliy valyuta
Xalqaro valyuta
Import
Taklif
Eksport
Talab
Davlat ko`p tovar eksport qilsa
Davlat valyutasiga bo`lgan talab oshadi
Davlat ko`p tovar import qilsa
Xalqaro valyutaga bo`lgan talab oshadi
Ba`zida davlat tashqi savdoni tartibga solish, mamlakat ichki bozorini himoya qilish maqsadida, valyuta kurslarini rasmiy ravishda oshirishi yoki kamaytirishi ham mumkin. Bunga muomaladagi milliy valyutani ko`proq chiqarish yoki kamaytirish orqali ham erishish mumkin.
Ba`zida davlat milliy valyuta kursini ko`tarish maqsadida, markaziy bank zaxirasidagi chet el valyutasini ko`p miqdorda ichki bozorga chiqaradi. Demak, xuddi tovarlar kabi bozorda chet el valyutasi ko`paysa, uning narxi, ya`ni kursi tushar ekan.

Mavzuga doir masalalar:


Kostyum ichki bozorda 520 000 ming so`m, tashqi bozorda 73Aqsh dollar. Kostyum ichki bozorda necha AQSH dollarda turadi.
(1 AQSH=10129.39)
520 000 : 10129.39 = 51.34
Demak, kostyum narxi tashqi bozorda 73 AQSH dollar bo`lsa, ichki bozorda 51.34 AQSH dollarni tashkil qiladi.
Yevropa turistik sayohat bilan otlangan fuqaro o’zi bilan 2500 € pul olib borishga qaror qilgan. Valyuta almashtirish shahohchasidan 1 € ning so’mga batan qiymali 11125.11 so’mdan va 0,5 % ii komision bilan aimashtirish imkoniyatiga ega. Fuqarogaga buning uchun necha so’m pul bo’lishi kerak?
Masalani yechishda proporsiyadan foydalaniladi:
-1-
11125.11 – 100%
X so`m – 0.5%
X = (11125.11*0.5%)/100% = 55.63
-2-
11125.11+55.63 = 11180.74 so`m har bir yevro uchun 0.5% komission biln birga to`lanishi lozim bo`lgan pul miqdori
-3-
11180.74 * 2500 € = 27 951 850 so`m fuqaroga pul bo`lishi kerak.
Bundan 55.63 * 2500 € = 139 075 so`m shahobchada o`z xizmati uchun olib qoladi
Download 358.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling