KO’hna-urganch shahridagi majmualar Guruh: 7-18 (Arxitektura)
Download 1.53 Mb.
|
arxitektura tarixi va nazariyasi 7 18 guruh Absadiqov Ziyodullo
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat
KO’HNA-UrGANCH shahridagi majmualarGuruh: 7-18 (Arxitektura)Bajardi: absadiqov Z.Qabul qildi: masharipov o. Mamatmusayet t.Koʻhna Urganch — Aholisi 36 ming kishi (2019). Kunya-Urganch Turkmanistonning shimoli-g'arbiy qismida, Amu-Dariya daryosining chap sohilida joylashgan. Urganch Axemoniylar imperiyasining bir qismi bo'lgan Xorazm viloyatining poytaxti bo'lgan.Eski shaharda asosan XI-XVI asrlarga oid bir qator yodgorliklar mavjud, ular orasida masjid, karvonsaroy darvozalari, qal'alar, maqbaralar va balandligi 60 m bo'lgan minoralar mavjud. Ushbu yodgorliklar me'morchilik va hunarmandchilik sohasidagi ulkan yutuqlardan dalolat beradi, ularning ta'siri Eron va Afg'onistonga, keyinchalik XVI asr Hindistonining Mo'g'ul imperiyasi me'morchiligiga ta'sir ko'rsatdi. Koʻhna Urganchda 12– 14-asrlar meʼmoriy yodgorliklaridan El Arslon, Takash, Toʻrabekxonim, Najmiddin Kubro maqbaralari, Qutlugʻ Temur minorasi hamda karvonsaroy qoldiqlari, El Arslon maqbari, 2019
Bosh tarzi chuqur ravoqli, peshtoqgumbazli, koshinkori naqsh bilan hoshiyalangan, yozuvlarida qurilgan yili saqlangan, Peshtoq yuqorisi muqarnasli sharafa bilan yakunlangan. Peshtoq devorlari va sagʻana oq, koʻk, havo rang va jigarrang koshin bilan qoplangan. Yogʻoch oʻymakorligida ishlangan eshigiga islimiy naqsh tushirilgan. Katta xonaning ichki gumbaz osti bagʻali qalqonsimon, 16 qirrali, 4 burchagi toqu ravoqli, ganchkori muqarnaslar bilan bezatilgan. Xona oʻrtasidagi sagʻana oʻziga xos milliy uslubda ishlangan. Bu keyinchalik Xorazm meʼmoriy yodgorliklarida namuna sifatida keng qoʻllanilgan. N.Najmiddin kubro maqbarasida Xorazm meʼmorligida musavvir va koshinpazlar tomonidan erishilgan barcha yutuqlar namoyon boʻlgan Toʻrabekxonim maqbarasi – (Soʻfilar sulolasi maqbarasi) Koʻhna Urganchsagi meʼmoriy yodgorlik (1333). Urganch hokimi Qutlugʻ Temur xotini, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qizi Toʻrabekxonim nomi bilan bogʻlangan. Maqbara bizgacha ancha vayrona holda yetib kelgan. Peshtoq orqali moʻʼjaz miyonsaroyga, undan olti qirrali katta xonaqohga oʻtiladi. Xona ichiga chuqur ravoqli tokchalar ishlangan. Tashqarisi 12 qirrali, har tomoniga chuqur ravoqlar ishlangan. Poygumbazi 24 qirrali, kulohiy gumbazli (sharqiy qismi saqlangan), bezaklarida nafis koshinkori naqshlar, muqarnaslar qoʻllanilgan. Toʻrabekxonim maqbarasi 14-asr Xorazm meʼmorligining yuksak badiiy mahorati aks ettirilgan noyob yodgorlik namunasidir Toʻrabekxonim maqbarasi Takash maqbarasi - Koʻhna Ur ganchdagi meʼmoriy yodgorlik (13-asr boshlari). Xorazm shoxi Takash (1200 y.v.e.) ga atab qurilgan. Maqbara murabba tarhli (11,45×11,45 m), poygumbazi (bal. 12,5 m) gʻoʻlasimon gʻarovli, gumbazikuloxiy. Unga jan. tomondagi peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq ravogʻi sopol muqarnaslar bilan pardozlangan. Devor qalinligi 3,5 m, tashqi poygumbazidagi mayda yassi ravoqchalar ichi naqshlar bilan toʻddirilgan, baʼzilariga xonani yoritish uchun tobadonlar ishlangan, tepasi muqarnas kosachalar bilan bezatilgan. Ichki poygumbazi va gumbazida ham oʻziga xos meʼmoriy shakllar qoʻllanilgan, ustun, eshik, mehrobidagi yogʻoch oʻymakorligi namunalari haqiqiy sanʼat asaridir. Tashqi qiyofasida oʻsha davr Xorazm meʼmorligining oʻziga xos jihatlari aks etgan. Takash maqbarasi Qutlugʻ Temur minorasi - Koʻhna Urganchshtn meʼmoriy yodgorlik (1321—33); Sulton Takash maqbarasi yaqinida. Oʻrta Sharqdagi eng baland minoralardan (bal. 62 m). Pishiq gʻishtdan qurilgan minora yuqori tomon ingichkalashib boradi; minora mavj usulida terilgan gʻishtli belbogʻlar va kitobalar bilan bezatilgan. Quyi qismida Kutlugʻ Temur va Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonnnnt nomi kufiy yozuvida bitilgan. Jome masjid (saqlanmagan) tomi orqali eshikdan minoraga kirib, aylana zinapoya orqali yuqoriga chiqilgan. Quyi qismida muazzin uchun yogʻochdan ishlangan maxsus joy qoldiqlari saqlangan Qutlugʻ Temur minorasi E’tiboringiz uchun rahmatE’tiboringiz uchun rahmat1989–92 yillarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida u miloddan avvalgi 5–4-asrlarda vujudga kelganligi aniqlandi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling