Koinot -bizni o`rab turgan cheksiz bepoyon olam. Bu yer va undagi hamma narsa, bu oy va barcha sayyoralar
Download 1 Mb.
|
Fan va texnologiya Shaxnoza Шомуродова
Ixtirochilar tanlovi.
Uzoq kutilgan tanlov boshlandi. Birinchi bo`lib, sahnaga Ibrohim ismli bola chiqdi. - Men ko`p ixtirolar qilganman, -Ibrohim jiddiy ohangda gap boshladi. -Hozirda robotlarim qishloq xo`jaligida mehnat qilayapti. - Xo`sh Ibrohim bus afar bizni nima bilan lol qoldirasiz? - deb so`radi hakamlarning biri. Bolakay biroz hozirlandi. Uning ko`krak kerib turishidan biron olamshumul ixtiro qilganini payqash qiyin emas edi. -Marhamat- Bog`bonrobot bilan tarnishing -dedi u qo`llarini ko`tarib. Sahnaga to`rt g`ildirakli bir qarashda changyutgichni eslatadigan droid chiqib keldi. Bog`bonrobot sahna bo`ylab turli harakatlar qilib yurarkan, yosh ixtirochi g`oz turib unga ta`rif bera boshladi. Bog`bonrobot yirik bog`larda ishlash uchun yaratildi. Unga daraxtlarni sug`orish, hasharotlardan himoya qilish va hosilni yig`ib olish dasturi o`rnatilgan. So`ng Ibrohim bog`bonrobotga o`rnatilgan uskunalarni ham birma-bir tanishtirib chiqdi: Bu qurilmaning qo`llari, - u robotning ikki yonidagi uzun-uzun qo`llarga ishora qildi. Ular bilan hosilni yig`ib olish mumkin. Temir qo`llar belkurak vazifasini ham bajaradi. Daraxt tagini yumshatish, uni sug`orish ham shu qo`llar bilan qilinadi. Robotning orqa tarafodagi maxsus naycha bilan dori purkaladi. Bu esa mevali daraxtni turli hasharotlardan himoya qilishi uchun zarur. Tanlovga yig`lganlar bog`bonrobotni kuzatishardi. Ular ixtirochi Bolani “Otangga rahmat!”, “E, qoyil!” deb olqishlashardi. Savollar: Ibrohim sahnada o`zini qanday tutdi? Ibrohim nima maqsadda robot yasagan edi? Bog`bonrobot qanday ishlarni bajara oladi? Ibrohimni o`rnida bo`lganingizda siz qanday robot yasagan bo`lardingiz? (Galaktikada bir kun asaridan) Teleskop
Lug`at so`zlar: Teleskop- optik asbob Linza- qavariq shisha Savollar: Teleskop nima? Oddiy teleskop nimalardan tashkil topgan? Osmon jismlarini o‘rganishda buyuk vatandoshlarimiz Mirzo Ulug`bekning hissasi beqiyos. U 1420- yillarda Samarqanddagi rasadxonada eng yirik teleskopni yaratgan. Mikroskop. Mikroskop, zarrabin — mikrozarralarni, koʻzga koʻrinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib ko`rsatadigan optik asbob. Birinchi Mikroskopni 1609—1610 yillarda G. Galiley ixtiro qilgan . U mikroskop yordamida bakteriyalar va mayda kristallarni kuzatgan. Mikroskop meditsinada keng qo`llaniladi. Kompyuter aqlli yordamchi Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling