Koinot. Quyosh sistemasi


Download 91.5 Kb.
bet2/2
Sana12.03.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1262633
1   2
Bog'liq
Koinot. Quyosh sistemasi

Ulkan planetalar. Quyosh atrofida bir tekislikda va bir qator ellipsik orbitada bir-biridan ancha uzoq joylashgan ulkan planetalar quyosh sistemasining asosiy a‘zolari hisoblanadi. Shunga ko’ra, planetalararo tortishuvi sust, davriy holda sodir bo’lishi sidirg’a davom etadi. Quyosh massasi muttasil o’zgarmas hollarda quyoshdan bir xil uzoqlikda bo’lib, bir xil nur qabul qilishi bilan xarakterlanadi.
Quyosh sistemasida muttasil ravishda sodir bo’ladigan o’zgarmas hol organik olam mavjud bo’lgan planetalar uchun muhim. Yer qurrasi ko’rinishdagi planetalar Merkuriy, Venera, Yer, Mark o’z atmosfera bulutiga ega bo’lib, qattiq minerallardan shakllangan.
Sirtqi planetalar - Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va Pluton o’z o’qi atrofida nihoyatda tez aylanishi, zichligining pastligi, atmosfera qatlamining kengligi va massasini nisbatan kattaligi bilan ajralib turadi.
Yupiter – sayyoralar ichida eng yirigi bo’lib, tortish kuchi Yerdagidan 2,5 marta ortiq. Teleskop bilan qaralganda uning sirtida ekvatorga parallel qora-qizg’ish kamarlar ko’rinadi. 1878 yil uzunligi 30 ming, eni 13 ming km ga chcho’zilgan katta Qizil Dog’ topilgan. Yupiter atmosferasi vodorod, geliy, metan va ammiak gazlaridan tashkil topgan.
Saturn – kattaligi jihatidan Yupiterdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Uning atrofida eni 60 ming km gacha, qalinligi 10-15 km gacha yetadigan xalqasi borligi bilan farqlanadi. Saturn atmosferasi asosan vodorod va geliydan, qisman metan, ammiak, etan gazlaridan tashkil topgan.
Uran- 1781 yilda kashf etilgan. Uran yuzasining harorati 1700С bo’lib, atmosferasida vodorod va metan borligi aniqlangan.
Neptun- 1846 yilda kashf etilgan. Neptun yuzasining harorati 2000С bo’lib, atmosferasida vodorod va metan borligi aniqlangan.
Pluton- 1930 yilda kashf etilgan. Pluton yuzasining harorati juda past, 2300С bo’lib, atmosferasi asosan geon gazidan tuzilgan.
Planetalarning fizik xossasi, uning massasining kattaligi bilan belgilanadi. O’z massasiga ko’ra yerdan 318 marta katta bo’lgan Yupiter 85 foiz vodorod, 10 foiz geliy va taxminan 5 foiz boshqa elementlardan va og’ir metallardan iborat. Shu jihatdan bu planeta boshqa planetalarga nisbatan quyoshga yaqin turadi. Uran atmosferasida vodorod geliyga nisbatan olganda ikkinchi o’rinda turadi.
Yer qurrasi atmosferasining yuqori qatlamlarida vodorod 8-10 o’rinda bo’lsada, okean suvlarini hosil bo’lishi uchun yetarli. Nihoyat o’z massasi Yer qurrasiga nisbatan 10 marta kam bo’lgan Marsda vodorod shu qadar kamki, bu planetada hech qachon suv bo’lmagan va kelgusida bo’lmaydi ham. O’z massasiga ko’ra Yer planetasidan 40 marta kichik va quyoshga eng yaqin o’rinda bo’lgan Merkuriyda hech qanday atmosfera yo’q. Shunga ko’ra, bu planetada organik hayotning bo’lishi uchun tegishli sharoit bo’lmasligi aniq.
Oy quyosh sistemasidagi yerga yaqin planetalardan biri bo’lib, ko’pgina olimlarning fikriga ko’ra Oy yerning doimiy yo’ldoshi hisoblanadi. Uning diametri Yer diametridan to’rt marta, massasi 81 marta kichik. Oy yer atrofidan 27,3 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Oyda havo va suv yo’q. Osmon qorong’u, uning yuzasidan qaraganda hatto kunduz kuni ham yulduzlar ko’rinadi. Atmosferaning yo’qligi, kun va tunning uzoq davom etishi tufayli tun va kun harorati bir-biridan keskin farq qiladi. Oy ekvatorining quyoshga qaragan tomonida harorat +1100 С, uning teskarisi tomonida esa -1790 С sovuq.
Aniqlanishicha Oy marganets, kremniy, kaltsiy, titan, temir, kobalt, dala shpati kabi jinslardan tarkib topgan. Astronavtlarning seysmografik ma‘lumotlariga ko’ra Oyda vaqti-vaqti bilan zilzila sodir bo’lib, buning natijasida vulqon kraterlaridan gaz ajralib chiqadi .
Oy yuzasining relefi bir xil emas. Teleskopdan qaralganda Oyda qora va oqish dog’larni ko’rish mumkin. Qora dog’lar tog’larniki, oqishlari esa tekisliklarni aks ettiradi. Oydagi tog’larning balandligi bir necha kilometr bo’lib, ular tekisliklarni halqa shaklida o’rab turadi.
Asteroidlar. Quyosh sistemasining Mars bilan Yupiter oralig’idagi bo’shliqda ko’pdan-ko’p. Nisbatan mayda doimiy harakatdagi sayyoralar Asteroidlar deb yuritiladi.
Hozirgi kunga qadar koinotda 1700 ortiq asteroid borligi aniqlangan. Ular ba‘zi ma‘lumotlarga ko’ra Quyosh sistemasining Faeton deb ataluvchi sayyorasining holati tufayli uning parchalaridan bunyodga kelgan. Bular katta sayyoralardan muayyan shaklga ega emasligi bilan farq qiladi.
Asteriodlar ham barcha ulkan sayyoralar singari quyosh atrofida aylanadi. Unda atmosfera yo’q va ularning ayrim ikar deb ataluvchi turi Quyoshga Yer va Marsga nisbatan 10 marta yaqin. Hozirgacha ulardan 2 mingdan ortig’i topilgan. Eng katta asteroid Serera 1801 yilda topilgan bo’lib, uning diametri 770 km.
Kometa – «bosh» va unga ergashib yuruvchi «dum» dan iborat bo’lgan Quyosh sistemasidagi osmon jismidir. «Kometa» so’zi yunonchada «sochli» degan ma‘noni anglatadi. Kometalarning «dumi» gaz va changlardan, «boshi» esa Kattiq moddali yadrodan hamda uning atrofini o’rab olgan gaz va changlardan iborat. Ko’proq uchraydigan kometalar yadrosining diametri bir necha km bo’lsa, uning atrofidagi gaz va changlar bilan birgalikdagi «boshi»ning diametri bir necha million kilometrgacha bo’ladi. «Dumi»ning uzunligi esa bir necha yuz million kilometrgacha yetadi. Hozirgi vaqtgacha Quyosh atrofida aylanib yuruvchi 2 mingga yaqin kometa, ya‘ni «dumli yulduz» topilgan.
Meteor va meteoritlar. Quyosh atrofida aylanib yuruvchi asteroid va kometalar parchalanib turadi. Ularning parchalari bo’lgan «daydi toshlar» ba‘zida Yerga juda yaqinlashib qoladi. Bu mayda osmon jismlari Yerning havo qobig’iga juda kata tezlik bilan kirib keladi. Ular havoda yona boshlaydi va osmonda yorug’ iz qoldiradi. Yerga juda katta tezlik bilan yaqinlashib kelib, havoda yonib ketadigan mayda osmon jismlari meteorlar deyiladi. Uchib kelayotgan ba‘zi meteorlar havoda yonib tugamay kelib yerga urilishi mumkin. Bunday osmon jismlari meteoritlar deb ataladi. Ularning unchalik katta bo’lmaganlari Yerga qadar yetib kelmaydi va ular meteorlar deb, Yerga yetib kelganlari esa meteoritlar deb yuritiladi. Yer qurrasi yuzasiga har yili 2000 ga yaqin meteorit tushadi.
Koinot (olam)da yagona quyosh sistemasiga kiradigan organik hayot mavjud, o’rta hisobda quyoshdan 149,9 mln.km uzoqlikda joylashgan Yer planetasi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:




1. Baratov P. Yer bilimi va o’lkashunoslik. Toshkent, 1990 y.

  1. Bahromov A. va boshqalar. Tabiiyot. 5 sinf uchun darslik. Toshkent, 1995 y.

  2. Mamatazimov M. Astronomiyadan o’qish kitobi. Toshkent, 1992 y.

  3. Mamatazimov M. Astronomiya. 11 sinf darslik. Toshkent, 2005 y.

  4. Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma‘ruza matni. Samarqand, 2000 y.

  5. Hamdamov I.H. va boshqalar. Табиий фанлар zamonaviy konsepsiyasi. Тошкент, 2007 y.

  6. www.ziyonet.uz

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling