Bolalar: Boshqa sayyoralarga raketa bilan uchib borsa bo’ladi.
Tarbiyachi: Barakalla, juda to’g’ri bolajonlar ayrim sayyoralarga raketa bilan borsa bo’ladi. Faqat maxsus kiyimlarda.
Bolajonlar endi markazlarga bo’linib , faoliyatlarimizni davom ettiramiz.
San’at markazida:“Havo transporti-raketa yasaymiz ”
Raketalar rasmlarini va namunalarni ko’rib chiqish.
Bolalar koinot, sayyoralar, raketa turlari haqida bir birlari bilan o’rtoqlashadilar.
Ishlash texnologiyasini tanlash ( qalamda, rangli bo’yoqlarda, applikatsiya).
Bolalar ishlari.
Qo’shimcha qism: Raketalar haqida film tomosha qilish.
Qurish –yasash markazida:“Raketa quramiz”(legolar va mozaykadan)
1. Bolalar bilan AKTdan raketa yasash jarayonini kuzatish.
2. Raketa yasashni bolalar bilan rejalashtirish.
3.Kerakli jihozlarni tanlash.
4.Raketa yasash uchun foydalanilgan materialni tahlil qilish.
5.Natijani tahlil qilish va do’stlari bilan o’rtoqlashish.
Til va nutq markazida :“Koinot - mening tasavvurimda” hikoya tuzishni o’rganamiz.
1.Bolalar AKTdan ko’rgan koinot haqidagi hujjatli filmlari haqida fikr almashadilar.
2.Bolalar rasmlarda nimalar tasvirlangani haqida bahs olib boradilar.
3.”Koinot mening tasavvurimda” nomli hikoya tuzadilar”
Qo’shimcha qism: Koinot haqida film tomosha qilish.
Mashg’ulot yakunida mavzu mustahkamlanadi va bolalar rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |