Koinotning qurilish ashyolari
XXIII-BOB: SKANDINAVIYA ELEME NTLARI
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
XXIII-BOB: SKANDINAVIYA ELEME NTLARI
1794-yili asl millati fin bo‘lgan Yoxann Gadolin ismli olim, Shvetsiyaning Itterbyu shaharchasi yaqinidan ilgari ilm-fanga noma’lum bo‘lgan, yangi mineral topib oldi. Gadolin shaharcha nomiga ishora qilgan holda, ushbu topilmani ittria deb nomlagan edi. Sinchiklab tekshirishlar orqali, olim ushbu mineral tarkibida kimyogarlarga shu choqqacha noma’lum bo‘lgan kimyoviy element mavjudligini ham aniqladi. Tabiiyki, ushbu kimyoviy elementni ham, o‘sha shaharcha nomi bilan ittriy deb atay boshlashdi. Biroq, ittriyning kashf qilinishi haqidagi hikoya shuning o‘zi bilan yakunlanmagan. Ba’zi paytlarda ittriy jahonning eng nufuzli kimyogarlarini ham boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ygan bo‘lib, uning atrofidagi bahslar ancha uzoq davom etgan. Chunonchi, 1843-yilda Karl Mosander (1797-1858) itterbia mineralini tarkiban turli xil bo‘lgan uchta alohida qismlarga kimyoviy parchalashga muvaffaq bo‘ldi. Bu mohiyatan bir- biridan boshqa-boshqa bo‘lgan uch xil kimyoviy elementlar edi. Ularning birinchisiga Mosander mineralning nomini qoldirdi. Ya'ni, uni ittriy deb atashni davom ettirdi. Qolgan ikkita yangi kimyoviy elementlarga esa, u ham o‘sha shved shaharchasining nomini boshqa talqinlarini biriktiridi. Ya'ni, Mosander terbia tarzida terbiy elementiga, hamda, erbia tarzida erbiy elementiga nom berdi. Shu tarzda, kichkinagina Itterbyu shaharchasining nomidan birato‘la uchta kimyoviy element nomi yasaldi. Ushbu hodisa sabab bo‘ldi-yu, kimyogarlar shu va shunga o‘xshash minerallar tarkibidan yangi kimyoviy elementlarni kashf eta boshladilar. Shu tariqa, turli minerallar tarkibidan, davriy jadvalda 57-raqamli elementdan boshlab, 71-raqamli elementgacha bo‘lgan ketma-ket 15 ta kimyoviy elementlar seriyasi kashf qilindi. Mazkur 15 element kimyoviy va fizik xossalariga ko‘ra, bir-biriga juda o‘xshashdir. Ayniqsa, ularning kimyoviy xususiyatlarini o‘zaro farqlab olish o‘zi mushkul ish. Bu holat esa, kimyogarlarni juda-juda chalg‘itib, ularni uzoq yillar mobaynida ushbu muammo ustida bosh qotirishga majbur qilgan. Mazkur 15 kimyoviy elementning xossalari shunga ishora qiladiki, ularning barchasi, davriy jadvalda bitta katakchada, yoki, ittriydan pastki qatorga joylanishi kerak. Bu esa, o‘sha paytgacha to‘g‘riligiga shubha uyg‘onmagan davriy jadvalga nisbatan ishonchsizlik keltirib chiqara boshlagandi. Ayniqsa, XIX-asr oxiriga kelib, dunyoning eng kuchli kimyogarlari ham ittriy va unga «qarindosh» bo‘lgan elementlar borasida juda chigal tushunchalar bilan qiynalib yurishardi. Yaxshiki, XX-asrning dastlabki yillarida ilm-fan olamida elementlarning atom tuzilishi bo‘yicha yetarlicha aniq bilimlar qo‘lga kiritildi. Endi 176 olimlar, nima uchun bu elementlar shu darajada o‘zaro o‘xshashligini bilib oldilar va ularga davriy jadvalda alohida o‘rib ajratildi. Masalan, 39-raqamli ittriy, har bir atomida 39 tadan elektron tutadi. Agar biz, 1-raqamli element - vodoroddan boshlab butun davriy jadval elementlarini qator tizib chiqsak, unda, yangi elektronlar atomning tashqi qavatlariga qo‘shilishini ko‘ramiz. Elementlarning kimyoviy xossalari, ularda elektronlarning atom atrofida qanday joylashganiga bog‘liq bo‘ladi. 57- raqamli elementdan keyin, muayyan sabablarga ko‘ra, yangi elektronlar atomning tashqi elektron qavatlariga emas, balki, ichki elektron qavatlariga qo‘shila boshlaydi. Tashqi elektron qavatlardagi elektronlarning joylashuvi esa, 57-elementdan boshlab, 71-elementgacha bir xil saqlanadi. Shundan kelib chiqsak, 57-elementdan boshlab 71-elementgacha bo‘lgan kimyoviy elementlar davriy jadvalda bitta joyni egallashi kerak. Chunki, ularning atomlarida tashqi elektron qavati bir xil. Albatta, ularda ichki elektron qavatlaridagi elektronlarning joylashuvi o‘zaro farq qiladi. Lekin bu narsa, ularning kimyoviy xossalarining o‘zaro farqlanishiga unchalik ham katta ta’sir qilmaydi. Tasavvur qiling, mahallada 15 ta bir xil qurilgan uy bo‘lib, unda 15 ta bir xil daromad qiladigan oila yashaydi. Ularning farqi faqat uyning ichkarisida mebellarning joylashtirilishida xolos. Siz uyning ichkarisiga sinchiklab qaramas ekansiz, ularning o‘zaro farqini bila olmaysiz. Xabaringiz bo‘lsa, ilk kimyogarlar metallarning kislorod bilan birikmalarini «yer Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling