Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

molibden, hamda, 74-raqamli element – volfram elementlari bo‘ladi.
Marganesning eng asosiy rudasi pirolyuzit bo‘lib, u mohiyatan marganesning 
dioksididan iborat bo‘ladi (MnO
2
). Bunday ruda dunyoda ancha ko‘p. Marganes Yerda eng 
keng tarqalgan og‘ir metallar sirasiga kiradi. Davriy jadvalda u temir bilan qo‘shni bo‘lib, ko‘p 
jihatdan o‘zi ham temirga o‘xshab ketadi. Tashqi ko‘rinishidan ayniqsa temirni eslatib 
yuboradigan marganets qattiqlik bobida temirdan ham ustun turadi. Lekin, temirdan ham qattiq 
bo‘lgan bu metallning juda nozik va salbiy bir jihati mavjud. Ya’ni, marganes juda mo‘rt 
metall. Qadimgi Rimliklarni aynan shu narsa juda chalg‘itgan. Ular pirolyuzit rudasini 
magnetit (temirning magnitli oksidi) rudasi bilan ko‘p chalkashtirib yuborishgan. Tashqi 
ko‘rinishidan bu ikki ruda haqiqatan ham juda-juda o‘xshash bo‘ladi. Magnetitni Rimliklar 
magnes deb nomlashgan. Pirolyuzit aslida mutlaqo boshqa metall rudasi ekanini bilmagan 


161 
qadimgilar uni ham baribir magnes deyaverishgan. O‘rta asrlarda aslida magnetit va pirolyuzit 
boshqa-boshqa ruda ekanini aniqlagan alkimyogarlar, qandaydir tushunib bo‘lmas tarzda o‘sha 
ikkinchi rudani, ya’ni, pirolyuzitni noto‘g‘ri talaffuz qilishgan va yoza boshlashgan. Natijada, 
biz bo‘lgan marganets atamasi kelib chiqqan.
1774-yilda kimyogar Iogann Gottlib Gann (1745-1818) birinchi marta marganesni sof 
holda ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan.
Xuddi xrom birikmalari singari, marganets birikmalari ham muayyan ranglarga ega. 
Marganesning oq, qo‘ng‘ir, yashil, hamda, binafsharang tusdagi tabiiy birikmalari mavjud. 
Bunday birikmalardan ayniqsa rassomlar minnatdor bo‘lib foydalanib kelishadi. Marganesli 
rang-bo‘yoq moddalar ichida eng asosiylaridan biri umbra deb nomlanadi. Uni marganets 
oksidini (Mn
2
O
3
) alyuminiy va temir oksidlari kukuni bilan aralashtirish orqali hosil qilinadi. 
Rassomlar tilida bu moddani kashtan pigmenti ham deyiladi. Marganets karbonati esa oppoq 
pigment olish uchun ishlatiladi.
Molibden esa asosan tarkibi molibden sulfiddan iborat molibdenit rudasidan olinadi. 
Uning molekulasida bir atom molibdenga ikki atom oltingugurt birikkan bo‘ladi. Ushbu ruda 
ham qo‘rg‘oshin rudasi bilan juda-juda o‘xshash bo‘lgani sababli, qadimgi kimyogarlar va 
konchilar toza xunob bo‘lishgan. Shu sababli ham, avvallari ushbu rudani ham qo‘rg‘oshin deb 
nomlanar edi. Lekin, aslida molibden mustaqil kimyoviy element ekani ma’lum bo‘lgach, unga 
ushbu biz tanigan nom biriktirilgan. Ushbu ishni 1782-yilda shved kimyogari Gelm tomonidan 
amalga oshirilgan. Lekin, Gelm molibdenning sof metall ko‘rinishini ajratib olishni uddalay 
olmagan. U uglerod bilan birikma holidagi molibden olishga erishgan xolos. Shu sababli, sof 
metall molibdenni ajratib olgan dastlabki olim sifatida Yeng Yakob Berselius tan olinadi. U 
sof molibden olgan payt 1817-yil edi.
Volfram esa undan ham qiziq tarzda, ya’ni, ikki marta kashf etilgan. Uni avvaliga 1781-
yilda shved kimyogari Karl Vilgelm Sheele tungsten deb nomlagan mineral tarkibidan 
aniqlangan edi. Ushbu nom shved tilidan «og‘ir tosh» deb tarjima qilinadi. Nomidan ham 
ko‘rinib turibdiki, mazkur mineral ancha og‘ir bo‘lar ekan. Haqiqatan ham, tungsten minerali 
oddiy granitdan ko‘ra ikki barobar og‘irroq tosh bosadi. Uni kashf qilgan olim sharafida, 
shuningdek sheelit deb ham atash an’anasi mavjud. 1783-yilda, Sheeledan mutlaqo bexabar 
bo‘lgan ispan kimyogarlari, aka-uka d’Eulyarlar volframni yana bir boshqa mineral – volframit 
tarkibidan ajratib olishga erishganlar. Shu sababli ham kimyoga oid xalqaro adabiyotlarda 
ushbu elementni ba’zan tungsten va ba’zan volfram deb nomlanishiga guvoh bo‘lamiz. Biroq, 
rasmiy tan olingan nom baribir volfram nomidir. Qizig‘i shundaki, volfram va tungsten aslida 
bitta element ekanini biroz muddatgacha hech kim bilmagan. Hatto olimlar ham sheelit va 
volframitdan olingan ushbu metallar aslida boshqa-boshqa metallar deb ishonib qolishgan edi. 
Biroq, bu borada yanglishlik borligini, sheelitdan olingan metall ham, volframitdan olingan 
metall ham aslida bitta kimyoviy element ekanini odamlarga aniqlab bergan shaxs Rudolf Erix 
Raspe bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, u aslida kimyogar ham emas, balki, biroz tavakkalchi va ayyor 
yozuvchi bo‘lgan. Bu ismni siz balki tanimagandirsiz. Biroq, nemis adabiyoti va bolalar 
adabiyoti ixlosmandlari Erix Raspeni yaxshi tanishadi. Ko‘pchilik sevib mutolaa qilgan va yoki 


162 
multfilmlarini ko‘ra «Baron Myunxgauzenning sarguzashtlari» asarining muallifi aynan Erix 
Raspe bo‘ladi.
Ushbu sanab o‘tilgan metallarning barchasi po‘lat tarkibiga qo‘shilishi mumkin. 
Tarkibida 13% marganets mavjud bo‘ladigan marganesli po‘lat juda qattiq va qayishqoq 
bo‘ladi. Bunday po‘latdan turli maydalagich uskunalar, masalan, tosh maydalagich uchun 
tishlar tayyorlanadi. Tarkibiga atiga 2% molibden qo‘shilgan molibdenli po‘lat esa yuqori 
haroratlarga bardoshli bo‘lib, katta tezlikda aylanadigan keskir dastgohlarda qo‘llanadi. 
Shuningdek, tarkibida 8% dan 20% gacha volfram qo‘shiladigan volframli po‘lat esa qip-
qizarib qizib ketgan qaynoq darajalarda ham o‘z qattiqligini saqlab qoladi. Bunday po‘latdan 
bronitexnikaning zirh qoplamalari tayyorlanadi. Shuningdek, zirh qoplamalarini teshib 
o‘tishga qodir snaryadlarda ham shunday volframli po‘lat ishlatiladi. Volfram va xromni 
kobaltga qorishtirish orqali esa juda mustahkam va pishiq stellit qotishmalar tayyorlanadi. 
Molibdenli po‘latning juda mustahkam ekanligidan, undan o‘q o‘tmaydigan narsalarni 
tayyorlashda, xususan, metall seyflar yasashda foydalaniladi.
Marganesni misga qo‘shilsa, margantsovkali bronza olinadi. Tarkibida bu ikkala 
metalldan tashqari yana nikel ham mavjud bo‘ladigan boshqa bir qotishmani manganin 
deyiladi. Bu qotishma ham elektr tokini juda yomon o‘tkazgich bo‘lib, undan ham nixrom kabi 
maqsadlarda foydalaniladi.
Marganesning dioksidi qora rangda bo‘lib, uni shishaga qo‘shilsa, shisha tarkibidagi 
boshqa aralashmalar tufayli yuzaga kelgan boshqa ranglarni neytrallaydi va shishaning 
shaffofligini qaytaradi. Vaqt o‘tishi bilan bunday shisha nafis qirmizi-binafsharang tusga kirib 
qoladi. Boston shahridagi eski mahallalardagi ko‘plab uylarning derazalari shunday rangga 
kirib qolgan. Buning sababi shundaki, vaqt o‘tishi bilan, bir paytlar shishaga qo‘shilgan o‘sha 
marganets dioksidi natriy permanganatga aylanib qoladi. Natriy permanganat molekulasida bir 
atom natriy va bir atom marganetsga to‘rtta kislorod atomlari birikkan bo‘ladi. Bunda, shishada 
avvaldan mavjud bo‘lgan natriy va kislorod atomlari asta-sekinlik bilan marganets atomlari 
bilan reaksiyaga kirishishidan shunday vaziyat yuzaga keladi. Bostondagi shunday deraza 
egalari, uni qadimiy qimmatbaho asori-atiqa sifatida qadrlashadi va ehtiyot qilishadi.
Marganesning tarkibida alyuminiy, mis, surma va qalay tutadigan muayyan birikmalari 
kuchli magnit xossasiga ega bo‘ladi. Garchi tarkibida temir mavjud bo‘lmasa-da, 
marganesning bunday birikmalaridagi magnit xossasi yuzaga kelishi juda qiziq. Marganets va 
vismut qotishmasidan tayyorlangan magnit esa juda kuchli bo‘ladi va uni magnit xossasidan 
mosuvo qilish, istalgan po‘lat turining magnit xossasidan qutulishdan ko‘ra qiyinroq vazifa 
bo‘ladi. Kuchli magnitlarni shuningdek xromning ayrim birikmalaridan ham tayyorlash 
mumkin. Tarkibida temir mavjud bo‘lmaydigan magnitli qotishmalarni Geysler qotishmalari 
deyiladi. Sababi, bunday qotishmalarni ilk bora shu familiyali olim, ya’ni, nemis muhandisi va 
kimyogari Fridrix Geysler (1866-1947) tomonidan 1898-yilda aniqlangan edi.
Marganets va molibden tirik to‘qimalar uchun ham muhim mikroelementlar sirasiga 
kiradi. Odam organizmning molibdenga bo‘lgan ehtiyoji XX-asrning 50-yillarida aniqlangan.


163 
Chog‘lanma lampalarda qo‘llanadigan ingichka sim ikki muhim xususiyatga ega 
bo‘lishi kerak: birinchisi – u elektr tokini yomon o‘tkazgich bo‘lib, shu sababli ham tok 
o‘tganda qizarib ketishi va o‘zidan nur taratishi lozim; ikkinchidan esa, bunday sim qattiq 
qizish natijasida yuqori haroratda erib ketmaydigan ham bo‘lishi kerak.
Tomas Edison elektr lampochkani ixtiro qilgan paytda, ya’ni, 1879-yilda chog‘lanma 
lampa ichidagi simni ugleroddan tayyorlashgan. O‘sha paytda fanga ma’lum moddalar ichida 
aynan uglerod eng yuqori erish nuqtasiga ega edi. Taxminan 3500 ℃ da eriydigan va yomon 
o‘tkazgich hisoblangan uglerod o‘sha payt uchun yaxshi yechim bo‘lgan. Lekin, uglerodning 
o‘zi metall emasligi boisidan, undan sim tayyorlashning iloji bo‘lmagan va Edison ingichka 
paxta tolasi, yoki, bambuk poyasidan olingan tolani uglerod bilan qoplab, lampochkani 
shunday sim bilan chiqarishga majbur bo‘lgan. Bunday sim esa qizish natijasida oson kuyib 
ketgan. Keyinchalik esa bu maqsad uchun osmiydan foydalanishga urinib ko‘rishgan. Turli 
tajriba va sinovlardan keyin, cho‘g‘lanma lampa uchun eng maqbul metall bu – volfram ekani 
ma’lum bo‘ldi.
Garchi, volframning elektr o‘tkazuvchanligi platina guruhi metallarinikidan ikki 
barobar yaxshiroq bo‘lsa-da, lekin, uning u ulardan ko‘ra ancha yuqori erish haroratiga ega va 
shu sababli, kuchli qizishga eng bardoshli metall sanaladi.
Xususan, o‘sha osmiy 2700 ℃ da eriydi. Volfram erishi uchun esa 3370 ℃ harorat 
kerak bo‘ladi. Bu – metallar ichidagi eng yuqori erish haroratidir. Bundan ham yuqoriroq erish 
haroratiga ega element – uglerod bor xolos.
Davriy jadvalda volframdan o‘ng tarafda 75-raqamli element – reniy joylashgan. Reniy 
ham ko‘p xossalariga ko‘ra volframga o‘xshaydi. Lekin, tabiatda tarqalganligiga ko‘ra reniy 
ancha kamyob metalldir. Agar muayyan rudada milliondan bir qism reniy mavjud bo‘lsa, 
bunday ruda reniyga boy ruda sanaladi. Reniyni 1925-yilda nemis olimlari tomonidan 
spektrografiya usuli orqali kashf etilgan edi. Elementni Germaniyadagi Reyn daryosi nomi 
bilan bog‘lab shunday atashgan.
Reniyning erish harorati 3000 ℃ darajaga yaqin. Bu metallar ichida ikkinchi 
ko‘rsatkichdir. Reniyning elektr o‘tkazuvchanligi volframnikidan to‘rt marta pastroq. Yomon 
o‘tkazgich sifatida reniy ham cho‘g‘lanma lampalarda qo‘llanishi mumkin edi. Biroq, aytib 
o‘tganimizdek, reniy juda kamyob metall bo‘lib, shu sababli, anchayin qimmat metall ham 
sanaladi.


164 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling