Koinotning qurilish ashyolari
XXV-BOB: TORIY VA BOSHQA RADIOAKTIV ELEMENTLAR
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
XXV-BOB: TORIY VA BOSHQA RADIOAKTIV ELEMENTLAR
Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvaldagi 90-raqamli element Toriy ham kimyoviy va fizik xossalari jihatdan uranga nihoyatda o‘xshashdir. Uni 1828-yilda Iogann Berselius Norvegiya mamlakatidan keltirilgan torit minerali tarkibidan topgan. Ushbu mineralning nomlanishi qadimgi Skandinaviya xalqlarining ma’budlaridan biri – Tora sharafiga shunday atalgan. Ushbu mineral aslida toriy silikati bo‘lib, bir atom toriy, bir atom kremniy va to‘rt atom kisloroddan tarkib topgan bo‘ladi. AQSH hududida monazit deb nomlangan mineral ham uchraydi. U tarkiban toriy dioksidi hisoblanadi. Hali uy va ko‘chalarini elektr lampochkalari vositasida yoritish yo‘lga qo‘yilmagan paytlarda aynan toriy dioksididan tayyorlangan gaz lampalari keng ommalashgan edi. Bunday lampalarda tarkibi 99% toriy dioksiddan iborat bo‘lib, unga shuningdek 1% seriy oksidi ham qo‘shiladi. Chunki toriy dioksidining o‘zi qizdirilganda nisbatan xira yorug‘lik chiqaradi. Seriy oksidi qo‘shilishi bilan uning yorug‘lik taratish ravshanligi bir necha barobar ortadi. Hozirga paytda bunday yoritish lampalari dunyoning hatto eng qoloq mamlakatlarida ham qolmagan bo‘lsa kerak. Toriy oksidi – o‘tga chidamli material sanaladi. Uni elektr lampochkalarining spirali bo‘lmish volfram prujinalariga oz miqdorda qo‘shish orqali, ushbu ingichka metall detalning xizmat ko‘rsatish muddatini bir necha barobar uzaytiradi. Aks holda bunday lampochkalar uzoq yonib turganda qizib ketish tufayli tez uzilib ketadigan bo‘lib qoladi. Toriy ham uran singari radioaktiv element bo‘lib, xuddi uran singari nurlanishlar taratadi. Lekin toriyning parchalanish jarayoni urannikidan sekinroq kechadi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, koinotda Yer sayyorasi shakllanganidan buyon, unda mavjud toriyning atiga beshdan bir qismi parchalangan xolos. Uran yoki toriy atomlari parchalanganda, ular umuman boshqa elementlarga aylanadi. O‘z navbatida ulardan hosil bo‘lgan yangi elementlar ham radioaktiv bo‘lib, ular ham parchalanib, yanada soddaroq boshqa element atomiga aylanadi. Bunday parchalanish va o‘zgarishlardan bir nechasi amalga oshgandan so‘ng esa, endilikda boshqa parchalanmaydigan va radioaktiv bo‘lmagan barqaror element atomi hosil bo‘ladi. Shunisi aniqki, qaysi bir radioaktiv element bo‘lmasin, uning parchalanishining barcha-barcha bosqichlaridan so‘ng oxirida albatta qo‘rg‘oshin elementi hosil bo‘ladi. 185 Atom raqami 92 va 90 bo‘lgan Uran va toriy elementlarining 82- element - qo‘rg‘oshingacha parchalanishi yo‘lida hosil bo‘luvchi elementlar qatori, davriy jadvaldagi 84, 85, 86, 87, 88, 89 va 91 – raqamli elementlarning barchasini o‘z ichiga oladi. Bular: Poloniy, astat, radon, fransiy, radiy, aktiniy va protaktiniy elementlari bo‘lib, ularning hammasi radioaktiv elementlardir. Ushbu radioaktiv elementlar ham vaqt o‘tishi bilan parchalanib boradi. Faqat ularning parchalanish muddatlari, ya'ni, yarim yemirilish davri uran va toriy elementlariga nisbatan ancha tezroq, boshqacha aytganda qisqaroq bo‘ladi. Agar 84-elementdan boshlab 91-elementgacha bo‘lgan radioaktiv elementlar katta miqdorlarda va sof holda mavjud bo‘lganida, o‘tgan million yillar mobaynida ular butunlay parchalanib ketib bo‘lgan bo‘lur edi. Ulardan ayrimlari bir necha kun ichida parchalanib, qo‘rg‘oshinga aylanib bo‘lgan bo‘lardi. Xo‘sh, nimaga bunday bo‘lmayapti? – degan savol sizga ham yarq etib kelgan bo‘lsa kerak? Gap shundaki, ushbu elementlarning o‘z holicha, sof holatda mavjud bo‘lgan miqdorlari (agar qachonlardir bo‘lgan bo‘lsa) haqiqatan ham parchalanib, qo‘rg‘oshinga aylanib ketib bo‘lgan. hozirda mavjud Poloniy, radiy, fransiy, aktiniy, protaktiniy radon, astat elementlari atomlari esa, aynan toriy va radiyning parchalanishidan hosil bo‘lgan va hosil bo‘lib kelmoqda. O‘zida uran yoki toriy tutadigan har qanday minerallarning tarkibida ushbu 84-91 radioaktiv qatorga mansub elementlarning barchasi muayyan miqdorlarda albatta uchraydi. Shu sababli ham nasturan minerali, undagi barcha uranni chiqarib olgandan so‘ng ham radioaktiv bo‘lib qolaveradi. Er-xotin olimlar oilasi Mariya Kyuri va Pyer Kyurilar aynan tarkibidagi hamma uran ajratib olib bo‘lingan nasturan bilan ish olib borishgan. Ular ushbu mineralda qolgan boshqa radioaktiv elementlarni ajratib olishga urinishgan. Bu qanchalik murakkab va mushkul ish ekanligini tasavvur qilish uchun ushbu faktga e’tibor qaratishimiz mumkin: nasturan tarkibidagi urandan keyingi o‘sha qoldiq radioaktiv elementlarning umumiy ulushi, mineralning massasiga nisbatan 3 trilliondan bir qismni tashkil etadi. Ya'ni, bir tonna nasturan mineralida atiga 0,003 gramm boshqa radioaktiv elementlar mavjud bo‘ladi. Xayriyatki, olimlar oilasi ixtiyorida yetarlicha nasturan rudasi bo‘lgan. Ular ilmiy tadqiqot olib borgan yillarda hozirgi Chexiya davlati hududlari Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibida bo‘lib, imperiya hukumati olimlarga ushbu rudani mutlaqo bepul taqdim etgan (sababi imperiya hukumatidagi amaldorlar bu rudani keraksiz chiqindi deb hisoblashgan). Pyer va Mariya Kyurilar faqat rudani laboratoriyagacha tashib keltirilishi uchun mablag‘ sarflashgan. 186 Uzoq izlanishlarda so‘ng er-xotin Kyurilar o‘z maqsadlariga erishdilar. Dastavval, 1898-yilda ular tomonidan yangi, atom raqami 84 bo‘lgan radioaktiv element – poloniy kashf etildi. Bu elementni ular Mariya Kyurining vatani – Polsha sharafiga shunday nomlashgan. O‘sha yilning o‘zida Kyurilar laboratoriyasida shuningdek yana bir yangi radioaktiv element – radiy ham kashf etildi. Albatta, ular aniqlagan ilk radiy elementi sof holda bo‘lmay, balki, birikma tarkibida bo‘lgan. Alohida holdagi metall radiyni ular faqat 1910 yilga kelibgina ajratib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Radiyning nomi qadimgi lotin tilida «nur» ma’nosini beradi. Poloniy ham radiy ham uran va toriyga nisbatan yanada kuchliroq radioaktivlik xossalarini namoyon qiladi. Deyarli o‘sha paytlardayoq radiyning nurlanish quvvatidan odam organizmidagi xavfli o‘smalarni yo‘qotish uchun foydalana boshlangan. Biroq, radiy bilan ishlashda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish lozim bo‘lgan. Chunki, me’yorga amal qilinmasa, radiyning o‘zi ham tanada turli xavfli kasalliklar, xususan saraton paydo qilishi mumkin. Hozirda olimlar tomonidan radioaktivlik orqali saratonni davolash borasida yanada takomillashgan va nisbatan xavfsiz usullar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. Beqaror elementlar bo‘lishiga qaramay, uran, toriy va boshqa radioaktiv elementlarning barchasi kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi barqaror elementlar singari, o‘z munosib joylarini topishdi. Radiy – ishqoriy yer metali hisoblanadi. Uning jadvaldagi joylashuviga nazar solsak, shundoqqina bariyning ostida turganini ko‘ramiz. Kimyoviy xossalariga ko‘ra ham radiy ko‘p jihatdan bariyga juda o‘xshab ketadi. Shu singari, Poloniy ham tellurning tagida joylashgan bo‘lib, xossalariga ko‘ra tellurga judayam o‘xshaydi. Radiy atomi parchalanganida undan davriy jadvaldagi 86-raqamli element - radon atomi paydo bo‘ladi. Radon esa gaz bo‘lib, gaz bo‘lganda ham radioaktiv gazdir! Davriy jadvalda radon inert gazlar turkumida qayd etilgan bo‘lib, shundoqqina ksenonning tagida joylashgan. Radon ham aksariyat inert gazlarda mavjud bo‘lgan kimyoviy xossalarni o‘zida namoyon qiladi. Radonni 1900-yilda kimyogar olim Fridrix Ernest Dorn kashf qilgan. Avvaliga olim ushbu elementni radiy emanatsiyasi deb nomlagan edi. Chunki bu element Dorn laboratoriyasida radon nurlanishidan keltirib chiqarilgan (emanatsiyalangan). 1908 yilda olimlar U. Ramzay va R. Uaytlou-Grey hamkorlikda radon gazini alohida holda ajratib olishga muvaffaq bo‘lishdi va unga nitron deb qayta nom berishdi. Nitron – qadimgi yunon tilida «yog‘du» ma’nosini beradi. Lekin elementning ushbu jarangdor yangi nomi ham kimyogarlar orasida ommalashib ulgurmadi. 1923-yilda radioaktiv gaz uchun rasman radon nomi tasdiqlangan. U mazkur gazning kelib chiqish manbasi radiy ekanligiga oshkora ishora sifatida tanlangan. 1899-yilda kimyogar olim Debern davriy jadvalning 89-katakchasidan o‘rin olishi zarur bo‘lgan element – aktiniyni kashf qildi. Keyinchalik, 1917-yilda avvaliga Germaniyada olmon olimlari Liza Meytner va Otto Gan, keyinroq, ulardan mustaqil ravishda Angliyada Frederik Soddi va Jon Krenstonlar tomonidan 91-raqamli element kashf qilindi. Ushbu 91- raqamli elementning mavjudligini 1869-yildayoq D.I. Mendeleyev aniq bashorat qilib bergan 187 bo‘lib, uning radioaktiv parchalanishi natijasida 89-raqamli element – aktiniy hosil bo‘ladi. Shu sababli ham Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo Ittifoqi (IUPAC) 91-raqamli radioaktiv elementni «protaktiniy», ya'ni, «aktiniydan avval keluvchi», boshqacha aytganda «aktiniy debochasi» deb nomlashga qaror qilgan. Aktiniy va toriy elementlarining ham parchalanishida muayyan gazlar hosil bo‘ladi. Bu elementlarning parchalanishidan hosil bo‘luvchi gazlar mos ravishda aktinon va toron deb nomlanadi. Avvaliga bu gazlarni ham yangi radioaktiv elementlardan iborat deb o‘ylashgan. Hatto eng oliy ilmiy doiralarda ham, ushbu gazlarga nom berish va davriy jadvalga kiritish borasida muhokamalar bo‘lib o‘tgan. Takliflardan biriga ko‘ra, ularga emanon deb nom berish masalasi ko‘rib chiqilgan (emanatsiya so‘zidan). Biroq, ma’lum bo‘lishicha, ular shunchaki radiyning shakl o‘zgarishlaridan iborat ekan xolos. Keling endi jadvaldagi 85 va 87-raqamli elementlarga nazar tashlaymiz. Bu elementlar shunchalik beqarorki, ularning bag‘oyat tez parchalanishi sababli, qisqa muddatda bu elementlardan nom-nishon qolmaydi. Shu sababli ham bu elementlar uzoq yillar mobaynida olimlar nazaridan panada qolib ketishgan. 1925-yilda reniy element kashf qilingach, davriy jadvalda atiga to‘rtta «teshik» qolgan bo‘lib, ushbu bo‘sh kataklarga 43, 61, 85 va 87- raqamli elementlar joylashishi lozim edi. 85 va 87-raqamli elementlarning radioaktiv elementlar turkumiga mansub ekanligi avvaldan ma’lum bo‘lib, bu elementlar «qo‘shnilari»ga nisbatan yanada beqaror bo‘lishini olimlar taxmin qilishardi. Ularni ajratib olishning mushkul vazifa ekanligini ham olimlar ko‘p bora takrorlashgan. 43 va 61-raqamli elementlar bilan esa boshqacharoq vaziyat yuzaga kelgan. Chunki ularning qo‘shnilari barqaror elementlar bo‘lib, shunga ko‘ra, mazkur elementlarning ham barqaror ekanligini aniqlash qiyin emasdi. Davriy jadvaldagi 43-raqamli element reniyning pastidagi katakchada joylashgan. 1925 yilda olmon olimlari reniyni kashf etishganida, shuningdek 43-raqamli elementni ham olishganini ma’lum qilib yuborishgan. Aslida ular olgan modda yangi element bo‘lmasdan, balki biz 19-bob so‘ngida tilga olib o‘tgan «ekamargantes» edi. Muvaffaqiyatdan ruhlanib ketgan olimlar ushbu «element»ni mazuriy deb nomlashga qaror qilishgan. Bunda ular o‘z vatanlari – Germaniyaning Mazur hududini sharaflashni maqsad qilishgan edi. Lekin biz bugungi kun kimyo fanidan juda yaxshi bilamizki, 43-raqamli element beqaror elementdir. Boz ustiga, u yuqorida qayd etilgan radioaktiv elementlar singari, boshqa elementning parchalanishidan hosil bo‘lmaydi va shu sababli tabiatda uning izlarini topishning imkoni deyarli nolga teng. Qisqa qilib aytganda, 43-raqamli element sifatida mazuriyni e’lon qilib yuborgan olimlar shunchaki katta shoshqaloqlik qilishgan… 188 Aynan shunday holat 61-raqamli element bilan ham sodir bo‘lgan. 1926-yilda 61- katakni to‘ldiruvchi yangi elementni kashf qildim deb o‘ylagan AQSHlik kimyogarlar jamoasi unga illiniy nomini berish orqali shov-shuv ko‘tarib yuborishgan. Ular ham olmon hamkasblari singari, o‘z vatanlaridagi hudud – Illinoys shtatini sharaflamoqchi bo‘lishgan. Ko‘p o‘tmay, Italiyalik kimyogarlar ham aynan 61-raqamli elementni kashf qilishganini, boz ustiga, ularning kashfiyoti AQSHlik olimlarnikidan avvalroq amalga oshganini ta’kidlab, sensatsion chiqish qilishgan. Italyanlar ham olmonlar va amerikaliklardan qolishmagan tarzda, o‘z «kashfiyot»lari uchun o‘z vatanlaridagi hududlardan birining nomini, aniqrog‘i, Florensiya shahri sharafiga florensiy nomini bermoqchi bo‘lishgan. Okeanning har ikki tarafidan matbuot va boshqa vositalar orqali avj oldirilgan ushbu ilmiy bahs-tortishuvda italyanlar ham amerikaliklar ham bir-biriga yon bergisi kelmas edi. Oqibatda asl haqiqat shunday bo‘lib chiqdiki, har ikkala taraf ham aslida qattiq yanglishgan bo‘lib, shoshmashosharlik tufayli bekorchi safsata ko‘tarishgan ekan… 61 raqamli element ham 43 raqamli element singari beqaror bo‘lib, faqat uning beqarorlik xossalari yanada kuchliroq namoyon bo‘ladi. Eng qizig‘i, ularning har ikkalasi ham tabiatda mavjud emas. Basharti shunday ekan, unda biz bu elementlarning mavjudligi haqida qayerdan bilib olganmiz? 1919-yilda ingliz fizigi Ernst Rezerford muayyan bir atomni (hatto u barqaror element atomi bo‘lsa ham) subatom zarrachalar bilan bombardimon qilish orqali uni boshqa bir atomga aylantirish mumkinligini aniqladi. Yillar o‘tishi bilan olimlar Rezerford usuli vositasida boshqa turdagi atomlarni olishni o‘rganib olishdi. Shunday olimlar safida ikki yosh kimyogar mutaxassis – Karlo Perye va Emilio Segrelar alohida o‘rin tutishgan. Ular kimyo fanida kirib kelayotgan yangi davrning ilg‘or olimlari edi. 1937-yilda ushbu tandem 42-raqamli element – molibden namunasini tadqiq qilish asnosida, uni subatom zarrachalar bilan bombardimon qilishadi va natijada fanga noma’lum va Yerda mavjud bo‘lmagan yangi element atomi shakllanganini payqab qolishadi. Bu – molibdenning davriy jadvaldagi qo‘shnisi, ya'ni, o‘sha ko‘p izlangan 43 raqamli element edi. Olimlar o‘zlari kashf qilgan ushbu elementni yunon tilida «sun’iy» ma’nosini beruvchi «texnetsiy» atamasi bilan nomlashdi. Ular hosil qilgan mazkur elementning miqdori, uni atroflicha o‘rganish uchun yetarlicha edi. Hozirda 43-raqamli elementning rasmiy nomi aynan texnetsiy bo‘lib, olmonlar shoshqaloqlik bilan taklif qilgan mazuriy atamasi faqat kimyo fani tarixini bayon qiluvchi sahifalarda qoldi xolos. Texnetsiy – sun’iy hosil qilingan ilk kimyoviy elementdir. Oradan 11 yil o‘tib, uch nafar kimyogar – Jeykob Marinski, Lorens Glendenin hamda, Charlz Koriellardan iborat olimlar jamoasi 61-raqamli element atomlarini ham olishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular o‘z kashfiyotlarini qadimgi yunonlarning afsonaviy qahramoni – Prometey sharafiga, shu nom bilan atashga qaror qilishdi. Afsonalarda Prometey osmondagi ma’budlar makonidan olovni o‘g‘irlab, odamlarga keltirib bergan bahaybat mavjudot deb tasavvur qilinadi. Bu nomni tanlashda olimlar atom bombasining portlashida hosil bo‘luvchi ulkan olovga ishora berib, uni xuddi osmondan quyoshni olib tushgandek faraz qilishgan. Ko‘p o‘tmay, aynan prometiy atamasi 61-raqamli element uchun rasmiy nom sifatida tasdiqlangan. 189 85 va 87-raqamli elementlar haqida shunday qiziq voqealarni hikoya qilish mumkin. Dastavval, yuqorida qayd etilgan holatga o‘xshash vaziyat yuz bergan. Ya'ni, 1931-yilda amerikalik kimyogarlardan biri ushbu ikki elementni kashf qilgani haqida ovoza tarqatib, hatto bu elementlar uchun nom ham qo‘yishga urinib ko‘rgan. Uning taklifiga ko‘ra, 85-element Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling