Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

alabanin, 87-elementni esa virginiy deb nomlanishi kerak edi. AQSH geografiyasidan xabardor 
mutolaachi albatta bu nomlar nimaga ishora qilayotganini darhol payqagan bo‘lsa kerak. 
Albatta, sezganingizdek, o‘sha shoshqaloq olimning rejasiga ko‘ra, alabanin – Alabama 
shtatini, virginiy esa – Virjiniya shtatini sharaflashi kerak edi. O‘sha olimning ham 
shoshmashosharlik qilgani tez orada ma’lum bo‘lib qoldi va bu nomlar haqida tez orada deyarli 
hamma unutdi.
Barcha elementlar ichida texnetsiyning o‘ta o‘tkazgich xossalarini namoyon qilish 
harorati eng yuqori bo‘lib, bu ko‘rsatkich mutlaq nol haroratdan 11 daraja baland nuqtada 
namoyon bo‘ladi. Ayrim qotishmalarda bundan ham yuqori ko‘rsatkichlar mavjud, lekin 
elementlar ichida texnetsiyning oldiga tushadigani yo‘q. Texnetsiyning pertexnatlar deb 
yuritiladigan ma’lum birikmalari po‘lat va temir konstruksiyalarni zanglash va yemirilishdan 
himoya qilishda kuchli samarador vositalar sanalishadi. Buning uchun metall detalga pertexnat 
eritmasi bilan ishlov berish yetarli bo‘ladi. Muammo shundaki, texnetsiyning tannarxi 
anchayin qimmat bo‘lib, bu jihat uni keng qo‘llash yo‘lida asosiy to‘siq hisoblanadi. Shu 
sababli metalokonstruksiyalarga pertexnatlar bilan ishlov berish faqat eng zarur, favqulodda 
muhim holatlarda amalga oshiriladi xolos.
87-raqamli elementni birinchi bo‘lib, 1939-yilda farang kimyogar olimasi Margarita 
Perye ajratib olgan bo‘lib, buning uchun u uranning parchalanish mahsulotlaridan foydalangan. 
Avvaliga olima o‘zi kashf qilgan element uchun «aktiniy K» atamasini taklif qilgan edi. Biroq, 
keyinchalik u fikrini o‘zgartirdi va yangi elementni o‘z vatani sharafiga fransiy deb nomlashga 
qaror qildi. Uning kashfiyoti rasman tasdiqlangach, u tanlagan fransiy nomi ham mazkur 
elementga rasman biriktirildi. Shundan roppa-rosa bir yil o‘tib, eski tanishimiz Emilio Segre 
ishtirokida yana bir element kashf qilindi. Bu safar Segre ilmiy guruhida D.P. Korson hamda, 
K.R. Mak-Kenzilar ham bor edi. Ushbu uch nafar kimyogar olimlarning birgalikda olib borgan 
tadqiqotlari natijasida 85-raqamli elementni ajratib olishga erishildi. Ularning taklifi bilan 
ushbu yangi elementga astat, ya'ni, qadimgi yunon tilidagi «beqaror» atamasi rasman 
biriktirildi.
Astat – galogenlar toifasiga mansub bo‘lib, davriy jadvalda yodning ostida joylashadi. 
Fransiy esa ishqoriy metallar sinfiga mansub bo‘lib, uni davriy jadvalda seziyning tagidan 
topishingiz mumkin.
Beqaror elementlari ichida faqat astat va radon metallmaslar turkumiga mansubdirlar. 
Aynan ular bilan 22 ta elementdan iborat metallmaslar sinfi tugallanadi. 1943 yilda astatni 
shuningdek uranning parchalanish mahsulotlari ichida ham mavjudligi aniqlangan.
1948-yilga kelib davriy jadvaldagi so‘nggi «teshik» berkitilgach, kimyogarlar 
vanihoyat elementlarning to‘liq va tugal jadvalga ega bo‘ldik degan fikrga kela boshlashgan 
edi. Biroq, bunday fikr homxayol ekanligi tez orada oydinlashib qoldi. Deyarli 150 yil 


190 
mobaynida ziyolilar ongida, 92-raqamli element - uran davriy jadvaldagi so‘nggi element 
bo‘ladi degan fikr mustahkam o‘rnashib kelgan edi. Lekin nimaga endi urandan keyin boshqa 
kimyoviy elementlar mavjud bo‘lmasligi kerak? 
Bu savolga ijobiy javob berish uchun ko‘p kutishga to‘g‘ri kelmadi. Haqiqatan ham, 
aslida kimyoviy elementlarning son-sanog‘i uchun muayyan chegara mavjud emas ekan. Bizga 
tanish bo‘lgan olim Glen Siborg boshchiligidagi amerikalik olimlar jamoasining sai-harakatlari 
evaziga, 92-raqamli element - urandan keyin keluvchi yangi kimyoviy elementlar ketma-ket 
kashf qilina boshladi. Ushbu olimlar jamoasi Berklidagi Kaliforniya Texnologiya 
Universitetida ish olib borishgan. Eslatib o‘tamiz, texnetsiy va astat elementlari ham aynan shu 
ilmiy dargohda kashf qilingan edi. Prometiy esa Tennesi shtatida joylashgan Ouk-Rij Milliy 
Laboratoriyasida olingan.
Davriy jadvalda urandan keyin keluvchi barcha elementlar transuran elementlar 
deyiladi. Faqat bitta istisnoli elementdan tashqari, ushbu transuran elementlarning barchasi 
beqaror elementlar bo‘lib, tabiatda uchramaydi.
Transuran elementlardan dastlabki ikkitasi 1940-yilda kashf 
etilgan. 93- va 94-raqamli ushbu elementlarga nom berishda, uranga 
nom berishdagi tamoyilga asoslanilgan. Ya'ni, uran elementi Uran 
sayyorasining kashf etilganiligiga bag‘ishlab nomlangan edi. Shunga 
ko‘ra, 93-raqamli elementni Urandan keyin kashf etilgan sayyora – 
Neptun sharafiga, neptuniy deb nomlandi. 94-element esa plutoniy deb 
ataldi (eslatib o‘tamiz, 2006 yildan buyon Pluton sayyora sifatida 
e’tirof etilmay qo‘ygan – tarjimon izohi). Ushbu transuran 
elementlarni birinchi bo‘lib payqagan olimlar – E. MakMillan va F. 
Abelsonlar bo‘lishgan edi. Ushbu ajoyib kashfiyot uchun, Siborg va 
MakMillan 1951-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor 
bo‘lishgan.
Ba’zi hollarda uran atomlari shunday parchalanadiki, natijada 
plutoniy atomlari hosil bo‘ladi. Plutoniyning juda-juda kam miqdorlari uran rudasi tarkibida 
mavjud bo‘lishi aniqlangan. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan istisnoli transuran element aynan 
plutoniydir. Ya'ni, plutoniy tabiatda juda oz bo‘lsa-da harholda uchrab turadi. Plutoniyni katta 
miqdorlarda sun’iy olish ham mumkin. Ko‘p miqdorlarda sun’iy hosil qilinadigan plutoniyni 
koinot apparatlari uchun yonilg‘i sifatida, hamda atom stantsiyalari uchun ishchi jism sifatida 
qo‘llaniladi. Aytib o‘tilgan tabiiy plutoniy esa uran rudalarining yuz trilliondan bir qismini 
tashkil qiladi xolos. Bu qanchalik oz miqdor ekanini tasavvur qila olasiz deb o‘ylayman.
Plutoniy uranning radioaktiv yemirilishi natijasida hosil bo‘ladi. Nazariy jihatdan 
neptuniy ham uran rudasi tarkibida uchrashi taxmin qilinadi. Lekin uning miqdori 
plutoniynikidan ham yuzlab, balki millionlab barobar kam bo‘lishi ehtimoli bor. Boz ustiga, 
shu choqqacha hali hech kim neptuniyni uran rudasi tarkibida uchratmadi.
Olimlarning e’tiborini darhol o‘ziga tortgan jihat shu bo‘lgan ediki, neptuniy va 
plutoniyning kimyoviy xossalariga ko‘ra o‘zaro o‘xshashliklari, xuddi uran va toriyning 


191 
o‘xshashligi kabi ekan. Ushbu faktga ko‘ra olimlar xuddi siyrak yer elementlarida uchraydigan 
holat singari o‘xshashliklar seriyasiga duch keldik deb xulosa qilishdi. 
Ushbu yangi seriyaning aktiniydan boshlanishini e’tiborga olib, ushbu seriyaga mansub 
elementlarga aktinoidlar deb nom berilgan. Davriy jadvalda aktinoidlar qatori lantanoidlar 
qatori ostida joylashadi: aktiniy – lantan ostida, toriy – seriy ostida, protaktiniy – 
prazeodimning tagida, uran – neodimdan pastda, neptuniy – prometiydan va plutoniy – 
samariydan bitta quyidagi katakchada joylashadi.
Kaliforniya universiteti olimlari yangi kimyoviy elementlarni 
kashf qilish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirishdi. Shu yo‘sinda, 
1944-yili 95-raqamli element kashf etildi. Uning joylashuv manzili 
shundoqqina yevropiyning ostidagi katakcha bo‘lgani uchun, olimlar 
bu element uchun o‘ziga xos «posangi» atama biriktirishga qaror 
qilishgan. Ya'ni, 95-raqamli elementni ameritsiy deb nomlashgan. 
Oradan ikki yil o‘tib, 1946-yilda 95-raqamli element ham kashf etildi. 
96-elementning jadvaldagi manzili – gadoliniy katakchasi ostida 
bo‘lib, gadoliniy atamasining o‘zi kimyo fani tarixida yorqin iz 
qoldirgan olim, siyrak yer elementlarini kashf qilishda katta jonbozlik 
ko‘rsatgan kimyogar Yuxan Gadolin sharafiga atalgan edi. Shunga 
ko‘ra, jadvalda unga qo‘shni bo‘ladigan yangi, 96-raqamli element 
uchun ham, kimyo fani uchun shunday buyuk xizmatlar ko‘rsatgan 
biror olim nomini berishga qaror qilingan. Muhokamalardan so‘ng, 
96-raqamli element kashfiyotchilari bo‘lgan olimlar ushbu element uchun kyuriy nomini 
berishni ma’qul topishdi. Kyuri – radioaktivlik hodisasini o‘rganishda eng katta natijalarni 
qo‘lga kiritgan va bir necha yangi radioaktiv elementlarni kashf qilgan olimlar oilasi – Pyer va 
Mariya Kyurilar sharafiga, ularning familiyasi bilan atalagan.
Ko‘p xossalariga ko‘ra aktinoidlar lantanoidlarga o‘xshab ketadi. Masalan, toriy odatda 
tarkibida lantanoid elementlar mavjud bo‘lgan rudalarda uchraydi. Toriy eng uchraydigan 
asosiy ruda – monazit bo‘lib, u ham lantanoidlarni o‘zida tutadi. Yer sharining muayyan bir 
joyida muayyan bir elementning yig‘ilib qolishini ta’minlovchi 
kimyoviy jarayonlar, shuningdek, xossalariga ko‘ra o‘zaro o‘xshash 
bo‘lgan muayyan elementlar majmuining ham hosil bo‘lishini 
ta’minlab beradi. Shu sababli ham, bir joyning o‘zida barcha 
lantanoidlarni uchratish mumkin bo‘ladi. Aynan shu sababga ko‘ra, 
gafniy sirkoniy bilan, kadmiy rux bilan, platina nikel bilan yonma-yon 
uchraydi.
Jadval bo‘ylab urandan keyingi elementlarni ko‘rib chiqishda 
davom etamiz. 97-raqamli elementni 1949-yilda, 98-raqamli 
elementni esa 1950-yilda yana o‘sha Berklidagi Kaliforniya 
Texnologiya Universitetida, Giorso va Siborg boshchiligidagi ilmiy 
guruh tomonidan kashf qilingan. Bu safar kashfiyotchilar o‘z 


192 
shaharlari va shtatlarini sharaflashni ma’qul ko‘rishdi va mos ravishda, 97-element uchun 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling