Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

rentgeniy deb atalamoqda. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, bu safargi kashfiyotda olmon 
olimlaridan tashqari uch nafar Dubna YTBI xodimlari, hamda bir nafar Bolgariyalik va bir 
nafar Finlyandiyalik olim ham qatnashgan.
Yuqoridagi hikoyalardan so‘ng, navbatdagi, 112-raqamli 
elementi ham Darmshtadt OIL xodimlari kashf etishganini eshitib 
hayron bo‘lmay qo‘yaverarsiz? To‘g‘ri qilasiz. Zero, 112-element ham 
aynan ushbu ilmiy dargohda ilk bora sintez qilingan. Kashfiyot 1996-
yil 9-fevralda amalga oshgan bo‘lib, unga olimlar tarixda mashhur 
astronom olim – Nikolay Kopernikning nomini biriktirishgan. Hozirda 
112-element kopernitsiy deb ataladi. 
Darmshtadt laboratoriyasining ushbu ulkan ilmiy yutuqlarida, bu yerda shakllantirilgan 
ajoyib ilmiy maktabning o‘rni beqiyosdir. Darmshtadtliklarning dastlabki ikki kashfiyoti – 
xassiy va meytneriyni olimlar Ambruster va Myuntsenberg amalga oshirishgan bo‘lsa, keyingi 
uchta kashfiyot Xoffman va Ninovlar boshchiligida bajarilgan.


196 
Hozirda 112-elementdan keyin keladigan yana 6 ta kimyoviy elementning atomlarini 
sintez qilishga muvaffaq bo‘lingan. Ulardan birinchisi – 114-elementni 1998-yil dekabrida 
akademik Flyorovning shogirdi Yu. Oganesyan tomonidan sintez qilingan. Dubnadagi YTBI 
da o‘tkazilgan tajribalarda AQSHning Livermor Milliy Laboratoriyasi xodimlari ham ishtirok 
etishgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, 114-element Dubna-Livermor hamkorligi mahsuli deyish mumkin. 
Tajribalarga boshchilik qilgan olim Oganesyanning taklifiga ko‘ra, ushbu elementga uning 
ustozi Flyorovning nomi berilgan. IUPAC ham rasmiy tasdiqlagan atamaga ko‘ra, hozirda 114-
element fleroviy deb nomlanadi.
Fleroviydan keyingi sintez qilingan element bu – 116-raqamli transuran element bo‘lib, 
uni ham Dubna-Livermor ilmiy hamkorligi natijasida, 2000-yilda YTBI da ilk bora olingan 
edi. 116-element kashf qilingani haqidagi xabar 1999-yilda Berklidan ham tarqatilgan bo‘lib, 
lekin tekshiruv Berkli xodimlarining qayd etgan natijasi aslida yanglish ko‘rsatkich ekanini 
tasdiqlagan. Dubna-Livermor hamkorligining navbatdagi mahsuli, ya'ni, 116-elementga uning 
kashfiyotchilari livermoriy deb nom berishga qaror qilishgan. Bu bilan ularning Livermor 
laboratoriyasini sharaflamoqchi bo‘lishganini payqash qiyin emas.
Livermoriy XX-asrda kashf etilgan so‘nggi kimyoviy element sifatida tarixga kirgan. 
Davriy jadvaldagi keyingi elementlarni esa XXI-asr olimlari ochishlari kerak edi. Biroq, 
Azimov ham o‘z asari so‘ngida ta’kidlaganidek, yangi elementlarni kashf etish masalasi tobora 
murakkablashib, amaliy jihatdan mushkullashib boraveradi. Albatta, yangi element kashf 
etilgani ko‘p jihatdan yaxshi narsa. Bu hech bo‘lmaganda kashfiyotchi ilmiy guruh uchun 
olamshumul shuhrat keltiradi. Biroq, masalning boshqa taraflari ham borki, o‘ylab qaralsa, 
bunday sun’iy kimyoviy elementlarning kashf etilishi va unga sarflanadigan katta-katta 
mablag‘larning qanchalik o‘zini oqlashi borasida haqli savol kelib chiqadi. Gap shundaki, 
Dubna, Darmshtadt, Berkli, Livermor laboratoriyalarida kashf etilgan va kashf etilishi 
kutilayotgan ushbu transuran elementlar odatda juda-juda kam miqdorlarda, aniqroq aytsak bir 
necha dona atomlar ko‘rinishida sintez qilinadi. Bundan esa biror amaliy yoki ilmiy naf 
chiqishi katta so‘roq ostidadir. Qolaversa, bu atomlarning yashash davri shunchalik qisqaki, 
ular soniyaning yuzdan, hatto mingdan bir ulushlaridayoq parchalanib ketib bo‘ladi. Bunday 
sharoitda esa, navbatdagi elementni sintez qilishning o‘zi benihoyat mushkul ishga aylanadi. 
Chunonchi, aytaylik, 116-chi elementdan naridagi biror yangi elementning atomi sintez 
qilingan taqdirda ham, uning atomini hosil bo‘lib, parchalanib ketishi oralig‘ida uni haqiqatda 
ilg‘ab, payqab, idrok qilib qolishning o‘zi – inson imkoniyatlari chegarasidagi narsadir.
Lekin shunday bo‘lsa-da kimyogar olimlar bizni yangi-yangi kashfiyotlar bilan hayron 
qoldirishda davom etib kelishmoqda. Livermoriydan keyingi, ya'ni, 118-raqamli element kashf 
qilingani haqidagi xabar ilk bora 2002-yili Dubnadan e’lon qilingan edi. Bir yil o‘tib, ya'ni, 
2003-yili endi aslida livermoriydan, hatto fleroviydan ham avval kelishi zarur bo‘lgan, lekin 
hech kim sintez qilib uddalay olmayotgan 113-raqamli elementni olishga muvaffaq bo‘lingani 
haqidagi xabar bir yo‘la ikki mamlakatdan – Dubna orqali Rossiyadan hamda, Tokio yaqinida 
joylashgan Riken universiteti orqali Yaponiyadan tarqala boshladi. O‘sha yilning o‘zida 115-
element Dubnada sintez qilindi. Hozircha so‘nggi kashf qilingan element ham 2010-yilda 
aynan Dubnada sintez qilingan bo‘lib, u tartib bo‘yicha 117-element bo‘lishi kerak. Mazkur 
yangi elementlarning barchasining kashf qilinishida Dubna-Livermor hamkorligi asosiy o‘rin 


197 
tutadi. IUPACning 2015-yil 30-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, 115, 117 va 118-elementga Dubna-
Livermor hamkorligi ishtirokchilari nom berishlari kerak edi. Bu elementlar uchun rasmiy nom 
taklif qilinib tasdiqlanmagunicha, ular uchun shartli muvaqqat nomlar – «Ununtriy», 
«Ununpentiy», «Ununseptiy», hamda «Ununoktiy» atamalari bog‘lab turildi. Ushbu shartli 
muvaqqat nomlar mazkur elementlarning atom raqamining lotin tilida aytilishini ifodalaydi. 
Ya'ni, ununtriy – 113, ununpentiy – 115, ununseptiy – 117, hamda ununoktiy – 118 degan 
ma’nolarni anglatadi. Ushbu to‘rt elementdan faqat 113-raqamlisi uchun nom berish huquqi 
Dubna-Livermor hamkorligiga berilmadi. Sababi yaponlarning ilmiy natijasi bundan-da 
ishonchliroq bo‘lib, 113-element Riken laboratoriyasida nisbatan ko‘proq sondagi atomlar 
bilan sintez qilingan. Ta’kidlash joizki, davriy jadvaldagi barcha elementlar faqat Yevropa va 
Amerika qit’alaridagi mamlakatlarda kashf etilgan edi. 113-element Osiyo davlatida kashf 
etilgan ilk kimyoviy element sifatida tarixga kirdi. Shunga ko‘ra, yapon olimlari o‘zlari kashf 
qilgan mazkur yangi kimyoviy elementga o‘z vatanlarining qadimiy nomini berishdi. Ya’ni, 
endilikda davriy jadvaldagi 113-raqamli element «Nihoniy» deb nomlanadigan bo‘ldi va uning 
formulasi Nh tarzida tasdiqlandi. . 
Dubna-Livermor hamkorligi elementlari haqida ham aynan shu fikrlarni aytish 
mumkin. Takliflarga ko‘ra, 115-elementni Dubna laboratoriyasi joylashgan Moskva viloyati 
sharafiga moskoviy deb nomlandi va unga Mc formulasi berildi. Vaqtincha nomi ununseptiy 
bo‘lgan 117-element esa, Livermor laboratoriyasi joylashgan Tennesi shtati sharafiga tennesin 
nomini oldi va u Ts kimyoviy formulasi bilan belgilanadigan bo‘ldi. 118-raqamli element 
borasida esa Dubna va Livermor laboratoriyasi olimlari o‘zaro kelishishdi. Natijada, ushbu 
raqamli element uzoq yillar Dubna laboratoriyasida faoliyat ko‘rsatgan olim, ko‘plab yangi 
kimyoviy elementlarni sintez qilishga muvaffaq bo‘lgan kimyogar Yuriy Oganesyan sharafiga, 
uning familiyasi bilan, ya’ni, oganesson deb nomlandi. Bu elementning formulasi Og sifatida 
xalqaro tasdiqdan o‘tdi.
Mana, kimyoviy elementlar davriy jadvali bo‘ylab sayohatimiz poyoniga yetib keldi. 
Biz 118 xil kimyoviy elementni ko‘rib chiqdik va ulardan 81 tasi barqaror elementlar ekanini 
bilib oldik. Men, siz, ushbu qo‘lingizdagi kitob, olis koinotdagi yulduzlar va umuman olganda 
butun borliq, ushbu elementlar asosida barpo etilgan! 
Mazkur bayon qilinganlarni mulohaza qilib, kitobimiz mutolaachisida haqli savol 
uyg‘onishi tabiiy: xo‘sh, shuncha element kashf etilibdi, endichi? Yana boshqa elementlar 
kashf etilishi mumkinmi?
Yana yangi elementlarning kashf etilishi haqida gap ochilgan ekan, shuni aytib o‘tish 
joizki, jahonning yetakchi ilmiy laboratoriyalarida 119- va 120-raqamli elementlarni sintez 
qilish bo‘yicha allaqachon ish boshlab yuborilgan. Liverpul universiteti xodimi bo‘lmish fizik-
yadroshunos Rolf-Ditmar Gersbergning ta’kidlashicha, zamonaviy texnologiyalarning 
imkoniyatidan to‘g‘ri foydalanilsa, ushbu elementlarni ham yaqin o‘rtada kashf qilish mumkin. 
Aytish joizki, 2012-yilda Darmshtadtdagi German Gelmgolts nomidagi Og‘ir Ionlar 
Laboratoriyasida 120-element sintez qilingani haqida xabar tarqatilgan edi. Biroq, bu ma’lumot 
hanuzgacha rasman tasdiqlanmadi. Olimlarning e’tirof etishicha, 120-elementni sintez qilish 


198 
uchun nazariy jihatdan hamma imkoniyat bo‘lsa-da, lekin amalda uni olish ehtimoli nihoyatda 
pastdir… 
Lekin baribir tinib-tinchimas kimyogarlar, yangi elementlarni olish ustida izlanishlarni 
izchil davom ettirishdan to‘xtayotganlaricha yo‘q. Bunday sharoitda ushbu savolni biroz 
o‘zgartirish ma’qulmikan degan fikrga kelib qoldim. Ya'ni, endi, «yangi elementlar yana kashf 
qilinadimi?» - deb emas, balki, «biz yana qancha elementlar kashf eta olamiz?» - degan 
masalani ko‘tarishimiz durustroqdir nazarimda. Zero, aslida kimyoviy elementlarning son-
sanog‘i bo‘lmasligi ham mumkin. Hozirgi ilmiy nazariyalarga ko‘ra, «borliqda mavjud va 
mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan kimyoviy elementlarning sonining chegarasi» - qabilidagi 
tushunchalar keskin inkor etiladi. Ya'ni, ilm-fanda kimyoviy element atomining o‘lchamlarini 
cheklaydigan yoki, uning zaryadi ko‘rsatkichiga biror talab qo‘yadigan aniq kvant-mexanik 
qonuniyat mavjud emas. Shu sababli ham kimyoviy elementlar davriy jadvalining chek-
chegarasi yoki, o‘lchamlariga nisbatan qandaydir chegara mavjudligini tasavvur qilish 
noto‘g‘ri. Nazariy jihatdan kimyoviy elementlar qatorini cheksiz davom ettirish mumkin. 
Lekin ushbu gapda «nazariy» so‘zi kalit so‘z sanaladi: ilmiy tadqiqotlarni olib borishda 
shunchaki atrof-olamga bo‘lgan joʻshqin qiziqish emas, balki, sog‘lom fikr ham eng asosiy 
o‘rin tutmog‘i lozim deb o‘ylayman.
O‘zimiz qo‘ygan savolga kelsak, «biz yana qancha yangi kimyoviy element kashf eta 
olamiz?». Kimyo fanida yuzaga kelgan joriy vaziyatga real ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, 
endilikda yana yangi kimyoviy elementlarni kashf qilish borasidagi imkoniyatlarimiz juda-juda 
cheklangandir. Aslida, biz ilm-faning hozirgi rivojlanish darajasi bilan qanchalik 
maqtanmaylik, lekin, borliqda nazariy jihatdan mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan kimyoviy 
elementlarning barchasini ham «kashf qilish»ga, yoki, ularni sun’iy sintez qilishga bo‘lgan 
hozirgi imkoniyatimiz nihoyatda past. Xossatan, muayyan turdagi o‘ta og‘ir elementlarni 
ochish (sintez qilish) uchun favqulodda ulkan energiya sarflash kerak bo‘ladi. Bunday 
energiyani ta’minlab bera oladigan tezlatkichlar esa, hatto jahondagi eng qudratli rivojlangan 
mamlakatlarning bir necha o‘n yillik davlat byudjetidan ham qimmatga tushadi.
Basharti o‘sha 
favqulodda qimmat energiya manbai ta’minlanib, yangi element sintezi uchun sharoit hosil 
qilingan taqdirda ham, sal yuqoriroqda eslab o‘tilgan boshqa bir muammo yuzaga chiqadi. 
Ya’ni, bunday elementlarni sintez qilinganidan so‘ng, aniq detektorlash (payqash desak 
to‘g‘riroq bo‘ladi) juda katta muammodir. Yangi sintez qilingan elementlarning atomlari 
odatda soniyaning mingdan bir ulushlariga teng bo‘lgan nihoyatda qisqa muddatlardagina 
yashaydi xolos. Qolaversa, bunday elementlarning atomlari atiga bir necha dona miqdorda 
sintez qilinadi va bunday o‘lchamli obyektni ilg‘ash, payqashning o‘zi juda katta aniqlik talab 
qiladigan ishdir. Shu va shu kabi omillar, kimyoviy elementlarning biz kashf qilishimiz 
mumkin bo‘lgan muayyan soniga nisbatan qandaydir chegara qo‘yishi mumkin… 
Nima bo‘lganda ham, insoniyat tamaddunining uzviy bir qismi sifatida, kimyo fani, 
xossatan, kimyoviy elementlarning yangi-yangi turlarini kashf qilish jarayoni hali yana davom 
etadi. Biz esa siz aziz ilm-fan shinavandalarini ilmiy yangiliklar bilan baholi-qudrat tanishtirib 
borishga harakat qilamiz. 


199 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling