Koinotning qurilish ashyolari


XIX-BOB: SIMOB – SUYUQ ELEMENT


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XIX-BOB: SIMOB – SUYUQ ELEMENT 
Qalay va qo‘rg‘oshin nisbatan past 
haroratlarda ham erishini siz yaxshi bilasiz.
Ularning erishi uchun 200-300 ℃ orasidagi 
harorat kifoya qiladi. Ishqoriy metallar yanada 
pastroq haroratlarda ham erib, suyuqlanib 
ketadi. Masalan, seziy metallining erishi uchun 
Quyoshli kundagi issiq harorat yetarli bo‘ladi.
Shunday bir metall borki, hatto sovuq 
haroratda ham suyuqligicha qolaveradi. Bu – 
davriy jadvaldagi 80-raqamli element – simob 
elementidir. Simob – suv muzlaydigan 
haroratdan, ya’ni, selsiy bo‘yicha 0 ℃ dan ham 
‒39 daraja past haroratdagina qotadi.
1759-yilgacha hech kim simobni qattiq holatga o‘tkazishga urinib ham ko‘rmagan. Chunki, 
hech kim simobning aslida metall ekanini bilmagan.
Qadimgi yunonlar va rimliklar simobni «gidrargirum» deb nomlashgan. Ularning tilida 
bu so‘zning ma’nosi «suyuq kumush» degani edi. Ingliz tilida esa simobni avvallari 
«quicksilver» deyilardi. Buning aynan tarjimasi «tirik kumush», yoki, «yuguruvchi kumush» 
degan ma’nolarga to‘g‘ri keladi. Agar siz sinib ketgan termometrdan to‘kilgan simobni ko‘rgan 
bo‘lsangiz, albatta uni juda tez yumalab u yoqdan bu yoqqa harakatlanib dumalaganini 
kuzatgansiz. Bu xuddi tirik jonzot tezlik bilan yugurib o‘tgandek taassurot uyg‘otadi. Shu 
sababli ham unga «yuguruvchi», «tirik» kabi nisbatlar berilgan.
Simobning ingliz tilidagi va xalqaro ilmiy nomi esa «mercury» bo‘lib, u zamonaviy 
kimyoga o‘rta asr alkimyogarlaridan meros qolgan. O‘rta asr alkimyogarlari o‘zlari tanish 
bo‘lgan kam sonli elementlarni osmon jismlarining nomlari bilan atash an’anasiga ega 
bo‘lishgan. Masalan, ular oltinni Quyosh, kumushni Oy, temirni Mars, misni Venera nomi 
bilan atashgan. Buning hayron qoladigan joyi yo‘q. Chunki, o‘rta asrlarda yashagan 
alkimyogarlar astrologiyadan ham uncha-muncha boxabar bo‘lishga. Odatda bunday odamlar 
o‘zlarini «ilohiy hislat»lar egasi deb hisoblashgan va boshqalarni ham shunga ishontirishga 
urinishgan. Alkimyogarlardan ayrimlari fol ko‘rish va shamanlik qilish bilan ham 
shug‘ullanishgan.
Simob – og‘ir modda (u eng og‘ir suyuqliklardan biri). U temirdan ko‘ra ikki barobar 
va qo‘rg‘oshindan ko‘ra uchdan bir hissaga og‘irroq. Agar qo‘rg‘oshin sharchani simobli 
idishga solib qo‘yilsa, qo‘rg‘oshin sharcha simobda cho‘kmay, uning sirtida qalqib yuradi. 
Atiga 500 ml hajmni egallagan simob deyarli 7 kg tosh bosadi. Agar kimyo laboratoriyasida 1 
litr hajmda simob turgan bo‘lsa, uni ko‘tarishga aslo shoshilmang. Agar siz uni 1 litr suvni 
ko‘tarmoqchi bo‘lgandek kuch bilan ko‘tarsangiz, xuddi simobli idishni tagidan mixlab 
tashlangandek tuyuladi. Chunki siz uni ko‘tara olmaysiz.


153 
Xona haroratida eng og‘ir suyuqlik bo‘lgani uchun, simobdan ob-havoni bashorat 
qilishda foydalanish mumkin va buni odamlar anchadan buyon yaxshi o‘zlashtirib olishgan.
Ob-havo ma’lumotlaridagi eng asosiy ko‘rsatkichdan biri – atmosfera bosimi haqidagi 
ma’lumotdir. Ko‘plab omillar ta’sirida, xususan, Quyosh nurlari, tog‘lar, okeanlar va ho 
kazolar tufayli, Yer atmosferasi bir joyda zichlashib, yuqori bosimga ega bo‘lib qoladi. Boshqa 
bir hududda esa, atmosfera siyraklashib, bosim pasayadi. Agar havo ochiq va tinch bo‘lsa bu – 
atmosfera bosimi balandligining mahsuli bo‘ladi. Agar bosim past bo‘lsa, havo soviydi.
Bunday bosimlarning o‘zaro farqi unchalik ham katta emas. Bosim yuqori hududlarda 
ko‘rsatkich bosim past hududlardagidan ko‘pi bilan 10% atrofida baland bo‘ladi xolos. Bu farq 
bizning nafas olishimizga va boshqa muhim omillarga umuman ta’sir qilmaydi. Bunday nozik 
farq ko‘rsatkichini aniqlash uchun bizga maxsus asboblar kerak bo‘ladi.
Atmosfera bosimini o‘lchash usullaridan biri – bosimni biror bir suyuqlik ustuni 
balandligi bilan belgilashdir. 1 sm
2
yer yuzasi ustidagi atmosferadagi havo, aynan o‘sha 1 sm

ustidagi taxminan 15 metr suv ustuni bilan teng og‘irlikka ega bo‘ladi. Agar bosim past bo‘lsa, 
u 14 metr suv ustuni balandligi bilan teng bo‘lishi mumkin. Shu tarzda, atmosfera bosimi bilan 
suv ustuni balandligi orasidagi bog‘liqlikka asoslanib, atmosfera bosimini o‘lchash mumkin 
bo‘ladi. Bu juda jo‘n o‘lchash usuli bo‘lib, faqat, u ancha qo‘pol usul hisoblanadi. 14 yoki 15-
metr suv ustuni balandligi 4-5 qavatli uy balandligiga teng bo‘ladi va bunday asbobni yasash 
ham, undan foydalanish ham ancha noqulay bo‘ladi. Shu sababli, atmosfera bosimidagi 
o‘zgarishlarga muvofiq o‘z balandligini o‘zgartiradigan eng yaxshi suyuqlik bu simob 
hisoblanadi. Simob suvdan ko‘ra 14,5 marta og‘ir bo‘ladi. Shu sababli, atiga 76 sm 
balandlikdagi simob ustuni 15 metr balandlikdagi suv ustini bilan teng vaznga ega bo‘ladi.
76 sm balandlikka ega va atmosfera bosimi bilan muvozanatlanadigan simob bilan 
to‘ldirilgan shisha nayni barometr deyiladi. Atmosfera bosimi aynan barometr bilan 
o‘lchanadi. Ob-havo ma’lumotlari orasida atmosfera bosimi qayd etib o‘tilganda, uning 
ko‘rsatkichlari millimetrlargacha aniqlikda aytilayotganini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Simob 
ustuni balandligi 760 mm bo‘lganda (dengiz sathida) o‘zi turgan idish tubiga, 1 atmosfera 
bosimiga teng bosim beradi. Shunga asoslanib, atmosfera bosimi va unga yaqin boshqa bosim 
kattaliklarini simob ustuni o‘lchov birligida ifodalash ham mumkin.
Simob atmosfera bosimini o‘lchashdan tashqari, haroratni o‘lchash asboblarida ham 
keng qo‘llanadi. Barcha moddalar singari, simob ham harorat oshganda kengayadi va 
soviganda torayadi. Simobning issiqlik ta’sirida kengayishi va sovuqlik ta’sirida zichligining 
ortishi – bir tekis va barqaror kechadi. Shu sababli, harorat o‘lchash texnikasida boshqa 
moddalardan ko‘ra simobdan foydalanish samaraliroq sanaladi. Shu sababli ham, 
hammamizning uyimizdagi dori qutichada turadigan termometr ichida aynan simob bo‘ladi. 
Simobning yana bir muhim xossasi shisha nayli termometrlarni aynan simob bilan to‘ldirish 
uchun asos bo‘lgan. Gap shundaki, simob shishaga yopishmaydi va ishqalanmaydi. Shu 
sababli, simob bilan to‘ldirilgan shisha naycha ichida simob yopishib qolmasdan pastga va 
yuqoriga erkin harakatlanaveradi.


154 
Simob metall bo‘lgan sababli, u elektr tokini o‘tkazadigan modda sanaladi. Uning bu 
xususiyati ham elektrotexnikada ajoyib yechimlar uchun xizmat qiladi. Masalan, qat’iy 
gorizontal turadigan trubka ichiga simob quyib, uni har ikki tomoniga elektr kontaktlari ulansa, 
undan elektr zanjirlarini uzib-ulaydigan (o‘chirib-yoqadigan) uskuna sifatida foydalanish 
mumkin. Masalan, bunday trubkani biror elektr zanjir uchun dastak-kalit sifatida qo‘llansa, 
dastakni o‘ng tomonga qiyalatganda trubka ichidagi simob oqib kelib elektr kontaktlarni bir-
biriga ulaydi va zanjirda tok oqa boshlaydi. Trubkani yana gorizontal holatga keltirilsa simob 
qaytib oqib ketadi va kontakt uziladi. Bunday dastak-kalitlar shovqinsiz ishlashi bilan ham 
ahamiyatli bo‘ladi.
Biroq, simob haqida gap ketganda shuni ham alohida ta’kidlash shartki, simob va uning 
birikmalari zaharli hisoblanadi. Simob hatto qo‘rg‘oshindan ham zaharliroqdir. U atiga 357 °C 
dayoq qaynaydi. Bu esa, metallar orasida eng past qaynash harorati sanaladi. Lekin, bundan 
ham pastroq, oddiy xona harorat va yozgi issiq haroratlarda ham simob juda sekinlik bilan 
bo‘lsa-da, harholda muntazam bug‘lanib turadi. Simobning bug‘lari ham juda zaharli bo‘lib, 
kumulyativ effektga egadir. Shu sababli ham, kimyogarlar simob bilan ishlashda va ayniqsa 
uni qizdirishda, maxsus shkafdan foydalanishadi. Bunda simob o‘sha shkaf ichida tutib turiladi. 
Shkaf esa har qanday bug‘larni zudlik bilan boshqa kameraga o‘tkazadigan so‘rish 
moslamasiga ega bo‘ladi.
Simob ko‘plab metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Simobning boshqa metallar bilan 
qotishmasini amalgamma deyiladi. Masalan, kumush va simob qotishmasi kumush 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling