Koinotning qurilish ashyolari


XVII-BOB: PLATINA VA UNING GURUHI


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XVII-BOB: PLATINA VA UNING GURUHI 
Geliy haqidagi bobda u va u qatoridagi 
inert gazlarni ba’zan asl gazlar, yoki nodir 
gazlar deb ham atalishini aytib o‘tgan edik. 
Chunki, bu elementlar boshqa moddalar bilan 
deyarli yoki umuman hech qanday birikmalar 
hosil qilmaydi. Shu sababli ham, ularni xuddi 
aslzoda oqsuyak kishilarga qiyosan, asl gazlar 
deyilgan.
Boshqa elementlarni esa aslzodalar 
deyilmaydi. Chunki, ular o‘zaro ko‘plab ming 
xil birikmalar hosil qila oladi. Biroq, boshqa 
elementlar ichida ham muayyan metallar borki, 
ular boshqalar bilan birikma hosil qilishga 
unchalik ham intiq bo‘lmaydi. Masalan, oltin 
shunday metalldir.
Oltin kislorod, oltingugurt va kislotalar bilan ta’sirlashmaydi va shu sababli, oltinni asl 
metall deyiladi.
Lekin, asllik bobida oltindan ham o‘tib tushadigan yana bir metall mavjud. Bu davriy 
jadvaldagi 78-raqamli element – platina bo‘ladi. Ushbu metallni Janubiy Amerikadan kashf 
etilgan va uning nomi ispan tilida «kumushcha» degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan olingan. 
Sababi, platina metallining tashqi ko‘rinishi va ayniqsa rangi ispanlarga qadimdan yaxshi 
tanish bo‘lgan kumushni eslatgan. 
Ehtimol Amerika qit’asining mahalliy aholisi, ya’ni, hindular platina bilan juda 
qadimdan tanish bo‘lishgan bo‘lsa kerak. Lekin, Yevropaliklar bu metall haqida Janubiy 
Amerikaga sayohat qilgan italyan vrachi Yuliy Sezar Skaliger orqali 1557-yilda tanishishgan. 
Uni kimyogar sifatida tadqiq qilgan birinchi shaxs esa Antonio de Uluoa ismli kishi bo‘lib, 
uning 1748-yilga oid ilmiy ishlarida platinaning xossalari bayon qilingan. Shunga qaramay, 
1774-yilgacha platina alohida mustaqil kimyoviy element sifatida qayd etilmagan edi.
Platinaning boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmasligi xossasi uni kimyo 
laboratoriyalari uchun benazir moddaga aylantirgan. Sababi, ichida turli reaktivlar 
saqlanadigan kimyoviy laboratoriya idishlarining o‘zining materiali ham ichidagi modda bilan 
reaksiyaga kirishib ketishi avvallari katta muammo sanalardi. Platinadan tayyorlangan 
kimyoviy idishlar, ayniqsa qizdirish moslamalari – tigllar bu muammoni hal qilgan. Agar biror 
moddani juda ham kuchli va qattiq qizdirish kerak bo‘lsa, buni platina tigl vositasida bemalol, 
qo‘rqmasdan bajarish mumkin. Chunki, bunday yuqori haroratda ham ichidagi modda platina 
bilan reaksiyaga kirishib ketmaydi. Chunki, platina 1774 ℃ da eriydi. Shu sababli, uni oqarib 
ketgunicha ham qizdirish mumkin.


140 
Tarkibida erigan kimyoviy moddalarga ega suv orqali elektr toki o‘tkazilsa, odatda tok 
ta’sirida ushbu eritmada kimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bunday o‘zgarishlar asosan 
elektrodlarda, ya’ni, suyuqlikka o‘tkazgich sifatida tushirilgan metall plastinalarda yuzaga 
keladi. Agar, kimyogarlar uchun elektrodlarning kimyoviy o‘zgarishga uchramasligi 
muhimroq bo‘lsa, unda, elektrodni aynan platinadan tayyorlanadi.
Hatto eng faol modda bo‘lgan ftor ham platina bilan ta’sirlasha olmaydi. Ftorning 
platinaga ta’sir ko‘rsatishi uchun g‘oyat yuqori harorat, ya’ni, platina qip-qizil bo‘lib qizarib 
ketadigan darajadagi harorat kerak bo‘ladi. Va hatto shunaqa yuqori haroratda ham ftor va 
platinaning o‘zaro ta’siri juda sust, ya’ni, imillama tarzda kechadi.
Albatta, platinaga ta’sir eta oladigan moddalar tabiatda mavjud. Masalan, spirt platinani 
erita oladi. Kuchli asoslar ham unga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, boshqa ayrim metallar ham 
platina bilan qotishma hosil qila oladi. Shu sababli ham, platinali uskuna yoki idishdan 
foydalanayotgan kimyogar bu haqida doim yodda tutishi lozim. Chunki, platina uskuna yoki 
idishni unga ta’sir qila oladigan moddalar bilan o‘zaro teginib ketishini oldini olish juda 
muhimdir. Sababi, bunda birinchidan, o‘sha idish yoki uskunaning o‘zi rasvo bo‘lib, yaroqsiz 
holga kelsa; ikkinchidan, platina narxiga ko‘ra oltindan ham qimmat turadi va uni qisman 
yo‘qotilishi ham katta iqtisodiy zararga olib keladi. Ishqoriy metallarni eritish uchun platina 
tigldan foydalanish yaramaydi. Buning o‘rniga kumush yoki temir tigl ishlatish kerak bo‘ladi.
Platinaning o‘zi noyob metall ekanligi hamda, uning qimmatbaho narxi tufayli undan 
zargarlik buyumlari tayyorlashda ham foydalaniladi. Odatda, zargarlar platinadan brilliant 
uchun gardish tayyorlashadi. Platina oltinning sariq rangidan xalos qilish uchun unga qotishma 
tarzida kiritsa bo‘ladigan metallardan biridir. Oq tilla deb yuritiladigan bunday oltinning eng 
keng tarqalgan turida 10% nikel va oz miqdorda rux bo‘ladi. Oq tillaning boshqa bir, nisbatan 
qimmatroq turi platinali tilla deyiladi va unda 1/3 qismi oltin, 2/3 qismi esa platina bo‘ladi. Oq 
tilla asosan zargarlik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
Rossiya hududida ilk bora platina aniqlanganida qalbaki tanga pul zarb qiluvchi 
qalloblar undan tilla tangalarning qalbaki nusxasini tayyorlab tarqatishgan. Bunda, platina 
tanganing ustini yupqa tilla qoplamasi bilan qoplab chiqarishgan. Keyinchalik 1830-1840-
yillarda Rossiya platina tangalarni rasman muomalaga ham kiritgan. Lekin, keyinchalik 
platinaning nechog‘lik nodir metall ekani ayon bo‘lib borgach sari, uning narxi ham oshib bordi 
va undan tanga zarb qilishga chek qo‘yildi.
Odatda platina olinadigan rudalardan tashqi ko‘rinishidan unga o‘xshab ketadigan 
boshqa metallar ham topiladi. Platina bilan birga chiqadigan bunday o‘xshash metallar 5 xil 
bo‘lib, bu metallarni umumiylashtirib, platina guruhi metallari deyiladi. Platina bilan birga esa 
guruhdagi umumiy metallar soni oltita bo‘ladi va ularni triada deb nomlanuvchi uchta 
metalldan iborat ikkita alohida guruhchalarga ajratiladi. Har bir triadada element raqamlari 
ketma-ket joylashgan.


141 
Birinchi triada 44, 45 va 46-raqamli elementlar, ya’ni, ruteniy, rodiy va palladiydan 
iborat. Ikkinchi triadaga esa 76, 77 va 78-raqamli elementlar, ya’ni, osmiyiridiy va albatta, 
platinaning o‘zi kiradi. Bularning barchasi deyarli oltin narxida, yoki undan ham qimmat 
turadi.
Agar siz davriy jadvalga e’tibor qaratsangiz, ushbu triadalar yana bir boshqa metallar 
triadasi – temir, kobalt va nikel uchligi ostida joylashganini ko‘rasiz. Albatta, platina guruhi 
metallari temir, kobalt va nikelga unchalik ham o‘xshamaydi. Lekin, ularni mutlaqo o‘zaro 
begona guruhlar deyish ham to‘g‘ri emas. Nikel shaxtalarida odatda platina guruhi metallari 
ham birga chiqadi. Masalan, Kanadadagi nikel konlarida ushbu nodir metallar ham olinadi.
Platina kashf qilinganidan keyingi 70 yil mobaynida uning guruhiga mansub 
metallardan faqat platinaning o‘zigina olimlarga ma’lum edi. Lekin, keyinchalik, 1803-1805 
yillar orasida ushbu guruhga mansub metallardan yana to‘rttasi kashf qilindi. Dastavval ingliz 
kimyogari Uilyam Xayd Vollaston palladiy va rodiyni ochdi. Rodiy yunonchadagi «pushti» 
degan so‘zga asosan nomlangan bo‘lib, sababi, uning ayrim birikmalari aynan shunday rangga 
ega. Palladiyni esa, undan bir necha oy avval kashf qilingan mitti sayyora, Pallada asteroidi 
sharafiga nomlangan. Shu orada, boshqa bir ingliz kimyogari Smitson Tennat pallada 
yombisining spirtdagi eritmasi qoldiqlaridan yana ikkita yangi metallni kashf etdi. Metallardan 
biriga Tennat yunonchada «hid» ma’nosini beruvchi osmiy degan nomni bergan. Chunki, 
uning kislorod bilan birikmasi, ya’ni, osmiy tetraoksidi o‘tkir qo‘lansa hidga ega bo‘ladi. 
Ushbu modda sassiq bo‘lishi bilan birga odam uchun zaharli hamdir. Tennat kashf qilgan 
ikkinchi metall iridiy bo‘lgan. Uning nomi lotinchada «kamalak» ma’nosini beradi. Sababi, 
iridiyning turli birikmalari juda xilma-xil ranglar jilosiga ega bo‘ladi. Masalan, uning yashil, 
qizil va binafsharang birikmalari mavjud.
Faqat tabiatan asl bo‘lak yombi holidagi platina tarkibida uchraydigan ruteniy bir 
muddat kimyogarlar ko‘zidan pana qolib, kashf etilishi ancha kechikib qolgan edi. Platina 
guruhi metallari ichida eng kamyobi bo‘lmish ruteniyni vanihoyat 1844-yilda Sankt-
Peterburgdagi tanga zarb qilish korxonasida Uraldan keltirilgan tabiiy platina bo‘laklari 
tarkibidan kimyogar K. Klaus ajratib olgan. Unga Rossiyaning qadimgi nomiga muvofiq 
shunday nom berilgan.
Osmiy va iridiy metallari platinaning spirtda erishidan qoldiq shaklida kashf 
qilinganidan xulosa qilinsa ayon bo‘ladiki, ushbu metallarga spirt ta’sir qilmas ekan. Demak, 
ular hatto platinadan ham aslzodaroq bo‘lib chiqmoqda . Rodiy va ruteniyning ham 


142 
platinadan ham afzal jihatlari bor. Rodiydan tayyorlangan qizdirish uskunalari platina bardosh 
bera olmaydigan yuqori haroratlarga ham chidamli bo‘ladi. Lekin, palladiy ham xuddi platina 
singari spirtda eriydi. Bular ichida eng nodiri – iridiy deyish mumkin.
Yirik projektorlarning akslantirgich ko‘zgularining kumush qoplamasi ustidan yupqa 
rodiy qatlami yotqiziladi. Shunday qilinsa, bunday akslantirgich ko‘zgularga oltingugurt va 
uning birikmalari ta’sir qila olmay qoladi va u xiralashmasdan, doim yarqiroq saqlanadi.
Osmiy va iridiy platinadan ko‘ra pishiq va qattiq metallardir. Sof platina ancha 
yumshoq va egiluvchan bo‘lib, undan hatto kimyo laboratoriyalarida ham foydalanish 
birmuncha noqulay. Shu sababli, sof platinaning o‘zidan kamdan-kam foydalaniladi. Unga 
atiga 10% iridiy qo‘shib qotishma hosil qilinsa, olingan metall juda pishiq va mustahkam 
bo‘ladi.
Platinaning bu kabi iridiy bilan qotishmasi o‘ta barqaror va mustahkam metall bo‘lgani 
sababli, undan o‘lchov etalonlari tayyorlashda foydalaniladi. Masalan, butun dunyo bo‘yicha 
qo‘llaniladigan kilogramm etaloni aynan platina-iridiy qotishmasidan tayyorlangan. Biz bozor 
va do‘konlarda ishlatadigan qadoqtoshlarning barcha-barchasi Parijda saqlanadigan shunday 
etalon toshga qiyosan tayyorlanadi. Metrning avvalgi qoidasi va ta’rifi ham aynan shunday 
qotishmadan tayyorlangan etalonga asoslangan edi. Lekin, keyinchalik, aniqrog‘i 1983-yildan 
e’tiboran metrning etalonidan voz kechildi va uning o‘rniga, metrning yorug‘lik tezligiga 
asoslangan boshqa yanada aniqroq qoidasi ishlab chiqildi.
Osmiy va iridiyning qotishmasi osmiridium deyiladi. Osmiridium tabiiy holda ham 
uchraydigan qotishma bo‘lib, uning tarkibida platina guruhidagi boshqa metallarni ham kam 
miqdorda uchratish mumkin. Bu qotishma qattiqligi jihatdan eng yaxshi metallar sirasiga 
kiradi. Shu sababli, undan aynan qattiqlik talab qilinadigan o‘rinlarda, xususan, avtoruchka 
uchun pero tayyorlashda va grammofon ignalarini yasashda foydalaniladi.
Platina guruhi metallari unchalik ham yaxshi o‘tkazgich emas. Ularning 
o‘tkazuvchanligi mis yoki kumushnikidan olti marta past. Lekin, bunday xossaning ham afzal 
taraflari bor. Yomon o‘tkazgichlardan tok o‘tganida ular kuchli qiziydi. Agar bunday 
o‘tkazgich juda ingichka sim shaklida bo‘lsa, undan tok o‘tishi tufayli u kuchli qizib, oqarib 
ham ketadi va o‘zidan yorug‘lik tarata boshlaydi. Shu sababli, bir paytlar cho‘g‘lanma 
lampalarda osmiy metallidan foydalanilgan ham edi. Platina guruhi metallari ichida eng yuqori 
erish harorati aynan osmiyga tegishli bo‘lib, buning uchun 2750 ℃ daraja talab etiladi.
Platina guruhi metallari og‘ir vazni bilan ham yaqqol ajralib turadi. Ruteniy, palladiy 
va rodiy kumushdan og‘ir bo‘ladi. Osmiy, iridiy va platina oltindan og‘irroq bo‘ladi. Umuman 
olganda, bu metallar eng og‘ir metallardir. 
Platina oltindan ko‘ra % ga og‘irroq bo‘ladi. Agar g‘isht kattaligidan oltin taxminan 20 
kg tosh bosishini eslasangiz, xuddi shu o‘lchamdagi platina 22 kg keladi. Iridiy va osmiy 
bundan ham og‘irroq bo‘ladi. G‘isht kattaligidagi iridiy va osmiyning vazni 23 kg va undan 
yuqoriroq bo‘ladi. Ushbu ikki metall fanga ma’lum moddalar ichida eng og‘ir moddalar 
sanaladi.


143 
Platina mavjud sharoitda, ya’ni, platina huzurida vodorod xona haroratida ham kislorod 
bilan birika boshlaydi va ko‘plab organik birikmalar tarkibiga kirib keladi. Shuningdek, platina 
huzurida kislorod oltingugurt dioksid bilan birikib oltingugurt gazi hosil qiladi. Bu oltingugurt 
kislotasi olishning eng muhim bosqichlaridan biri sanaladi. Sezganingizdek, platina – muhim 
katalizator sifatida xizmat qiladi. 
Mayda bo‘lak-bo‘lak zarralar shaklida esa platinaning katalizatorlik samaradorligi 
yanada ortadi. Kukun holiga keltirilgan platina qoramtir tusga kiradi. Bunday kukunni platina 
qorasi deyiladi. Bunday qimmatbaho modda bilan ishlashni osonroq qilish uchun, uni 
asbestdan tayyorlangan inert qoplamaga joylashtiriladi. Platinalashtirilgan asbest ko‘plab 
kimyoviy ishlab chiqarishlarda katalizator sifatida qo‘llanadi. Shunda, odatda juda uzoq 
muddat boradigan kimyoviy reaksiyalar tezligi ortib, samaradorligi bir necha hissa kuchayadi.
Lekin, platinaning sanoatda keng qo‘llanishiga to‘g‘anoq bo‘ladigan yagona 
muammosi – uning narxi o‘ta qimmat ekanidir. Shu sababli, platina o‘rniga u darajada 
samarador bo‘lmasa-da, lekin, unga yaqin xizmat qila oladigan arzonroq metallardan 
foydalaniladi.
Vodorod ishtirok etadigan reaksiyalarda shuningdek palladiy ham juda yaxshi 
katalizator bo‘la oladi. Palladiyning vodorodni o‘ziga singdirishini kuzatish juda qiziq. Oddiy 
sharoitda bir birlik hajmga ega palladiy bo‘lagi o‘zining hajmidan 500 barobar ko‘p hajm 
vodorodni absorbsiyalashi mumkin. Yuqori haroratlarda esa ushbu yutish hajmi yanada ortadi. 
Tabiiyki, bunda palladiy bo‘lagining o‘zining hajmi ham ortadi. Platina guruhining boshqa 
metallari ham vodorodni absorbsiyalash xossasiga ega. Lekin, ular ichida bu ishni baribir eng 
yaxshi uddalaydigani aynan palladiy bo‘ladi.
Palladiy ham platina singari zargarlikda ham ishlatiladi. 0,9 qismi palladiy va 0,1 qismi 
oltindan iborat palladiyli tilla ham oq tilla turiga mansub bo‘ladi.

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling