Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

asos modda bo‘lib, u bo‘yoq tayyorlashda pigment sifatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin 
karbonatining molekulasi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, tarkibida uchta qo‘rg‘oshin, ikkita 
uglerod, ikkita vodorod, hamda, sakkizta kislorod atomlari mavjud bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin 
karbonatini zig‘ir moyi bilan aralashtirish orqali, oppoq, toza oq bo‘yoq olinadi. Lekin, bunday 
oq bo‘yoq uzoq saqlanishi uchun, joyning havosi toza bo‘lishi kerak, yoki, bo‘yalgan material 
suvda turishi kerak. Biroq, hozirgi kunda yirik shaharlar havosini toza deb bo‘lmaydi. Shahar 
havosida hozirda odatda oltingugurt birikmalari mavjud. Bunday birikmalar sanoat chiqindilari 
va asosan, ko‘mir yoqilishi evaziga atmosferada paydo bo‘ladi va havoni ifloslantiradi. Havo 
tarkibidagi oltingugurt birikmalari oq qo‘rg‘oshindan tayyorlangan bo‘yoq bilan reaksiyaga 
kirishadi va qo‘rg‘oshin sulfidi hosil qiladi. Uning molekulasida bir atom qo‘rg‘oshin va bir 
atom oltingugurt mavjud bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin sulfidi esa tabiatan qora rangda bo‘ladi va u 
bo‘yoqqa o‘tirib, oq rangni xiralashtirib boradi. Oqibatda, bo‘yalgan yuzaning sifati buziladi.
Qo‘rg‘oshin sulfidi qo‘rg‘oshin metalliga eng boy bo‘lgan galenit rudasining asosini 
tashkil qiladi. Aslida qo‘rg‘oshin ham qalay singari kamyob metall. Lekin, qo‘rg‘oshin 
rudalarining yer yuzi bo‘ylab nisbatan tekis tarqalganligi va boy rudalarni deyarli har bir 
mamlakatda aniqlanganligi, qo‘rg‘oshinni qalaydan ko‘ra arzon bo‘lishini ta’minlagan. Qalay 
koni esa, markazlashgan holda, ma’lum hududlardagina mavjud bo‘ladi.
Yuqorida aytilgan muammo, ya’ni, oltingugurt ta’sirida xiralashib qolishi – 
qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlarning eng asosiy muammolaridan biridir. Qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlarning 
boshqa bir o‘tkir muammosi – ularning zaharliligidadir. Rang-tasvir san’ati ustalari bo‘lgan 
rassomlar uzoq yillar mobaynida qo‘rg‘oshinli bo‘yoqlar bilan ishlayverib, ushbu metalldan 
eng ko‘p zaharlanadigan kasbiy toifaga mansub bo‘lib qolishadi. Qo‘rg‘oshindan zaharlanish 
– rassomlar uchun kasbiy kasallik sanaladi.


148 
Oq qo‘rg‘oshin, ya’ni, qo‘rg‘oshin karbonati oq pigment berishi va oq bo‘yoq 
tayyorlashda ishlatilishini aytib o‘tdik. Rassomlar qo‘rg‘oshindan muttasil zaharlanishlari 
uchun oq bo‘yoqning o‘zi kamlik qilgan bo‘lardi. Chunki, oq bo‘yoq rassomchilikda eng kam 
qo‘llaniladigan bo‘yoqlardan biri va oq rangni rassomlar asosan qog‘ozning o‘zini ochiq 
qoldirib ham ifodalashlari mumkin, to‘g‘rimi? Unda nega qo‘rg‘oshin rassomlarga bunchalik 
o‘tkir ta’sir qiladi? Gap shundaki, nafaqat oq bo‘yoq, balki, boshqa rangli bo‘yoqlar tayyorlash 
uchun ham qo‘rg‘oshin asosidagi pigmentlardan keng foydalaniladi. Masalan, qo‘rg‘oshinning 
qizil oksidi, yoki, qizil qo‘rg‘oshinni bo‘yoq tayyorlash ustalari surik deb yuritishadi. Bu 
birikma pishiq g‘ishtning rangiga o‘xshash qizg‘ish rangda bo‘lib, uning molekulasi uch atom 
qo‘rg‘oshin, hamda, to‘rt atom kisloroddan iborat bo‘ladi. Qizil qo‘rg‘oshindan metallarni 
bo‘yashda dastlabki himoya qatlamini hosil qilish uchun (uni ustalar guruntlash deyishadi) 
surtiladigan bo‘yoq tayyorlanadi. Qo‘rg‘oshinning yana bir foydali birikmasi qo‘rg‘oshin 
tetraetili bo‘lib, uning molekulasida bitta qo‘rg‘oshin atomi to‘rtta uglevodorod molekulalari 
b birikkan bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin tetraetili benzinga qo‘shiladi. Bunday benzin etillangan benzin 
deyiladi. Etillash orqali benzin bug‘larining dvigatel silindrlari ichida muddatidan avval 
yonishi oldi olinadi. Ya’ni, detonatsiya ko‘rsatkichi yaxshilanadi. Bunday benzinda 
dvigatelning quvvati ham biroz bo‘lsa-da, ortadi.
Lekin, benzinga qo‘rg‘oshin tetraetili qo‘shilishi boshqa nojo‘ya ta’sirga sabab bo‘ladi. 
Ya’ni, etillangan benzin yonganda, dvigatelning ichki devorlarida qo‘rg‘oshin bug‘lari 
yopishib qoladi va keyin qurum sifatida qotib, yig‘ilib, dvigatelni ishdan chiqaradi. Bunday 
nojo‘ya ta’sirni oldini olish uchun esa, etillangan benzinga yana shuningdek tarkibida brom 
tutuvchi maxsus organik birikmalar qo‘shiladi. Bunday benzin yonganida brom va qo‘rg‘oshin 
o‘zaro birikadi va qo‘rg‘oshin bromidi hosil qiladi. Qo‘rg‘oshin bromidi molekulasida bitta 
qo‘rg‘oshin va ikkita brom atomlari mavjud bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin bromidi 900 °C da qaynashga 
uchraydi. Bunday harorat esa ichki yonuv dvigatelida bemalol yuzaga keladi. Natijada, 
qo‘rg‘oshin bromidi bug‘lanib, tutun gazlari bilan birgalikda tashqariga chiqib ketadi. Shu 
tarzda, qo‘rg‘oshin atomlaridan foydalanib, keyin esa ularning zararidan himoyalanadi.
Qo‘rg‘oshin nafaqat benzin tarkibida, balki yana bir muhim joydagi xizmati bilan 
avtomobil egalariga yaxshi tanish. Avtomobillarda qo‘llaniladigan akkumulyatorlarda va 
boshqa qator maishiy akkumulyatorlarda ham qo‘rg‘oshin dioksididan tayyorlangan plastinalar 
qo‘llanadi. Ushbu birikma molekulasida bitta qo‘rg‘oshin va ikkita kislorod atomi mavjud 
bo‘ladi. Akkumulyator ichida qo‘rg‘oshin dioksidi kuchli oltingugurt kislotasiga botirilgan 
bo‘ladi. Akkumulyator elektr tokini uzatayotganida qo‘rg‘oshin va qo‘rg‘oshin dioksidi 
oltingugurt kislotasi bilan ta’sirlashib, birika boshlaydi va qo‘rg‘oshin sulfati hosil qiladi. 
Qo‘rg‘oshin sulfatida bir atom qo‘rg‘oshin va bir atom oltingugurt, hamda, to‘rt atom kislorod 
mavjud bo‘ladi. Bunday akkumulyator zaryad olayotganida, qo‘rg‘oshin sulfati qaytadan 
qo‘rg‘oshinga va qo‘rg‘oshin dioksidiga aylanadi. Akkumulyatorlardagi qo‘rg‘oshinga 9% 
miqdorda surma qo‘shiladi. Hozircha, qo‘rg‘oshin va surma birgalikda qo‘llanayotgan yagona 
soha bu aynan akkumulyator batareyalaridir.

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling