Koinotning qurilish ashyolari


  XVIII-BOB: QALAY VA QO‘RG‘OSHIN


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

 


144 
XVIII-BOB: QALAY VA QO‘RG‘OSHIN
Uglerod va kremniy – ikkalasi ham 
metallmaslar 
vakillaridir. 
Lekin, 
davriy 
jadvalda 
ularning 
ostida 
uchta 
metall 
joylashgan. Ularning dastlabki ikkitasi bizga 
juda yaxshi tanish bo‘lgan metallardir. Chunki, 
ushbu metallar insoniyatga juda qadimdan 
ma’lum bo‘lib, ularning biri – davriy jadvalda 
50-raqamli kimyoviy element – qalay bo‘lsa, 
ikkinchisi – 82-raqamli element qo‘rg‘oshin 
elementidir. 
Bi ikki metallarning inson tomonidan 
ishlov berilgan eng qadimgi namunalari 
eramizdan avvalgi 3000-ming yillikka oid 
arxeologik topilmalardan aniqlangan. Qalay va 
qo‘rg‘oshin haqidagi ma’lumotlar eng qadimgi 
madaniyatlarga 
oid 
qo‘lyozmalarda 
va 
chunonchi diniy kitoblarda ham uchraydi. 
Xususan, nasroniylarning muqaddas kitobi 
Injilda qalay haqida gap ketgan jumlalar 
mavjud.
Qalayning eng dastlabki qo‘llash 
sohalaridan biri bi – bronza ishlab chiqarilishi 
bo‘lgan. Ma’lumingizkim, bronza juda uzoq 
asrlar mobaynida insoniyatga ma’lum eng 
qattiq metall qotishma sifatida xizmat qilgan. 
Finikiyaliklarning O‘rta Yer dengizi bo‘ylab 
g‘arga tomon suzib, uzoq orollarda qalay 
rudalarini tashib keltirganliklari haqida tarixiy faktlar mavjud. O‘sha zamonlarda Finikiyaliklar 
qalay rudasi keltirilayotgan orollarning joylashuvini hammadan sir tutishgan. Chunki, ular 
keltirilgan qalaydan turli buyumlar tayyorlab qimmat narxlarda pullashgan. Shu sababli, qalay 
orollarining siri maxfiy tutilishidan ular manfaatdor bo‘lishgan. Hozirda esa, Finikiyaliklar sir 
saqlagan o‘sha orollar Angliyaning shimoliy-g‘arbidagi Kornuoll orollari bo‘lganini yaxshi 
bilamiz.
Kornuoll orollarida hali hanuzgacha qalay dioksidi ko‘rinishidagi qalay rudasini 
uchratish mumkin. Qalay dioksidi molekulasi tarkibida bitta qalay va ikkita kislorod atomi 
bo‘ladi. Qalay dioksididan tarkib topgan rudani kassiterit yoki, qalay toshi deyiladi. Qalay 
dioksidini tarkibidagi yana bir qancha mayda aralashmalardan tozalagan holda, glazurga 
qo‘shiladi va shu tarzda oq rangli emal olinadi. Shu tarzda, shaffof emalni shaffofligidan 
mosuvo qilinish bois, texnologlar qalay dioksidini «bo‘g‘uvchi» deb atashadi.


145 
Dastavval Finikiyaliklar tomonidan o‘zlashtirilgan Kornuoll shaxtalari hozirda deyarli 
bo‘shab qolgan va u joydan qalay izlash endilikda ma’noga ega emas. Zamonamizda qalay 
olinadigan asosiy boy konlar Malakka yarim orolida, asosan Malayziya davlati hududida 
joylashgan. Shuningdek, Boliviyada ham anchagina boy qalay rudalari mavjud.
XX-asrning yarmigacha bo‘lgan vaqtlarda qalaydan asosan konserva bankalarini 
tayyorlash juda ommalashgan edi. II-jahon urushi yillarida Yaponiya tomonidan Malakka 
yarimorolini bosib olinishi natijasida, Yevropa va Amerikaga qalay yetkazib berilishi katta 
muammoga aylangan edi. Natijada, AQSHda konserva mahsulotlarini tayyorlash sanoati oqsab 
qolgan. Oqibatda esa, mamlakat fuqarolar ichida g‘alati-g‘alati majburiyatlarni joriy qilgan. 
Chunonchi, odamlar yangi konserva mahsuloti sotib olishdan avval do‘konga shu kabi 
konserva mahsulotining bo‘shagan idishini topshirishlari shart bo‘lgan.
Qalay xuddi qadimda bo‘lganidek, hozirda ham bronza ishlab chiqarilishida keng 
qo‘llanilmoqda. Lekin, endilikda bu qalayning eng asosiy qo‘llash sohasi emas. Hozirda bronza 
ishlab chiqarilishida qalaydan ko‘ra nisbatan arzonroq bo‘lgan alyuminiy metallidan 
foydalanilmoqda. Alyuminiyli bronza ham, qalayli bronzaga qo‘yiladigan barcha talablarga 
javob bera oladi.
Qalayning eng muhim ijobiy xossalaridan biri bu unga suv va kislorodning, hamda, 
kuchsiz kislotalarning ta’sir qila olmasligidir. Boz ustiga, qalayni oson ishlov berish va 
sayqallash mumkin. Shu sababli ham oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan idishlar va ayniqsa 
konserva bankalari aynan qalaydan tayyorlangan. Oziq-ovqat mahsulotlarida muayyan 
miqdorda suv va kuchsiz kislotalar doimo mavjud bo‘ladi. Bu esa boshqa metallar bilan 
ta’sirlashganda, oziq-ovqatning sifati buzilishiga va aynishiga olib keladi. Qalay esa bunday 
qilmaydi. Albatta, konserva bankalari to‘liq 100% qalaydan yasalmaydi. Aksincha, ularning 
o‘zagi po‘latdan tayyorlanadi va faqat sirtigagina qalay qoplanadi. Shu sababli, ko‘p 
mamlakatlarda konserva bankasini shunchaki «qalay bankasi» deb ham atashadi. Lekin, bu 
nom unchalik ham to‘g‘ri emas. Chunki, aytganimizdek, qalay bu konserva idishining sirtidagi 
yupqa qatlamni tashkil qiladi xolos. Chunki, birinchidan sof qalay ancha qimmat turadi (jahon 
bozorida qalayning narxi mis narxidan o‘rtacha uch barobar qimmat yuradi); qolaversa, 
ikkinchidan, sof qalay juda yumshoq metall bo‘lib, u juda oson egilib, bukilib ketadi.
Qalayning qovushqoqligi undan o‘tkazgich simlar tayyorlash imkonini bermaydi. 
Biroq, qalay yetarlicha yumshoq va oson ishlov beriladigan metall bo‘lgani uchun, undan 
yupqa qalay folgasi (qalay zarqog‘ozi) tayyorlash mumkin. Yuqorida aytilganidek, qalay oziq-
ovqat mahsulotlarini aynitmaydi. Chunki, u yetarlicha inert moddadir. Ayni shu nuqtai-
nazardan avvallari qalay zarqog‘ozi bilan shokolad va konfetlarni o‘rab, keyin qadoqlashar edi. 
biroq, bu tarzdagi qadoqlash konfetning narxini keskin oshib ketishiga olib kelardi. 
Keyinchalik, qandlarni qalay emas, balki alyuminiydan tayyorlangan zarqog‘ozga o‘rashni 
yo‘lga qo‘yildi va konfet narxi yana pasaydi. Hozirda hatto ishlab chiqarishda ham imkoni 
boricha kamroq qalay qo‘llash masalalari o‘rtaga chiqqan bo‘lib, uni o‘rnini bosuvchi boshqa 
moddalar, xususan, alyuminiydan foydalanish ommalashmoqda.


146 
Muayyan sharoitlarda qalay o‘zining uglerod va kremniy bilan qarindoshlik belgilarini 
namoyon qiladi. 18 °C past haroratlarda, oq qalay deb nomlanadigan hammamizga yaxshi 
tanish oddiy metall qalay, o‘zining kulrang qalay deb nomlanadigan allotropik shakliga o‘tadi. 
Kulrang qalay esa, endi metall emas, balki, metallmas bo‘lib, u uglerod va kremniy bilan 
muayyan o‘xshashliklarga ega. Kulrang qalay yaxlit holda barqaror tura olmaydi va tezlik bilan 
kukun shakliga o‘tadi. Agar bunda harorat o‘zgarishlari o‘ta keskin bo‘lmasa, oq qalayning 
kulrang qalayga aylanishi va kukunlanishi jarayoni ham asta-sekinlik bilan, sust rivojlanib 
boradi. Qishi qattiq keladigan shimoliy shaharlarda, xususan, Sankt-Peterburg, Nom, 
Murmansk singari joylarda qalaydan yasalgan buyumlarning uqalanib ketgani haqida 
ma’lumotlar mavjud. Avvallari, qalayning bu kabi allotropiyasidan bexabar kishilar, mazkur 
hodisani turlicha talqin qilib, «qalay qarg‘ishi», «qalay kasali» va hatto «qalay vabosi» deb 
ham atashar edi. Lekin, aslida ushbu hodisada hech qanday g‘ayritabiiylik yo‘q va aksincha, u 
mutlaqo tabiiy jarayondir.
Qalayning yana bir xususiyati shundaki, agar yupqa qalay bo‘lagini egib, buklashga 
harakat qilinsa, undan g‘irchillagan o‘ziga xos tovush chiqadi. Buning sababi, qalayning mayda 
kristalllarining bir-biriga ishqalanishi tufaylidir. Ba’zilar qalayning shunday g‘irchillagan 
ovozini «qalay yig‘isi» deb ham ataydilar.
Qo‘rg‘oshin ham, juda qadimdan ma’lum metallardan biridir. Qadimgi Rimliklar 
qo‘rg‘oshindan suv uchun idishlar, suv quvurlari va kanalizatsiya trubalari tayyorlashgan. 
O‘sha zamonlarda rimliklar tilida qo‘rg‘oshinni plumbum deyilgan. Lotin tilidagi ushbu nom 
keyinchalik aksariyat Yevropa tillariga ommalashib ketgan va odamlar suv quvurlari hamda, 
kanalizatsiya trubalari bilan bog‘liq ishlarni hammasini qo‘rg‘oshin bilan uzviy bog‘liqlikda 
tasavvur qiladigan bo‘lib ketishgan. Chunonchi, garchi, hozirda hech qayerda suv quvurlari va 
kanalizatsiya trubalarini qo‘rg‘oshindan qilinmayotgan bo‘lsa-da, ingliz tilida hozirda ham suv 
quvurlari va kanalizatsiya trubalarini sozlovchi santexnik ishchilarni «plumber», ya’ni, 
«qo‘rg‘oshinchi» deb yuritiladi. Vaholanki, butun dunyo allaqachon polivinilxlorid plastik 
trubalarga o‘tib bo‘ldi.
Qo‘rg‘oshinni qadimgi rim davridayoq quvurlar va suv idishlari tayyorlash uchun keng 
qo‘llanilishiga sabab, uning qator afzallik sifatlari bo‘lgan.
Birinchidan, qo‘rg‘oshin yumshoq metall bo‘lib, uni quvur shaklida bukish uchun 
maxsus dastgohlar shart emas. Qo‘rg‘oshin shunday yumshoq metallki, uni shunchaki tirnoq 
bilan ham ezish mumkin. Rimliklar davrida odamlar hali grafit haqida bilishmasdi va yumshoq 
qo‘rg‘oshindan qalamchalar yasab, uning yordamida yozuv-chizuv ishlarini ham bajarishgan. 
Shu sababga ko‘ra, hozirgi Yevropa tillarida hali hanuz oddiy qalamni ham qo‘rg‘oshin deb 
yuritish an’anasi uchrab turadi. Grafit odamlarga ma’lum bo‘lib, qalamni grafitdan tayyorlash 
endi-endi ommalashayotgan paytlarda yozuv-chizuv bilan ko‘p shug‘ullanadigan kishilar hali-
beri qo‘rg‘oshin bilan yozishar edi. Ular qo‘rg‘oshinli qalamni shunchaki «qo‘rg‘oshin» 
(plumbago) deb ataganliklari sababli, grafitli qalamni ham aynan shunday nomlashda davom 
etishgan. Shunga ko‘ra, eski adabiyotlarda grafitni plumbago deb nomlash odatiy hol edi. 
Yaxshiki, hozirda bunday chalkashlik tobora unutilib, grafit o‘z nomi bilan, qo‘rg‘oshin o‘z 
nomi bilan atalmoqda.


147 
Ikkinchidan, qo‘rg‘oshin ishqoriyligi nisbatan past bo‘lgan ichimlik suvi bilan o‘zaro 
ta’sirlashmaydi va shu sababli bunday idishda suv saqlashda idish uzoq muddat xizmat qiladi. 
Italiyada qadimgi Rim davrida yotqizilgan qo‘rg‘oshinli suv quvurlaridan hali-hanuz 
foydalanilayotgan joylar mavjud. Agar qo‘rg‘oshinga oz miqdorda tellur qo‘shib qotishma 
hosil qilinsa, bunday qotishmadan tayyorlangan buyum korroziyaga to‘liq chidamli bo‘ladi. 
Lekin, qo‘rg‘oshinning bitta juda yomon xususiyati mavjud: agar qo‘rg‘oshindan tayyorlangan 
idishda saqlanayotgan, yoki, shunday quvurda oqayotgan suvning kislotalilik darajasi salgina 
baland bo‘lsa ham, bunday suv ta’sirida oz-oz bo‘lsada, qo‘rg‘oshin birikmalari erib suvga 
aralashib keta boshlaydi. Bunday qo‘rg‘oshin birikmalari zaharli bo‘lib, atiga 30 gramm 
qo‘rg‘oshindan 95000 litr suv zaharlanadi va yaroqsiz holga keladi.
Organizmga tushgan qo‘rg‘oshin suyaklarda yig‘ila boshlaydi va o‘rnashgan joyida 
qolib ketadi. Qo‘rg‘oshinning organizmda chiqib ketishi favqulodda darajada sekin kechadi. 
Shu sababli, agar suvda erigan qo‘rg‘oshin birikmalarining dozasi darhol zaharlanish uchun 
yetarli bo‘lmagan taqdirda ham, lekin u organizmda yillar mobaynida to‘planib borishi va 
keyinchalik o‘z «hunari»ni ko‘rsatishi mumkin. Boshqacha aytganda, qo‘rg‘oshin bilan 
zaharlanish jarayoni kumulyativ xarakterga ega. 
Hozirgi kunda qo‘rg‘oshinni qo‘llashning nisbatan keng tarqalgan sohasi bu – bo‘yoq 
tayyorlash texnologiyalaridir. Odatda oq qo‘rg‘oshin deb yuritiladigan qo‘rg‘oshin karbonati 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling