9 -ma’ruza: Sanoat binolarining eshik va derazalari. Reja
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq9- маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Sanoat binolarini eshik va darvozalari.
9 -ma’ruza: Sanoat binolarining eshik va derazalari. Reja: 1.Sanoat binolarini eshik va darvozalari. 2.Sanoat binolarining derazalari. Фан ўқ: Э.Т.Ашуров Sanoat korxonasiga transport vositalarini kiritish, jihozlarni ko‘chirish va ko‘plab odamlaming kirib-chiqishi uchun darvozalar o‘rnatiladi. Ularning o‘lchamlari texnologik jarayon va birxillashtirish talablaridan kelib chiqadi. Darvozalar o‘lchamlari elektr aravacha va eni 2 m, balandligi 2,4 m gacha bo‘lgan vagoncha hamda turli yuk ko‘tarish qo- biliyatiga ega avtomashinalar uchun - 3x3. 4x3 va 4x3,6 m; tor izii temiryo‘l transporti uchun - 4,7x5,6 m qabul qilinadi. Samolyotsozlik va shunga o‘xshash _ h) korxonalar uchun ular katta o‘lchamlarda loyihalanadi. 1.Sanoat binolarini eshik va darvozalari. Ochilishi bo‘yicha ochiluvchi, surilib ochiluvchi, tavaqali, ko‘tariluvchi, parda, ko‘p tavaqali g‘ildirakli darvozalar mavjud. Darvoza tavaqalari yog‘ochdan, po‘lat karkasi bo‘lgan yog‘ochdan va po‘latdan tayyorlanadi. Ular isitilgan, isitilmagan, sovuq, eshik- chasiz va eshikchali bo‘lishi mumkin. Darvozalar tavaqalari qo‘lda yoki mexanizmlar yordamida ochiladi. Lang ochiluvchi darvozalar amaliyotda keng qo‘llaniladi. Agar darvoza kichik bo‘lsa, yog‘ochdan tayyorlanadi. Agar uning bo‘yi va eni 3 m dan ko‘p bo‘lsa po‘lat karkas tayyorlanib, ichi yog‘ochdan bajariladi. Darvozaning yog‘ochli tavaqasi ulama, bir yoki bir necha o‘zak va qalinligi 25 mm bo‘lgan tishli taxta bilan to‘lg‘izilgan tashkil topgan. Tavaqaning bikrligini oshirish uchun karkas elementlari uchrashgan burchaklarga metalli yopqich (nakladka), osilmasligi uchun esa aylana po‘latdan diagonal tortmalar o‘rnatiladi. Darvoza tavaqalari ikki juft sharnirlar yordamida o‘rnatilish joyiga halqalangan chorcho‘pga osiladi. Ramalar temirbetondan, po‘latdan yoki yog‘ochdan tayyorlanishi mumkin. Birinchisi qurilish amaliyotida keng tarqalgan. Lang ochiluvchi darvozalar, odatda ko‘cha eshigi bilan tayyorlanadi. Darvoza o‘lchamlari kattalashsa, lang ochiluvchi echim noma’qul bo‘lib qoladi. Bunday hollarda surilib ochiluvchi darvozalardan foydalanishadi. Bunday darvozalarning ustida rels o‘rnatiladi va shunga u g‘ildiragi bilan osiladi. G‘ildiraklarning harakatlanishi tufayli darvoza ochilib-yopiladi. Tavaqali, ko‘p tavaqali ko‘tariluvchi, pardali, ko‘tariluvchi- aylanuvchi darvozalar xonalar maydoni tor bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi. Parda darvoza uning ustida o‘rnatiladigan barabanga o‘ralgan sharnirli bog‘langan past elementlardan iborat tavaqalardan tashkil topadi. Sanoat binolarida ishlatiladigan eshiklarning konstruksiyasi aks ettirilgan. Fuqaro binolarida foydalanadigan eshiklar konstruksiyasidan farq qilmaydi. Shuning uchun bu bo‘limda eshiklar haqida ma’lumotlar takrorlanmagan. Ishlab chiqarish binolari derazasi turlarini va o‘lchamlarini tanlash katta ahamiyatga ega bo‘lib, bunda bino ichini etarli yoritilganligi va shamollatish, ishchilarni mehnat unumdorligini, hamda mahsulot sifatini oshirishga, mehnat travmasini kamaytirishga olib keladi. Deraza o‘rnini to‘ldiruvchi konstruksiyalarni yog‘ochdan, temirbetondan, po‘latdan, engil quymalardan, plastmassadan, zichlashtirilgan materiallardan va shisha bloklardan tayyorlanadi. Deraza konstruksiyasi quti, tabaqa oyna va deraza osti taxtasidan iborat bo‘ladi. Oynalar qavati odatda bir qavatli bo‘lib, havo hisobiy sovuqligi – 30 0 S va undan past bo‘lganda ikki qavatli qilinib olinadi. Deraza o‘rni nominal o‘lchami eniga 300 va 600mm dan, bo‘yicha esa 600 mm dan oshib boradi. Namuna qilib belgilangan ashyolardan ishlangan derazalarning kengligi 6,0: 4,8: 3,0: 2,4: 2,0 va 1,8m balandligi 0,6: 1,2: 1,8 va 2,4m qilib olinadi. Alyuminiy qotishmasidan qilingan deraza nominal kengligi 3 va 2m, balandligi esa 1,2: 1,8: 2,4 va 3m qilib olinadi. Yog‘ochdan ishlangan derazalarda bu kattalik 1,5: 2,7: 3 va 4,5m balandligi 1,2 va 1,8m teng bo‘ladi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling