Qoplag‘ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlarning yelpig‘ichi yumshoq va g‘ovak bo‘ladi; 2-tartib o‘siq chalari bo‘lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo‘ladi. Parlarning o‘zagi juda kalta, o‘siqchalari uning uchida mo‘yqalam singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar tullaganida ularning eski patlari to‘kilib, o‘rniga yangi patlari hosil bo‘ladi. - Qoplag‘ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlarning yelpig‘ichi yumshoq va g‘ovak bo‘ladi; 2-tartib o‘siq chalari bo‘lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo‘ladi. Parlarning o‘zagi juda kalta, o‘siqchalari uning uchida mo‘yqalam singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar tullaganida ularning eski patlari to‘kilib, o‘rniga yangi patlari hosil bo‘ladi.
- Qushlar terisida bezlar rivojlanmagan; faqat suv qushlarining dumi asosida dumg‘aza bezi bo‘ladi. Qush tumshug‘i bilan bu bezdan yog‘simon suyuqlikni siqib chiqarib, patlariga surkab turadi. Yog‘ patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi. Suvda suzadigan qushlarning yog‘langan patlari suv yuqtirmaydigan bo‘ladi. Qushlarning patsiz oyoq iligi terisidagi mayda tangachalar sudralib yuruvchilar terisidagi muguz tangachalarga o‘xshaydi. Ularning patlari, tumshug‘i, tirnoqlari ham muguzdan iborat.
Xulosa - Koʻk kaptar, yovvoyi kaptar (Columba livia) — kaptarsimonlar turkumiga mansub qushlarning bir turi; barcha xonaki kaptar zotlarining nasl boshi. Tumshugʻining qoraligi, qanotida qora yoʻllar koʻpligi, dumida oq yoʻllar boʻlmasligi bilan boshqa kaptarlardan ajralib turadi. Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda choʻl va dashtlardan tortib baland qorli choʻqqilargacha, shuningdek, shaharlarda tarqalgan. Oʻtroq qush, gala boʻlib yashaydi. Monogam, nari ham nasli uchun gʻamxoʻrlik qiladi. Daraxt shoxlari, jarliklar, togʻ qoyalarining yoriqlari va binolarning boʻgʻotlariga uya qurib, 2 ta tuxum qoʻyadi. 3 haftada jish bola ochadi. Bolasini dastlab jigʻildonidan ajratib chiqaradigan boʻtqa, keyinroq har xil donlar bilan oziqlantiradi. Bolasi uchirma boʻlgandan soʻng (1 oy), yana tuxum qoʻya boshlaydi. Bir mavsum davomida 4-martagacha tuxum qoʻyib, bola ochadi. Oʻsimliklarning urugʻi bilan oziqlanadi. Ovlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |