Ko'kdala tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli
Download 17.19 Kb.
|
Nizom bo\'yicha BAYONNOMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqoridagilarni etiborga olgan holda yigilish qaror qiladi
- Yig’ilish raisi: E.Maxmonov Yig’ilish kotibi: X. Turdiyev
Ko'kdala tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 49-umumiy o'rta fa'lim maktabida o'tkazilgan pedagogika kengashi B A Y O N N O M AS I ko'chirma № 5 2023-yil 1-may Ko’kdala tumani Yig'ilishda qatnashdilar : 21 nafar o' qituvchilar Majlis raisi: E.Maxmonov Kotib: X.Turdiyev Kun tartibidagi masala: Umumta'lim maktabi faoliyatini tashkil etish va amalgaoshirish tartibini belgilovchi maktab nizomini ko'rib chiqish to'g'risida Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori E.Maxmonov so'zga chiqib, maktab nizomi maktab faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilovchi hujjat ekanligi haqida o'qituvchilarga ma'lumotlami taqdim etdi. Umumta'lim mriktabi o'z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni va boshqa qonunlarga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga,boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining buyruq, topshiriq va ko'rsatmalariga hamda mazkur Nizomiga amal qiladi. Umumta'lim maktabi uzluksiz ta'lim tizimining asosiy bo'g'ini bo'lib, o'quvchi yoshlarga I-XI sinflar hajmida davlat ta'lim standartlari va milliy o'quv dasturi asosida fan asoslaridan umumiy o'rta ma'lumot beruvchi va VII-XI sinflar hajmida ikkita til va kasblarga o’rgatadigan hamda variativ (tanlov) sinflar tashkil etiladigan majburiy ta'lim muassasasidir. Umumta'lim maktabi yuridik shaxs hisoblanadi va o'z Ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy g’azna hisob varaqlariga, o'z nomi ko'rsatilgan muhrga (o'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega bo'ladi. Umumta'lim maktabi Nizomi umumta'lim muassasasi pedagogik kengashida qabul qilinadi, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida tasdiqlanadi va davlat xizmarlati markazida davlat ro'yxatidan o'tkaziladi. Umumiy o'rta ta'lim boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar), tayanch o'rta ta'lim (V-IX sinflar) hamda umumiy o'rta ta'lim (X-XI sinflar) bosqichlaridan iborat bo'lib, kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshiriladi. Boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar) - tayanch o'rta ta'lim va umumiy o'rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim va ko'nikma asoslarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishga qaratiladi. Tayanch o'rta ta'lim (V-IX sinflar) - bilimlaming zaruriy hajmini beradi, mustaqil fikrlash, ta'lim dasturi mazmuniga mos qobiliyat va amaliy tajriba ko'nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, tayanch o'rta ta'lim o'quvchilarga yo'nalishni ixtiyoriy ravishda tanlash asosida umumta'lim muassasasining X-XI sinflarda yoki professional ta'lim muassasalarida ta'limni davom ettirish huquqini beradi. O'TIBDO' X. Turdiyev yuqoridagilarga qo'shimcha qilgan holda o'quv yili umumta'lim muassasasida tegishli yilning 2- sentabridan kelgusi yilning 25- mayiga qadar davom etishi va to'rtta chorakka bo'linishini tushuntirdi. -O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi: -O'quv yilining davomiyligr - 34 hafta (I sinflar uchun 33 haft a); -O'quv haftasining davomiyligi - 6 kun (I-IV sinflar uchun 5 kun); -dars mashg'ulotining davomiyligi - 45 daqiqa; -dars mash g'ulotlari oralig'idagi tanaffusning davomiyligi - 5 - 10 daqiqa (o'quv kuni o'rtasidagi tanaffusning davomiyligi -15 - 30 daqiqa). Mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg'ulotlari o'tkazilmaydi. Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to'g'ri kelib qolgan dars mashg'ulotlarining mavzulari o'quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg'ulotlarida o'tkaziladi. O'quv yili davomidagi ta' tillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi: -kuzgi ta'til - 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun; - qishki ta'til - 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun; - bahorgi ta'til - 27 maftdan boshlab 7 kalendar kun; - yozgi ta'til - oxirgi yakuniy nazorat sinovi o'tkazlgan kundan (bosqichli nazorat o'tkazilmaydigan sinflar uchun o'quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 2 sentabrgacha; - ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi; - 1-sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanishi haqida yig'ilish ishtirokchilarini tanishtirib o'tdi. Maktab direktori, O'TIBDO'lari, MMIBDO'lari, XIBDO'ining lavozim majburiyatlari haqida ham o'qituvchilarga ma'lumotlar yetkazildi. Yuqoridagilarni e'tiborga olgan holda yig'ilish qaror qiladi: Umumta'lim maktabi faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilovchi maktab Nizomi o'qituvchilar o' rtasjda ishlab chiqilgan deb hisoblansin hamda ma'qullansin. Yig’ilish raisi: E.Maxmonov Yig’ilish kotibi: X. Turdiyev Download 17.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling