Ko’klam kelyapdi. Qishning izg’irini hali ham bilinayotgan bo’lsa ham Jizzax deb atalmish o'rmonda turli XIL hayvonlar yani shu o'rmoning aholisi halol mehnat qilib yashayapdi
Download 18.18 Kb.
|
Ona tili homework
Adovat Ko’klam kelyapdi. Qishning izg’irini hali ham bilinayotgan bo’lsa ham Jizzax deb atalmish o'rmonda turli xil hayvonlar yani shu o'rmoning aholisi halol mehnat qilib yashayapdi. Shu kunlarning birida bu o'rmonning hokimi yani Ayiq dehqonchilik qilmoqchi bo'lganlarga yordam bermoqchi bo'libdi va istagan hayvonlarga yer bo'lib bera boshlabdi. Shu gapni eshitgan Bo'ri va Sher ham dehqonchilik qilmoqchi bo'lib yer olishmoqchi bo'libdi, lekin bo'ri va sher oldindan bir biriga qarshi dushman edi. Ikkovi qayerdadir uchrashib qolishsa har doim sher birinchi bo'lib maqtanishni boshlar edi: "Men shunchalik zo'rligimdan hamma meni jungli qiroli deb ataydi" desa. Bo'ri sendan kam joyim bormi degan ma'noda u: "Menga desa butun bir yer yuzini qiroli bo'l lekin men hech qachon men sirkga o'rganmayman " deb bir biri bilan urushib yurishgan edi. Dehqonchilik qilish sabablaridan biri ham aynan shu raqobat, qo’pol qilib aytganda adovat edi Buni qarangki yer olishda ham raqobat kata bo’libdi. Sher kelib agar siz menga yer bersangiz men yerimga bodring ekib ellik tonna hosil olaman desa, bo'ri ham undan ham kuchliroqman deganday menga yer bersangiz u yerga qovoq ekaman va undan 70 tonna hosil olaman debdi. Ayiq bularni urushishini ko'ribdi, shundan so’ng adovatni tushunibdi va o’ylab turib aytibdi: "Kelinglar bunday qilamiz silarga quyonni qo'shib jami sizlarga bir xil yer berib ko'ramiz kim qancha hosil oladi ekan, ko’proq hosil olgan kuchliroq bo’ladi" debdi. Bu gapidan keyin uchta hayvon ham yerni olishibdi va o’sha yerga ishlov berishga kirishib ketishibdi. Oradan vaqt o'tdi. Shu vaqtning ichida Sher yeriga bodring ekibdi, bo'ri yeriga qovoq ekibdi, quyon esa pomidor ekibdi. Bo'ri va Sher quyonning pomidor ekkanini ko'rib kulib yuborishibdi. Quyon esa ularning ko'ziga qarab jilmayibdi. Chunki u o’z mehnatiga ishonardi. To'g'risi hasad, adovat bu yerda ham zarar keltiribdi. Bunga misol ekin pishib bo’lguncha Bo'ri bilan Sher bir-birini tinch qo’yishmadi. Ular bir-birini ekinini quritish uchun Bo'ri Sherning yeriga suv toshirib yubordi, Sher esa suvni Bo'riniki bormaydigan qilib qo’yibdi. Shunga o’xshagan muammolarni deb ekin pishganida Bo'ri bilan Sher hech qancha foyda qila olmadi. Lekin Quyon yaxshigina hosil yig’ib dunyo rekordini qo'ydi. Buning evaziga hokim Ayiq uni o’z qo’llari bilan taqdirladi va Bo’ri bilan Sherga Quyondan o’rnak olishni maslahat berib koyib berdi. Buni ko'ra olmagan Bo'ri bilan Sher uni o'ldirishmoqchi bo'lib Quyonning uyiga juda ham ko'p tuzoqlar qo'yib tashlashdi, lekin quyonga bularning hech biri zarar yetkaza olmadi. Chunki u boshqa uyga ko'chgan edi. Bo'ri bilan sherni orasidagi adovotlar deyarli yo'qolib ketdi lekin endi ular quyonni o’ldirishga urindi. Oradan vaqt o'tdi lekin quyonga bo'lgan ishlar Bo’ri va Sherning esidan chiqib ketgani yo'q edi. Ikkovi ham oradan bir necha oy o'tganidan keyin quyonni uyini bilib qolishdi va qanday qilib Quyonni qanday o’ldirishni kafeda shu quyonni qanday yo'q qilish mumkinligini o'ylashdi va restoranda bir ikki piyola choy ustida shuni gaplashishdi. Baxtga qarshi Bo'ri va Sher o'tirgan joyga yaqinda hokim Ayiq ham bilintirmasdan o'tirgan edi. Ayiq bu hamma rejani eshitib oldi va quyonga 5 kundan keyin kechqurungi taroveh namozidan keyin hamla qilishga kelishishganini quyonga yetqazdi. Quyon ham buni hammasini eshitib bir kuldida bir gapni aytdi: "Men buni oldindan tahmin qilgan edim bunday bo'lishini" dedi va oldindan tayyorlanib yurgan tuzoqlarini ishlata boshladi. Ayiq ham bunga hayron qoldi chunki u shunday tayyorlangan edi. Ko'rsangiz miltiqlarni, tuzoqlarni hammasi kerakli joylarga qo’yilgan edi. Lekin quyon faqat zarar yetkazmaydigan tuzoq va qurollarni olayotgan edi. Sababini Ayiq so'rasa bular shunchaki men uchun kelishyapti kamiga ikki kishi shuning uchun bularga faqat tuz otadigan qurol va orqani qizdirib uradigan tuzoqlarni ishlatadi. Bo'ri bilan sher kelishganday 5 kundan keyin kechqurun kelishdi. Quyon ham uxlamay kutib turgandi. Sher bilan Bo'ri kelishdi va Bo'ri oldingi eshikdan, Sher esa uyiga qaraydigan lekin sal uzoqroqda bo'lgan yerto'la oldidan kiradigan bo'lishdi. Ikkovi ham eshikdan o'tib endi bir qadam tashashi bilan orqasiga qattiq uradigan tuzoq ishlab ularni orqasini shunday qizdirdiki, ular “enajon” deb yubordi. Ko'rsangiz orqalari xuddi pomidordek bo'lib ketgan edi. Ularning battar asabi buzilib ketdi. Ular endi hovlidagi hamma tuzoqlarga tushib o'tgandan keyin uyga kiraverishda qayerdandir ikkoviga tuz otiladigan avtomatda bittadan o'q otildi. Bechoralar umrida ko'rmagan azoblarini hozir ko'rdi. Ular tabiiyki uyga yaqinroqdagi daryoga borishdi. U yerda ularni Ayiq va politsiyachilar ushlab oldi va hammasini sud qilib qamoqqa solishdi. Oradan vaqt o'tdi Quyon ularning yerini ham olib juda katta hosil oladigan bo'ldi. U har yili dehqonlar musobaqasida birinchi o'rinni oladigan bo'ldi. Shunday qilib hamma o'ziga tegishlisini oldi. Ayiq Quyondan so'raganda: "Sen qanday qilib bularga oldinda tayyorlanib yurganding” deganida, Quyon kulib: "Men bunaqalarni ko'pini ko'rib ko'zim pishib ketgan. Istasang bularni boshqa safar alohida aytib beraman" dedi. Download 18.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling