Miya qutisi (neurokranium). Ensa boMimida to'rtta: ikkita yon ensa, bitta ustki ensa va bitta asosiy ensa suyaklari bor (96-rasm). Bular kelib chiqishi jihatidan birlamchi suyaklardir. Bu suyaklar katta ensa teshigini o‘rab olgan. Ensa teshigining ostida bitta ensa bo‘rtmasi bo‘lib, buning vujudga kelishida asosiy ensa suyagi hamda yon ensa suyaklari ishtirok etadi.
Sudralib yuruvchilarda bitta ensa bo‘rtmasining bo‘lishi ular uchun xarakterlidir. Boshning bitta ensa bo‘rtmasi orqali birinchi bo'yin umurtqasi — atlasga birikishi sudralib yuruvchilar boshining harakat- chanligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |