Ko‘krak-bcl umurtqalari


Download 192.33 Kb.
bet8/40
Sana08.01.2022
Hajmi192.33 Kb.
#244085
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
Zoologiya dadayevas

MuskuJ sistemasi amfibiyalarnikiga qaraganda ancha kuchli takomil- lashgan bo‘lib, segmentli muskullari batamom mustaqil muskullarga ajralib ketgan. Bundan tashqari, amniotalarga xarakterli bo‘lgan qovur- g‘alararo muskullari yuzaga keladi. Bu muskullar nafas olish aktida muhim rol o‘ynaydi. Sudralib yuruvchilarda teri osti muskullari ham yaxshi rivojlangan.

Ovqat hazm qilish organlari. Og‘iz bo^shlig^ning tubida go‘shtdor, yassi tili joylashgan. Sudralib yuruvchilarning tili turli shaklda bo‘ladi. Iloniar va ko‘pchilik kaltakesaklarning tili ingichkalashgan va uchi ikki

ayriH, juda harakatchan bo‘lib, ancha cho‘zilib tashqariga ehiqa oiadi va qo'shimcha tuyg'u organi vazifasini bajaradh

Xameleonlar tilining uchi ayrili emas balki enli bo'ladfc Hozkgi yashab turgan sudralib yuruvchilar, asosan hayvonlar bilan oztylmm&i. Faqat ay rim toshbaqalar va iguanalar o‘simliklar bilan oziqlanadi. Oziq ko*p sonli 0‘tkir tishlar bilan qurollangan jag‘lari yordamida ushtab olinadi. Tishlar jag* va tanglay suyaklariga birikadi, faqat timsohlarning tishlari maxsus chuqurchalarda (alveolalarda) joylashadi. Hozirgi sudralib yuruvchilarning tishlari deyarli. bir xil, faqat ba’zi ilonlarda ixtisostasbgan yirik juft zahar tishlari taraqqiy etadi. Tishlar, asosan oziqni ushlash va tutib turish vazifasini bajaradr. Timsohlar va toshbaqalar katta 0‘ljadatt bir bo‘lagini uzib olish qobiliyatiga ega. Ko‘pchilik sudralib yuravchilai oziqni butunlay yutadi. Ilonlarning jag* apparati tuzilishi unga ogzm katta ochishga moslashgan, Shuning uchmn ham ionJaming bosh skeleti- da chakka yoylari yo‘qolib ketgan, jag‘ apparati esa oshiq-mosfriq sistemasiga aylangan, ya’ni ilonlarning yu^jorigi va pastkj jagiari hara­katchan. Og‘iz bo‘shlig‘id!a so‘lak bezlari boiifr, lining shiitiq sekreti og‘izdagi oziqni ho'llash va yutish uetan xizmat qiladi. Zahaiii ilonlarda ba’zi bir so'lak bezlari zahar isfolab chiqaradigan bezga aylangan.

Og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoqdan keyin qiziio'ngach boshlanadL Go'shtdor, cho‘ziluvchan qizilo‘ngach tomoqdan keyin traxevaning ustidan o‘tib, qorin bo^shltgining oldingi qismida oshqozonga qo'shiladi. Oshqozondan keyin unga parallel holda o‘n ikki barmoqli ichak, undan keyin esa ingichka ichak boshfanadi. Ingichka ichak bir qancha bukilish hosil qilib, so‘ng yo‘g‘on ichakka aylanadi. Murtak holdagi ko‘richak ingichka ichak bilan yo‘g‘on ichak chegarasidan o‘rin olgan. Yo^on ichakning keyingi qismida to‘g‘ri ichak joylashgan. To‘g‘ri ichak kloa- kaga ochiladi (100-rasm).

Oshqozon osti bezi o‘n ikki barmoqli ichak qovuzlog‘iga o‘rnashgan bo‘lib, shaklan uzurichoq qattiq tanachaga o'xshaydi. Oshqozonning j orqa uchida uzunchoq, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq bor. Qorin | bo‘shlig‘ining oldingi qismini katta, ko£p pallali jigar egallagan.

Uning ichki tomonida o‘t pufagi joylashgan, o‘t pufagi yoli o‘n j ikki barmoqli ichakning boshlanish qismiga ochiladi. Sudralib yuruvchi* j laming ko'pchilik turlari ochlikka chidamli boiadi. Ayrim ilonlar va j toshbaqalar tutqunlikda bir yilgacha oziqsiz yashashi mumkin.




Download 192.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling