Коксни қуритиш барабанли қуритиш қурилмаси ҳисоблансин ва лойиҳалансин


Download 72.78 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi72.78 Kb.
#1604630
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
барабанли қуритишG-30.8Зомонов




Kirish
Respublikamizning neft-gaz sanoati xalq xо‘jaligining asosiy zvenosi bо‘lib, muhim energetika bazasi hisoblanadi. Respublikamiz mustaqil bо‘lgandan keyin neft-gaz sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berildi. Ilgarigi о‘z holicha ish yurituvchi neft, gaz, neft va gazni qayta ishlash tarmoqlari yagona tarmoq - “Uzbekneftgaz” milliy xolding korporatsiyasiga birlashtirildi. Bu korporatsiyaning tarkibida neft va gazni kayta ishlash bо‘yicha uchta yirik korxona ishlab turipti. Bular: “О‘zneftni qayta ishlash” davlat sanaoat birlashmasi, SHо‘rtan va Muborakdagi gazni qayta ishlash zavodlari. “О‘zbekneftmahsulot” aksiyadorlik birlashmasi tarkibiga Farg‘ona, Olti Ariq va Buxorodagi neftni kayta ishlash zavodlari kiradi. SHо‘rtan gazni qayta ishalsh zavodining yaqinida gazni kimyoviy usul bilan qayta ishlash kompleksi qurildi. Bu kompleks gazdan polietilen, polimerbenzin va shu kabi maxsulotlarni ishlab chiqarishga mо‘ljallangan.
Bu korxonalar uchun xomashyo: neft, gaz kondensati va tabiiy gaz hisoblanadi. gaz kondensatining kimyoviy tarkibi neftning kimyoviy tarkibiga о‘xshash bо‘lib, faqat qaynash temperaturasining oxiri bilan farqlanadi /gaz kondensati neftga karaganda birmuncha yengil xisoblanadi/. Shu sababli gaz kondensati va neftlar bir xil qurilmalarda qayta ishlanadi.
Yuqorida eslatib о‘tganimizdek Respublikamizda ikkita yirik tabiiy gazni qayta ishlash zavodlari va gazni kimyoviy qayta ishlash kompleksi mavjud. Muborak gazni kayta ishlash zavodda tabiiy gazlarni oltingugurt birikmalaridan (asosan N2Sdan) tozalovchi, gazlarni quyi temperaturada sovutib suv va gaz kondensati tomchilaridan tozalovchi, nordon gazlardan oltingugurt ishlab chiqaruvchi, gaz kondensantini tindiruvchi texnologik qurilmalar ishlab turibti. Oltingugurt ishlab chiqaruvchi qurilmani chiqindi gazlarni kayta ishlab, uning tarkibidagi H2S gazidan qо‘shimcha miqdorda oltingugurt oluvchi “Sulferin” qurilmasi ishga tushishi bilan atmosferaga chiqib ketayotgan gazlarni tarkibi tozalanadi. Shunday qilib, Muborak gazni qayta ishlovchi zavod Xalq xо‘jaligini tovar tabiiy gazi, toza oltingugurt va tindirilgan gaz kondensanti bilan ta’minlaydi.
SHо‘rtan gazni qayta ishlash zavodi asosan kam oltingugurtli tabiiy gazni qayta ishlashga mо‘ljallangan. Bu zavodda tabiiy gazni sovitib quyi temperaturada suv va gaz kondensat tomchilaridan tozalovchi; seolitlar va absorbentlar yordamida oltingugurt birikmalaridan (asosan N2S) tozalovchi; nordon gazlardan oltingugurt ishlab chiqaruvchi; gaz kondensanti tindiruvchi; tabiiy gazdan quyi temperaturada propan-butan fraksiyasini ajratib oluvchi texnologik qurilmalar ishlab turibdi.
2. Nazariy qism
"Platt-Lyumuss" firmasining quritish uskunasi texnologik oqimdan iborat bо‘lib, u ikkita ketma-ket ulangan analogik zveno mexanizmlari va mashinalaridan tashkil topgan. Uar bir zvenoning tarkibiga quyidagilar kiradi: issiqlik generatori, chigitli paxta bilan ta’minlagich, quritgichgacha pnevmatransport, minorali quritgich, separator-tozalagichgacha pnevmatransport. Zvenolarning bir-biridan farqi shundaki, birinchi quritgichgacha qо‘yilgan ta’minlagich avtomatik ravishda chigitli paxta bilan ta’minlaydi.
Chigitli paxtani zvenolar bо‘yicha tashilishi injeksion varonkadan separator-tozalagichgacha quritish agenti yordamida bajariladi [11].
Firmaning taklif qilgan quritish uskunasi, chigitli paxtani quritish va mayda iflosliklardan tozalash jarayonida, paxta zavodlarining texnologik jarayoni uzluksiz ravishda bо‘lganda amalga oshiriladi.
Paxta zavodi quritish uskunasini texnologik protsessga ulangan sxemasi 1.6 - rasmda kо‘rsatilgan. Bu sxemaga asosan paxta zavodda bir batareyali tо‘rt arrali jin qо‘yilgan ikkita parallel ishlaydigan va har birida ikkita quritgichi bor. Uar bir qatordagi quritigichlar ixcham ravishda joylashgan bо‘lib, kо‘p joy egallamaydi va paxta zavod texnologik sxemaga oson qо‘shiladi. Quritgichlarni issiqlik bilan ta’minlash quritgich yaqinida joylashgan sexlardagi alohida generatorlar orqali amalga oshiriladi. Issiqlik generatorlari suyuq yoki tabiiy gazda ishlaydi.

1.6 - rasm. "Platt-Lyumuss" firmasi quritish uskunasining joylashish sxemasi


1 - quritgich, 2 - injeksion voronka, 3 - separator avtomatik ta’minlagichi bilan, 4 - issiqlik generatorlari, 5 - pnevmatransport ventilyatorlari, 6 - separator-tozalagich, 7 - jinlar batareyasi.
Chigitli paxta quritish dinamikasini о‘rganishda temperatura rejimlariga bog‘liq holda quyidagi kо‘rsatkichlarni olamiz: temperatura, quritish agentining nisbiy namligi va uning sarfi, chigitli paxtaning temperaturasi va namligini.
Quritish agentining temperaturasi va nisbiy namligi minorali quritgichning har bir sektori va inevmatransport quvurlarida quritishdan oldin va keyin aniqlanadi. Buning uchun quritgichning ma’lum joylarida texnologik tuynuklar qо‘yilgan. Chigitli paxtaning namligi va temperaturasining о‘zgarishini quritgichning har bir sektorida tuynuklar orqali quritgichdan va separator-tozalagichdan chiqish joyidan aniqlanadi.
Chigitli paxtaning quritish agenti ta’sirida bо‘lish vaqtini, ma’lum miqdordagi paxtani bо‘yab asosiy oqimga qо‘shib injeksion voronka 2 dan separator-tozalagich 6 gacha, pnevmatransport quvurlarida qо‘yilgan maxsus oynalar orqali kuzatib aniqlanadi.
Ta’minlash valiklarining aylanish tezliklarini nazorat qilish reversiv elektrodvigatel orqali amalga oshiriladi, qaysiki boshqaruvchi reostat shkalasida 1 dan 10 gacha bо‘laklar bor. Bitta bо‘lak valik aylanish tezligining 1.14 ayl/min ga teng. Shunga kо‘ra, aylanish tezligining 1.14 dan 11.4 ayl/min gacha о‘zgarishi, uskunaning paxta bо‘yicha ish unumdorligining 1000 dan 11000 kg/soat gacha о‘zgarganiga teng. Shunday qilib, ta’minlovchi valiklarning shkala bо‘yicha bitta bо‘lakka о‘zgarishi, mos ravishda uskuna ish unumdorligining 1000 dan 1100 kg/soat ga о‘zgarishiga olib keladi.
Chigitli paxtaning quritgichda bо‘lish vaqti ish unumdorligining kо‘rsatilgan diapozonda о‘zgarishida 10-12 sekundni, quritish agenti ta’sirida bо‘lish vakti 13-18 sekundni tashkil etadi (injeksion voronkadan separagor-tozalagichgacha kо‘chirish).
Arrali va valikli paxta zavodlar uchun "'Kontinental’ Moss-Gordin " firmasining kuritish uskunasi
"Qontinental Moss-Gordin" firmasining texnologik zanjir uskunalari zavoddagi jinlash jarayoni turiga bog‘liq emas, minorali quritgich gazsimon yoqilQi bilan ishlaydigan issiqlik generatorlari bilan bir komplektda joylashgan. Bu quritgichlarning konstruksion tuzilishi va ishlatilishi bilan "Platt-Lyumuss" firmasining quritgichlariga о‘xshash.
"Kontinental Moss-Gordin" firmasining quritish uskunasi (1.7-rasm) alohida ta’minlashni avtomatik boshqargich, qaysiki о‘zida bunker 4 va ta’minlash moslamasi valiklar 5 bilan, paxta tituvchi 7 va vakuum klapan 7, 8, quritish agentini tashuvchi quvur 9, pnevmatransportlar 10, 12 va quritgich 11 bor.
6-rasmda firma taklif qilgan quritgich sxemasi keltirilgan. Quritgich balandligi 5,84 mli tо‘Qri burchakli paralelipiped shaklida va 1,66x1,32 ichida 23 ta gorizontal polkalar 2 perpendikulyar kesim bо‘yicha joylashgan. Quritgichda chigitli paxtaning tiqilib qolishini oldini olish maqsadida polkalar oldi qismi gorizontga nisbatan 45 ° qilib joylashtirilgan.
Chigitli paxtaning quritgichda tashilishiining texnologik qabuli о‘z og‘irligi bilan yurish prinsipi bо‘yicha amalga oshadi. 1.8 - rasmda bu qabulning amalga oshish sxemasi keltirilgan.
Sanoatda turli tipdagi quritkichlar ishlatiladi. Quritgichlar bir-biridan turli belgilar bilan farq qiladi. Nam materialga issiqlik berish usuliga ko`ra quritkichlar konvektiv, kontaktli va boshqa turdagi quritgichlarga bo`linadi. Issiqlik tashuvchi sifatida havo, gaz yoki bug’ ishlatilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosimning qiymatiga ko`ra atmosferali va vakuumli quritgichlar bo`ladi. Jarayonni tashkil qilish bo`yicha davriy va uzluksiz ishlaydigan quritkichlar mavjud. Konvektiv quritgichlarda material va qurituvchi agent bir-biriga nisbatan to`g’ri, qarama-qarshi yoki perpendikulyar harakat qilishi mumkin. Quritilishi lozim bo`lgan material donasimon, kukunsimon, pastasimon yoki suyuq holatda bo`ladi. Qurituvchi agentning bosimini hosil qilish uchun tabiiy yoki majburiy tsirkulyatsiya ishlatiladi. Donasimon materiallar ishlatilganda qatlam zich, kengaytirilgan, mavhum qaynash va fontansimon holatlarda bo`ladi. Qurituvchi agent bug’, issiq suv, olov bilan ishlaydigan kaloriferlarda yoki elektr toki yordamida isitiladi. Quritish jarayonining har xil variantlaridan keng foydalaniladi: ishlatilgan qurituvchi agentni quritkichdan chiqarib yuborish, qurituvchi agentdan takror foydalanish, qurituvchi agentni quritish kameralari oralig’ida qizdirish, qurituvchi agentni quritish kameralariga bo`lib berish, qurituvchi agentni quritish kamerasida qӯshimcha ravishda qizdirish, o`zgaruvchan issiqlik maydonidan foydalanish (issiq va sovuq havoni material qatlamiga ketma-ket almashtirib berish) va hokazo.
Konstruktiv tuzilishiga ko`ra quritish qurilmalari har xil bo`ladi. Sanoatda shkafli, kamerali, koridorli (tunelli), shaxtali, barabanli, trubali, shnekli, tsilindrsimon, turbinali, kaskadli, karuselli, konveyerli, pnevmatik, sochib beruvchi va boshqa konstruktsiyali quritgichlar ishlatiladi.
"Kontinental Moss-Gordin" firmasining quritish uskunasi 1, 10, 12 - pnevmatransport, 2 - separator, 3, 7, 14 - vakuum klapan, 4 -avtomatik ta’minlovchi bunker, 5 - ta’minlovchi valiklar, 6 - chigitli paxtani tituvchi, 8 - injeksion voronka, 9 - quritish agenti uchun gazovod, 11 - quritgich, 13 - separator-tozalagich.
Nam chigitli paxta separator 4 orqali avtomatik boshqaruvli bunker 6 ga tushadi, bu yerdan berilgan ish unumdorlikda tituvchi moslama 8 dan о‘tib injeksion varonka 10 ga tushadi. Quritish agenti oqimi, issiqlik generatori II dan kelayotgan, chigitli paxta bilan voronka 10 dan quritgich 14 ga tomon harakatlanadi va uning kamerasidan о‘tib, separator-tozalagich 17 havoli kamerasi 15 ga ventilyator 16 xosil qilgan sо‘rish hisobiga tushadi.Chigitli paxtadan ajratilgan quritish agenti atmosferaga chiqarilib yuboriladi, paxta esa mayda ifloslikdan tozalanib, bu yerdan injeksion voronka 22 ga tushadi, sо‘ng chigitli paxtani ikkinchi quritish uskunasiga tashilishi davom etadi.

1.8 - rasm. "Kontinental Moss-Gordin" firmasi paxta zdvodlariga minorali quritgichlarning ulanish sxemasi: 1, 16, 26 - pnevmatransport ventilyatorlari, 2, 3, 13, 15, 23, 25 pnevmatransport havo quvurlari, 4 - separator, 5,9., 18,20,28 - vakuum klapan, 6 - chigitli paxtani avtomatik ta’minlovchi bunker, 7 - ta’minlovchi valiklar, 8 - tituvchi, 10, 22 - injeksion voronkalar, 11, 13 - issiqlik generatorlari, 14, 24 - quritgichlar, 17, 27 - separator-tozalagichlar, 19 -yirik ifloslikdan tozalagich, 21 - chiqindilarni yig‘uvchi moslama


Shunday qilib, chigitli paxtaning quritish agenti ta’sirida bо‘lishi injeksion voronkaga tushishidan to quritish agentini separator-tozalagichda ajratguncha davom etib, chigitli paxta tarkibidagi namlikni ajratish shunday amalga oshiriladi. Namlikni qochirish kattaliklari temperatura rejimi va dastlabki namlikka bog‘liq.

Download 72.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling