ko`l va botqoqliklarning genetik turlari
REJA
1.Ko‘l botiqlarining genetik turlari
1.1Tektonik ko‘llar
1.2Vulkanik ko‘llar
2.Muzlik ko‘llari
2.1Oqar va oqmas ko‘llar
2.2Ko‘l suvining ximizmi
3.Ko‘l suvining issiqlik rejimi
3.1Ko‘llarning geologik ishi
3.2Botqoqliklarning geografik tarqalishi
3.3Ko‘l va botqoqlik yotqiziqlari
4. XULOSA
5.ADABIYOTLAR
Oqmaydigan yoki sekin oqib turadigan suvlar to‘plangan, bevosita dengizga qo‘shilmagan, o‘rta qismida o‘simlik o‘smaydigan havza ko‘l deb ataladi. Birmuncha sayoz, o‘t o‘sib suv yuzasigacha chiqqan suv havzalari botqoqlik deyiladi.
Ko‘l va botqoqliklarni o‘rganish bilan limnologiya fani shug‘ullanadi.
Dunyodagi ko‘llarning umumiy maydoni yer sharidagi quruqlikning 2% ini yoki 27 mln km2 ni tashkil etadi. Yer sharidagi ko‘llarning umumiy maydoni O‘rta dengiz maydoni (3 mln km2) dan salgina kichik, xolos. Barcha ko‘llarning yalpi suv hajmi 29000 km3 ga teng.
Yer sharidagi eng katta ko‘llar Kaspiy ko‘lini hisobga olmaganda Shimoliy Amerikada yuqori (Verxnee) ko‘lining maydoni 82,4 ming km2, Afrikadagi Viktoriya ko‘lining maydoni 68 ming km2. Yer sharida ko‘llar bir tekis tarqalmagan. Masalan, maydoni 337 ming km2 Finlandiya mamlakatida ko‘llarning soni 60 mingta, Shimoliy Amerikadagi Buyuk ko‘llarning maydoni 245 ming km2. Ko‘llarning chuqurligi bir necha 10 metrdan bir necha 100 metrgacha yetadi. Yer sharidagi eng chuqur ko‘l Baykal bo‘lib, uning chuqurligi 1741 m.
Ko‘l botiqlarining genetik turlari. Ko‘llarning suv to‘planadigan botig‘i (kotlovinasi) turli geologik jarayonlar natijasida vujudga keladi. Suv to‘planadigan botig‘ining paydo bo‘lishiga ko‘ra ko‘llar quyidagi asosiy tiplarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |