Kollektor-zovur suvlaridan ekinlarni sug'orishda foydalanish
Download 36.58 Kb.
|
1 2
Bog'liqyaylov mustaqil ish kollektor zovur be miyya
Kollektor (melioratsiyada) —drenaj tarmogʻining suv yigʻuvchi qismidan kelayotgan suvni qabul qilib, melioratsiyalanadigan maydondan chiqarib yuboradigan ochiq kanal yoki drenaj quvuri. Kollektor xoʻjalik, xoʻjaliklararo va magistral turlariga boʻlinadi. Ularning jami kollektor-drenaj tarmogʻinm hosil qiladi. Odatda, Kollektor pastliklardan, xoʻjaliklar va almashlab ekish dalalari chegaralari boʻylab oʻtkaziladi. Tekis maydonlarda Kollektorlar zovur va uchastkaning optimal uzunligini, qishloq xoʻjaligi mashinalarining unumli ishlashini hisobga olgan holda birbiridan 0,8—1,2 km oraliqda quriladi. Ochiq Kollektorning koʻndalang kesimi koʻpincha trapetsiya shaklida boʻladi. KOLLEKTORdagi suv sathi unga kuyiladigan zovur va kollektorlar sathidan 0,1 — 0,3 m quyiroq boʻlishi kerak. Agar drenaj suvlarining oqib ketish iloji boʻlmasa, Kollektorga nasos st-yalari quriladi. Kollektor koʻndalang kesimining eng koʻp uchraydigan oʻlchamlari: xoʻjalik K. — chuqurligi 3,0—6,6 m, tubining kengligi 1,0—1,5 m, Kollektorning daxleiz qirgʻoqboʻyi kengligi — 40–80 m; xoʻjaliklararo Kollektorlarda yuqoridagi koʻrsatkichlar 4,5—8,0 m, 1,0—3,0 va 80–140 m. Magistral Kollektor yana ham kattaroq boʻladi. Kollektorning yon bagʻri 1:1,5; 1:2,5; tubining nishabligi 0,003 dan kam boʻlmasligi lozim.
Chiqarib yuboriladigan zaxob suv miqdorini hisobga olish uchun xoʻjaliklararo va magistral Kollektor lar suv oʻlchash postlari bilan jihozlanadi. Oʻzbekistondagi eng yirik magistral Kollektorlar: Sirdaryo viloyatida — Shoʻroʻzak, Markaziy Mirzachoʻl, Asosiy Qayir; Fargʻona vodiysida — Shimoliy Bagʻdod, Soʻx — Isfara, Achchiqkoʻl, Yozyovon, Sari Joʻga; Buxoro viloyatida — Shimoliy Buxoro, Parallel, Bosh Qorakoʻl; Xorazm viloyatida Koʻlli, Devonkoʻl va Daryolik (davlatlararo). Ularning oʻz. 30–180 km, suv oʻtkazish imkoniyati — 10–170 m³/s, suv yigʻadigan maydoni 13—225 ming ga. Ochiq Kollektorlarni ishlatish davomida oʻtkaziladigan ishlar: drenaj oqimini va uning minerallashuvini hisobga olish, loyqa va oʻt bosishdan saqlash va boshqa Ochiq Kollektorlar qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning kattagina qismini egallaydi, yer isrof boʻladi (ularga ajratiladigan may-don sugʻoriladigan yerlarning 5—10% ini tashkil etadi). Shuning uchun ham yangi yerlarni oʻzlashtirishda, asosan, yopiq xoʻjalik Kollektorlari qurilmoqda (yana qarang Gorizontal drenaj). Suvning sifati uni aniq bir foydalanish (iste’mol qilish) turiga ko’ra tarkibi va xususiyatiga qarab tavsiflanadi. Sanitariya me’yorlari bo’yicha organoleptik hamda umumiy sanitariya ko’rsatkichlari va, shuningdek, undagi zararii moddalar miqdoriari belgilanadi. Shu ko’rsatkichlaming tahlili mazkur suvning ma’lum bir iste’mol turiga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini bildiradi. Ifloslangan suv deyilganda aniq bir suvdan foydalanish turi uchun antropogen faoliyat ta’sirida tarkibi o’zgaigan suvlar tushuniladi. Suvni ifloslanganlik kriteriysi bo’lib uning organoleptik xususiyatlarini o’zgarishi va unda o’simlik, inson hamda hayvonlar uchun zararii bo’lgan moddalar mavjudligi hisoblanadi: ular ta’sirida suvda zaharlilik, allergiyaga, inson va hayvon organizmlarida o’zgarishlatga sababbo’luvchi xususiyatlar paydo bo’ladi. Sug’orish suvlarining sifati birinchi navbatda ulardagi loyqa va tuz miqdori hamda ulaming bakteriologik tarkibi bilan belgilanadi. Daryo suvlarining tuz tarkibi va menerallashganlik danajasi harorat va biokimyoviy omillar, suv yig’ish havzasining geologik tuzilishiga bog’liq. Kam suv sarfli tog’ daryoiari tarkibida gidrokarbonat va kalsiy ionlari ko’p bo’lsa, tog’oldi tekisliklaridagi daryolarda sulfat ioni ko’p, quyi oqimida esa natriy, magniy va xlor ionlari miqdori orta boradi. Daryo- laming sarfl ko’paygan (toshqin) davrda suvning minerallashganlik darajasi kamayadi va, aksincha, sentabrdan martgacha ortib boradi. Chunki bu davrda daryolar minerallashgan sizot suvlar evaziga ham ta’minlanadi. Sug’oriladigan yerlaming kengaytirilishi va sho’rlangan qo’riq yerlaming o’zlashtirilishi ko’p miqdorda kollektor-zovur suvlarini shakllanuviga olib kelmoqda va bu suvlami ochiq suv havzalariga tashlanishi oqibatida ularning minerallashganlik darajasi ortjb ketmoqda. Respublikada ifloslangan suvlaming vujudga kelishida sug’oriladigan dehqonchilikning ulushi 78 foizni, sanoat-18 va maishiy-xo’jalik 4 foizni tashkil etmoqda. Yerlami sug’orish va sho’r yuvish joyning gidroekologik sharoitlarini tubdan o’zgarishiga sabab bo’lmoqda. Kanallar va sug’oriladigan yerlardan suvni filtratsiyaga ko’p miqdorda isrof bo’Iishi sizot suvlar sathini ko’tarilishiga olib keladi va bu jarayonda ulaming tarkibi tuzlar bilan boyiydi. Shuningdek, atmosferadagi tuz aralashmalari tabiiy suvlar sifatiga ham sezilarli ta’sir etadj. Yer usti va yer osti suvlari qishloq xo’jaligida keng qo’llanilayotgan pestitsid va biogen moddalar bilan ham ifloslanmoqda. Tuproq bu moddalar bilan to’yinib, atrofmuhitni ifloslantiruvchi manbaga aylanib qolmoqda. Aviatsiya yordamida ekinlami ximikatlar bilan ishlov berishda qo’IIanilayotgan modalaming 20-40 foizigacha atmosferada tarqalishi aniqlangan. Markaziy Osiyoda zovurlashtirilgan yerlarda qo’llanilgan azotli o’g’itning 20 foizi, fosfoming I foizi, kaliyning 0,5 foizi sug’orish vaqtida oqova bilan olib chiqib ketiladi va ochiq suv manbalariga tashlab yuboriladi. Tabiiy suv manbalarini ifloslanishdan saqlashdagi asosiy tadbir-bu kollektorzovur va oqova suvlardan ekinlami sug’orishda keng foydalanish orqali ulami ochiq suv havzalariga tashlashga yo’l qo’ymaslikdir. Suv tarkibidagi oqiziqlar tarkibida ma’lum miqdorda oziq moddalar ham bo’lib, ular tuproq unumdorligini oshirishda ma’lum bir roini o’ynaydi. Misol tariqasida ko’rsatib o’tish mumkinki, Misrda Nil daryosining loyqa suvidan sug’orishda foydalanib, ekinlardan yetarlicha yuqori hosil olib kelinmoqda. Amudaryodagi oqiziqlar Karki shahri yonida yiliga 243 mln. tonnani tashkil etadiki, uning tarkibida kalsiy karbonat, kaliy va fosfor tuzlari kabi o’simliklar uchun zarur bo’lgan moddalar mavjud. Bunday suvlar bilan sug’orish natijasida bir vaqtda o’simliklaming oziq unsurlariga bo’lgan talabi ma’lum darajada ta’minlanadi. Sholining mavsumiy sug’orish me’yorini 25-30 ming mVga va Sir- daryoning quyi oqimidagi suvning loyqaligini 2,64 g/l ekanligi inobatga olinsa, aytish mumkinki, sug’orish suvlari bilan har gektar yerga mavsumda 25-30 t oqiziq tushadi va uning qaJinligi 10 yil davomida 2,5 sm. ni tashkil etadi. Ekinlami sug’orishda minerallashgan suvlardan foydalanish evaziga tuproqda ma’lum miqdorda tuz to’planishi ham kuza- tiladi. Masalan, suv tarkibida 1,5 g/l tuz bo’lsa va mavsumiy sug’orish me’yori 5000 m3/ga. ni tashkil etsa, sug’orish orqali har gektar yerga 7,5 t tuz kelib tushadi. Suv tarkibida natriy ionining ko’p bo’lishi tuproqning sho’rtoblanishiga sabab bo’ladi. Tarkibida xloridli tuzlar ko’p bo’lgan suvlar bilan sug’orish o’simlikka juda kuchli salbiy ta’sir ko’rsatadi: xloridli tuzlar I g/l. gacha bo’lgan suvlardan yengil tuproqlarda va 0,5 g/l. gacha bo’lgan suvlardan esa barcha tuproqlarda foydalanish mumkin. Suvning sifati sug’orish texnikasi va yomg’irlatib sug’orish mashi- nalarining uzluksiz ishlashiga ham ta’sir etadi. Shu sababdan loyqaligi 4-5 g/1 bo’lgan suvlardan foydalanishda egifuvchan shlanglarni loyqa bosmasligi uchun ularning uzunligi 150 m. dan ortiq bo’lmasligi, diametri 200 mm va suvning oqish tezligi 1,5 m/sek. dan kam bo’lmasligi lozim. Yomg’irlatib sug’orish mashinasiga uzatilayotgan suv tarkibida qattiq qo’shilmalaming o’lchami 0,2-0,5 mm. dan kichik bo’lishi lozim. Talabga javob bermaydigan sifatga ega suvlar foydalanishdan oldin qator tadbirlar evaziga yaxshilanadi. Suv sifatini yaxshilash deganda uning tarkibidagi moddalar miqdorini aniq bir iste’mol turi uchun yo’l qo’yiladigan darajaga yetkazish tushuniladi. Sug’orish uchun ishlatiladigan suvlaming sifati uning tarkibidagi tuzning miqdori va tarkibi, loyqaligi, shuningdek, unda patogen mikroblar mavjudligi bilan belgilanadi. Sug’orish uchun suvlaming yaroqliligi uning tarkibidagi mod- dalar konsentratsiyasi, tuproq xossalari, iqlim sharoitlari va parva- rish qilinayotgan ekinlaming biologik xususiyatiari bo’yicha aniqlanadi. MinerallashganJik darajasini kamaytirish uchun bunday suvlar daryo (chuchuk) suvi bilan aralashtiriladi. Chiqindi suvlar maxsus inshoot- larda sun’iy tozalashlardan o’tkaziladi. Loyqa oqiziqlardan tozalash maqsadida daryolardan suv olish qismida maxsus tindirgich -hovuzlardan foydalaniladi. Sug’oriladigan yerlarning tobora kengaya borishi bilan suv taqchilligi kuchli sezilayotgan Markaziy Osiyoda qo’shimcha suv zaxiralari axtarish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan qishloq xo’jaligida mahalliy suv resurslari kollektor-zovur minerallashgan suvlari, sizot suvlar, chiqindi va oqova suvlardan keng foydalanish suv xo’jaligi va meliorativ nuqtai nazarlaridan katta ahamiyat kasb etadi. Sho’rlangan yeriarda kollektor-zovur suvlari turlicha minerallashgan- likka ega. Sug’oriladigan yeriarda kollektor-zovur suvlari yer usti suv- larini ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Sug’orish suvlarini tarkibidagi tuz miqdoriga ko’ra 5 ta guruhga ajratish mumkin. Kollektor-zovur suvlaridan qishloq xo’jaligida foydalanish quyidagi afzalliklarga ega: suv zaxiralari ko’payadi, joylarda bevosita ishlatilganligi tufayli magistral va taqsimlash kanallari qurish talab etilmaydi, tarkibida oqiziqlar kam va tuzlar ko’p bo’lganligidan sug’orish tarmoqlarini loyqa va begona o’tlar kam bosadi, sug’orish tizimiga suv manbalaridan kam suv olinganligi evaziga suvni filtratsiyaga sarfi kamayadi, sizot suvlarning sathi pasayadi. Sug’orishda minerallashganligi 5-6 g/l gacha bo’lgan zovur suvlaridan jahonning ko’p mamlakatlarida AQSh, Tunis, Jazoir, Eron va boshqa mamlakatlarda keng miqyosda foydalanib kelinmoqda. Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlarida minerallashgan suvlar g’o’za, sabzavot, poliz ekinlari, tokzorlarni sug’orishda juda qadimdan ishlatilmoqda. O’zbekistonda minerallashgan suvlardan foydalanish miqdori yilning suv bilan ta’minlanganlik darajasiga bevosita bog’liq bo’lib qoldi. Kollektor-zovur suvlarini minerallashganlik darajasining nisbatan kam bo’lishiga (1,37-1,62 g/l) qaramay Namangan, Andijon viloyatlarida ayrim yillari ularning atigi 3,5-4,3 foizigina foydalanilgan. Sirdaryo viloyatida minerallashganligi 1,39 (xlor-0,16) g/l bo’lgan zovur suvlari yiliga 2,5 km dan ortiq miqdorda deyarli 3000 ga yerni sug’orishda qo’llanilmoqda. Vertikal zovur suvlari respublika miqyosida 2 km1 dan ko’p bo’lib, ulaming minerallashganligi 0,5-1,14 (xlor-0,02-0,11) g/l. ni tashkil etadi. Minerallashgan kollektor-zovur suvlaridan foydalanish mumkinligini Havza boshqarmalari tomonidan atroflicha o’rganilgan. Ba’zi ma’lumotlar kollektor-zovur suvlarini tuproq va o’simlikka zararli ta’sir etishini ko’rsatsa, ayrimlari ijobiy natijalarga erishish mumkinligini e’tirof etadi. Minerallashgan suvlardan foydalanish samarasiga ekinning biologik xususiyati va tuz ta’siriga chidamliligi, tuproqning suvfizik xossalari va zovurlashtirilganlik darajasi, suvning minerallashganligi va tuz tarkibi kabi omillar kuchli ta’sir etadi. T.P. Gluxova va G.A. Korolyova (1984) ma’lumotlariga ko’ra MirzachoMning qadimdan sug’orib kelinayotgan yerlarida minerallashganligi 3 (xlor - 0,3) g/l bo’lgan suvlardan uzoq yillar davomida foydalanish tuproqning meliorativ ahvolini yomonlashuviga va hosildorlikni pasayishiga olib kelmaydi. Xlor miqdorining 0,5 g/l. dan ortishi tuproqning sho’rlanish xavfini tug’diradi. Bespalov (1984) suv bilan kam ta’minlangan yillari kollektor-zovur suvlaridan g’o’zani sug’orish va sho’r yuvishda keng foy- dalanish mumkinligini ko’rsatadi. Bunda suvlarning minerallashganlik darajasini ruxsat etiladigan miqdori yengil va o’rtacha qumoq tuproq- larda quruq qoldiq bo’yicha 3-4 g/1, xlor ioni bo’yicha 0,5 g/l. gacha, og’ir qumoq va soz tupnoqlarda tegishlicha 2,0-2,5 va 0,5 g/l. gacha bo’lishini tavsiya etadi. Qoraqalpog’iston respublikasining xloridli va sulfatli o’rtacha sho’rlangan tuproqlarida g’o’zani sug’orish uchun tarkibida quruq qoldiq 2-3 g/l va xlor ioni 0,4- 0,5 g/1 bo’lgan zovur suvlari foydalanilganida sug’orishlar arafasidagi tuproq namligi chegaraviy dala nam sig’imiga nisbatan 80-65 foiz bo’lishi maqsadga muvofiqdir, bunda sug’orish sxemasi 1-3 (4)-0 ko’rinishda bo’ladi (U.Ismoilov, 1987). Ayrim tadqiqotchilarning (P.N.Besedin, G.Yo’ldoshev, X.Sobitova, 1984) ta’kidlashicha, Mirzacho’lIning qadimdan sug’orib kelinayotgan bo’z-o’tloqi tuproqlarida minerallashgan suvlardpn foydalanish oqibatida gumus, azot va fosforning sezilarli kamayishi kuzatilgan. Kollektor-zovur suvlaridan foydalanishda ulaming tarkibidagi tuz- larning ruxsat etiladigan miqdorlarini bilish muhim hisoblanadi. Bunda suvning tarkibidagi tuz miqdori va tarkibi tuproq xossalari hamda sug’oriladigan yerlaming meliorativ ahvoli kabi omillar e’tiborga olinadi. Tuproqning suv o’tkazuvchanljgi va zovurlashtirilganlik darajasi yaxshi, sizot suviari chuqurda joylashgan yerlarda suv tarkibi- dagi tuzlarning yo’l qo’yiladigan miqdori yuqori bo’ladi. Sug’orish uchun ishqoriy sho’rlangan suvlar yaroqsiz hisoblanadi. Natriy kationi ko’p bo’lgan suvlardan foydalanish ham maqsadga muvofiq emas, chunki u tuproqni sho’rtoblanishga olib keladi. A. Usmonov (1984) tomonidan O’zbekistondagi kollektor-zovur suvlarining gidroximiyasi o’rganilgan bo’lib, u suvlarning sifatiga ko’ra yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz, umuman yaroqsiz toifalarini ajratib ko’rsatadi hamda ulami qoMlash sharoitlari bo’yicha tavsiyalar beradi. Ko’pgina ilmiy ma’lumotlami umumlashtirish orqali ko’rish mumkinki, turlichicha tuproq meliorativ sharoitlarda g’o’zani sug’o rishda suvlarning ruxsat etilgan minerallashganlik darajalari turlichadir. Sug’orish suvining tarkibidagi tuzlar ko’rsatilgan miqdordan ko’p bo’lsa, bunday suvlar foydalanishdan oldin daryo suvi bilan aralashti- rilib, minerallashganlik darajasi yo’1 qo’yiladigan miqdorgacha kamaytiriladi. Suv bilan ta’minlanish kam bo’lgan yillari kollektor-zovur suvlari- ning minerallashganlik darajasi yuqori bo’lishini e’tiborga olgan holda ulami sug’orishdan oldin daryo suvi bilan 1:1 yoki 1:2 nisbatda aralashtirish maqsadga muvofiqdir. Agar minerallashgan suvlar bilan sug’orish me’yori tuproqning chegaraviy dala nam sig’imigacha suv tanqisligidan kam bo’lsa, u holda tuproqda tuz to’planish jarayoni yuzaga keladi. Shu sababdan bunday sharoitlarda sug’orish me’yori daryo suvi bilan sug’orishdagiga nisbatan 15-20 foizga, mavsumiy me’yori 20-25 foizga oshiriladi, ya’ni sho’r yuvish tariqasidagi sug’orish rejimi qo’llaniladi. Ekinlami minerallash- gan suvlar bilan sug’orishda sho’r yuvish tariqasidagi sug’orish rejimi qo’llanilmagan sharoitda har yili yoki bir necha yilda kuz—qish yoki erta bahorda bir marotaba sho’r yuvish o’tkazish talab etiladi. Minerallashganligi 6 g/l. gacha bo’lgan suvlardan sho’rlangan yerlarda foydalanishda sho’r yuvish me’yori 35-40 foizga oshiriladi. Minerallashgan suvlardan sug’orishda foydalanishda suv tarkibidagi tuzlar o’simlikka, ayniqsa, uning dastlabki fazalarida ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi. Sug’oriladigan yerlarda mo’tadil ko’chat qalinligini ta’minlash maqsadida ekish me’yori daryo suvi bilan sug’orish sharoitidagidan birmuncha oshiriladi. Minerallashgan suvlar bilan sug’orish sharoitida ekish me’yorlari t/r Ekinlar Suvdagi tuzlarning konsetrasiyasi, g/l 5 10 15 1 G’o’za 110 120 130 2 Beda 120 150 200 3 Makkajo’xori 105 125 140 4 Oq jo’xori 105 115 130 5 Arpa 110 130 140 1-jadval. Minerallashgan suvlar bilan sug’orish sharoitida ekish me’yorlari (chuchuk suv bilan sug’orishdagiga nisbatan foiz hisobida) O’zbekiston Respublikasida qolaversa Buxoro viloyatida ham qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda kollektor-zovur suvlaridan foydalanish imkoniyatlari juda katta hisoblanadi. Kollektor-zovur suvlaridan qishloq xo’jalik ekinlarini so’g’orishda keng foydalanish suv zaxiralarini ko’paytirish bilan bir qatorda yangi yerlarni o’zlashtirib, ularning suv ta’minotini yaxshilash uchun qulay zamin yaratadi. Hozirda kollektor-zovur tarmoqlariga kelib tushadigan zax va tashlama suvlar o’n millionlab metr kubni tashkil etib, ularning mineralizatsiyasi (2-7 g/l) unchalik yuqori emas va shu bilan birga ularning tarkibidagi suvda erigan o’g’itlar miqdori daryo suvlarinikiga nisbatan 2-5 barobar ortiqdir. Minerallashganlik darajasi yuqori bo’lgan suvlar bilan sug’orishda, albatta, sug’orish maydonlari zovurlangan va sug’orish me’yorining odatdagidan (20-30%) ko’p bo’lishligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Biroq bunday suvlar bilan uzoq muddatda sug’orish tuproqlarning sho’rlanishiga olib keladi. Minerallashgan zax va tashlama suvlar bilan sug’orishda, muntazam ravishda ularning minerallashganligi va sifati nazorat qilinishi muhim hisoblanadi. Minerallashgan zovur-tashlama suvlari bilan yer ustidan (egatlab, bostirib) sug’orish usulini qo’llash amalda mavjud. Ayniqsa, ular sholi yetishtirish orqali sho’rlangan yerlarning sho’rini yuvishda samarali hisoblanadi. Suv tanqis sharoitda mineralizatsiyalangan kollektor-zovur suvlaridan xavfsiz foydalanish darajasi muammosi haligacha hal etilmagan va qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orish uchun har xil tuproq-meliorativ sharoitlarda kollektor-zovur suvlaridan samarali foydalanish bo’yicha innovatsion texnologiyalarni qo’llashga bag’ishlangan tadqiqotlar olib borilmagan. Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma- bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti va kollektor-drenaj suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yo’qotilishini kamaytirish ustuvor vazifa hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi suv xo’jaligini 2020-2030- yillarda rivojlantirishning Konsepsiyasida bu o’z ifodasini topgan. O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligini suv bilan taminlovchi manbalar: -ichki daryolar va transchegaraviy daryolar; -katta va kichik suv omborlari; -tabiiy ko’llar; -yer osti suvlaridan suv oluvchi quduqlar; -oqova suvlar; -kollektor-drenaj suvlari. Ma’lumki sug’oriladigan yerlardan suv manbalari uzoqda joylashgan. Shu sababdan kanallar, ariqlar qazilgan. Respublikamiz hududidagi sug’oriladigan maydonlarda irrigatsiya tarmoqlari sug’orish suvini sug’orish dalasiga yetqazib beradi. Melioratsiya tarmoqlari esa ortiqcha suvlarni sug’orish dalasidan olib chiqib ketadi. Irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari har bir hudud bo’yicha juda keng tarqalgan. Sirdaryo viloyatining irrigatsiya tarmoqlarini hududlarda joylashgan uzunligidan bilish mumkinki sug’oriladigan yerga eng yaqin manbaa irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlaridir. Demak, bu ikki tarmoq orqali sug’orish dalasini suv bilan ta’minlash mumkin bo’ladi. Melioratsiya tarmoqlarini suvi sug’orishga yaroqsiz hududlarda chuchuk daryo suvlariga aralashtirish va biologik usulda tozalash orqali foydalanish mumkin. Bu usul amalda o’z isbotini topgan. Respublika suv xo’jaligi vazirligining ma’lumotiga ko’ra xozirgi kunda Respublikamizda jami 4900 ga yaqin tik quduq zovurlari mavjud bo’lib, ular 410 ming gektardan ortiq sug’orish maydonlarining yer osti suvlarini tartibga solib, asosan sug’orish maydonlaridan uzoqlashtirish (chiqarib tashlash) uchun xizmat qiladi. Tik zovurlardan har yili o’rta hisobda 1000 mln. m3 sizot suvlari chiqariladi. Tik zovurlarning sizot suvlarini yer ostidan chiqarish uchun o’rtacha ularni jami 18 mln. soat ishlashi rejalashtiriladi, afsuski tik zovurlarning ishlash koeffitsiyenti rejadagi ish tartibiga qaraganda ancha past (0.2). Agarda tik quduq zovurlar ishlamay qolsa bir mavsumda 4-6 ming ga sug’orish maydonlarining meliorativ holati birdaniga yomonlashib ketadi. Tik zovurlar keng tarqalgan massivlarda 15-25 ming ga maydonda har 70-100 tik quduq zovuri uchun ularga xizmat ko’rsatish uchastkasi tashkil etiladi. Bu foydalanish uchastkasi tik zovurlar ishini nazorat qilish bilan birga, kichik profilaktik ta’mirlash va tizimdagi ba’zi ehtiyot qismlarni almashtirish ishlarini, joriy ta’mirlash ishlarini bajaradi. Tik zovurlarning tarkibi. Yuqorida qayd etilganidek, tik zovurlarni, quritish me’yorining ( hnd ) qiymati kata bo’lganda va ortiqcha namiqqan suvli tarkiblar ichida qalinligi m 5 m, suv o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti k f 5 m/kun va suv o’tkazuvchanligi k fT m 100 m2 /kunbo’lgan geologik sharoitlar uchun, ayniqsa, bosimli yer osti suvlarining bosimini so’ndirishda,oqib kelayotgan sizot suvlarining oqimini to’sishda qo’llash tavsiya etiladi. Muntazam tik zovur zaxqochirish maydonida kvadrat yoki teng tomonli uchburchak ko’rinishida bir tekis joylash tiriladi. Tik zovurlar kvadrat ko’rinishda joylash tirilganda quduqlarorasi1, 77∙R, uchburchak ko’rinishida joylashtirilganda 1, 9∙R qilib belgilanadi. Odatda bitta tik zovur 50-100 ga maydonga xizmat qilib, uning debiti 20-200 l/s ni tashkil etadi. Tik zovur litologik qirqim tarkibiga binoan va suv ta’minotining turiga qarab, ayrim yoki chiziqli ko’rinishida ham joylashishi mumkin. Bu vaqtda zovurlarning hisobi muntazam tik zovurlar hisobidan farq qiladi. Tik zovurlar 20-150 m chuqurlikda 40-100 sm li burg’u quduqlari ko’rinishida bo’lib, yer osti suvlarini so’rib chiqarish va zaxqochirish maydonidan uzoqlashtirish vazifasini o’taydi. Burg’u quduqlaridan suv so’rilishi natijasida sizot suvlari sathi keskin pasayadi va diametri 2∙Rbo’lgan voronka hosil bo’ladi . Tik zovurlar yotiq zovurlarga nisbatan sizot suvlari sathini kattaroq qiymatda pasaytirishi, yer yuzasida juda kichik maydonni band qilishi, yer osti suvlaridan sug’orish maqsadida foydalanish mumkinligi bilan ustunlikka ega. Uning kamchiliklariga elektrenergiyasining, nasos qurilmasining zarurligi va undan foydalanishda ekspluatatsion xarajatlarining kattaligi kiradi. Amaliyotda muntazam, ayrim, iluvchi va qirg’oq tik zovurlari farqlanadi. Muntazam tik zovurlar butun zovurlanadigan maydon bo’yicha zax suvlarini zax qochirish maydonidan olib chiqib ketish nuqtai nazaridan joylashtiriladi. Ilib oluvchi tik zovurlar yer osti suvlar oqimi yo’li bo’ylab, bir yoki bir nechta qator qilib joylashtiriladi. Qirg’oq tik zovurlari esa, daryo o’zani bo’ylab yoki suv omborining dambasi yoqalab sug’orish maydonlarini himoyalash maqsadida joylashtiriladi. Tik zovurlarda burg’ulangan quduq murakkab va shu bilan birga asosiy qism hisoblanadi. U yer osti va yer usti qismlaridan tashkil topib, yer osti qismi suv qabul qiluvchi qism (ko’p hollarda zovurlanuvchi tuproq bilan tushirilgan quvur o’rtasidagi qum-shag’al to’kmasi), filtrli quvur, suv ko’taruvchi quvurlar bilan jihozlangan nasos qurilmasi va suv sathini ko’rsatuvchi datchiklardan tashkil topgan. Quduqning tuzilishi va tarkibiy qismlari. Quduq tik zovurli meliorativ tarmoqlarning eng murakkab, asosiy qismi hisoblanadi. Quduqlarning konstruktsiyasi va ko’rsatkichlari gidrogeologik sharoitlarga va zaxi qochiriladigan tarkibning litologik tuzilishiga, talab qilinadigan quduq debitiga va quritish me’yorining qiymatiga, burg’ulash texnologiyasiga va suv ko’taruvchi nasoslarning ko’rsatkichlariga qarab aniqlanadi. Konstruktiv jihatdan burg’u quduqlari filtr bilan jihozlangan suv qabul qiluvchi qismdan, zax suvlarni so’rib chiqaruvchi quvurlardan va nasos qurilmasidan tashkil topadi. Filtrlarning konstruktsiyasi suvli qatlam qalinligi va mexanik tarkibi, sizot suvining kimyoviy tarkibi, quduq debiti va quduqdan olinadigan suvning hajmiga bog’liq holda qabul qilinadi. Qum-shag’alli va yirik toshli suvli qatlamlarda teshik yoki tirqishli, gohida esa, simli to’r bilan o’ralgan quvurli oddiy filtrlar qo’llaniladi. Suvli qatlam mayda zarrali gruntlardan tashkil topganda teshik yoki tirqishli quvur filtrlari oldida qum-shag’alli sun’iy filtrlar hosil qilinadi. Quduqning diametri filtrli karkas (sinch) va qum-shag’alli filtr to’kmasining qalinlik o’lchamlariga ( Dr Df k 2 mfil ) qarab qabul qilinadi va 50 mm dan kichik bo’lmasligi kerak. 25.2. Tik zovurlardan foydalanish xizmatini tashkil etilishi Tik zovurlardan foydalanish xizmatini yaxshi tashkil etilishi ularni ishonchli va uzoq vaqt ishlashini kafolatidir. Bu holat sug’orish maydonlaridagi meliorativ tadbirlarni samaradorligini oshiradi. Tik zovurlar tizimini xususiyati ulardan foydalanishda mahsus mutaxassisliklar (elektriklar, mexaniklar), avtokranlar, burg’ulash qurilmalari ilan jihozlangan mahsus ta’mirlash xizmat guruhi, elektromotor va nasoslarni ta’mirlaydigan zavodlar qurishni hamda tik zovurlar tizimi uchun zaxira qismlar saqlaydigan joylarni tashkil etishni taqozo etadi. Yirik ta’mirlash ishlari uchun shartnomalar tuzadi. Tik zovurlardan foydalanish xizmat guruhining asosiy vazifalari bo’lib: • loyihaga asosan qurilgan tik zovurlarni to’liq,bekamuko’st qabul qilib olish; • tik zovur tizimini ishchi holatda saqlab turish; • tik zovurlarni meliorativ ta’sirini oimiy nazorat qilib borish; • ko’zlangan meliorativ rejimga erishishda meliorativ maydonlardagi gidromeliorativ va agrotexnik tadbirlar bilan doimiy aloqada bo’lish; • meliorativ maydonlarini unumdorligiga bog’liq ravishda tik zovurlar tizimi samaradoligini ta’minlovchi ish rejim bo’yicha hujjatlar va hisobotlarni to’zishlar hisoblanadi. Tik zovurlarni foydalanishga qabul qilib olish mahsus dalolatnoma bo’yicha tik zovur to’liq qurilib bo’lgandan so’ng amalga oshiriladi. Tik zovur qurilish ishlari bajarilishi bilan bu to’g’risida dalolatnomalar tuzilib boriladi. Jumladan: ♦ quduqni burg’ulash tugallanganligi to’g’risida ; ♦ quduqqa filtrli karkas va uning atrofiga shag’al tushirilganligi to’g’risida; ♦ Q=f(s) va q=f(s) bog’liqlarini olish uchun qurilish va tajriba suv surib olish qiymatlari to’g’risida. Ulardan tashqari quyidagi ishlar bo’yicha mahsus dalolatnomalar to’ziladi: • loyiha bo’yicha qurilgan nazorat pezometrlari uchun; • nasos qurilmasini qurish va sinab ko’rilganligi uchun; • avtomatika, telemexanika va aloqa tizimlarini qurish va jihozlanganligi uchun; • so’rib chiqarilgan suvlarni uzatish va qabul qilish inshootlari qurilganligi uchun; Tik zovur qurilishi va jihozlanishi tugashi bilan u ishga tushiriladi va u 15 -20 % ortiqcha yuklama bilan sinaladi. Sinov shag’alli suzma (filtr) shakllanguncha davom ettiriladi. Buning uchun tik quduqda suv tortish to’xtatilib va qayta ishga tushiriladi. Suv bilan qumni tortilib chiqishida davomat 5-10 minutdan oshmaslgi va suvdagi qum miqdori 0.01 % dan kichik bo’lishi tik zovurni foydalanishga tayyorlitgini bildiradi. Tik zovur qudug’i joylashgan maydoncha atrof maydonidan 0.5 m balandlikda bo’lishi va panjaralar Bilan o’ralgan bo’lishi shart. Bu maydonchada mahsus idishda 23 m3 qum shag’al to’kmasi zaxirasi bo’lishligi kerak. Tik zovurlardan foydalanishda ularni ish rejimi sug’orish massivini meliorativ va unga mos suv –tuz rejimiga moslangan holda olib boriladi. SHu bois tik zovurlardan foydalanishda ishni yaxshi tashkil etilishi meliorativ ishlarni ijobiy kafolati hisoblanadi. Tik zovurlarni ishonchli va uzoq muddatli ishlashi asosan quyidagilarga bog’liq: • tik quduq konasos stantsiyasi truktsiyasi va qum – shag’al suzgilarni o’zaro to’g’ri bog’liqlikda tanlanganligiga; • tik zovur qo’yilgan talablar bo’yicha to’g’ri qurilganligi va to’kma suzgini shakllanishiga; • Q=f(s) va q=f(s) qiymatlarini loyihaviy qiymatlari to’g’riligiga; • tik zovur qudug’idagi nasos markasini to’g’ri tanlanganligiga. YUqoridagi keltirilgan talablarni to’g’ri bajarilmaganligi tik zovurlardan foydalanishda belgilangan meliorativ tadbirlar unumini keskin kamayishiga va yomon oqibatlarga sabab bo’ladi. Tik zovurlardan foydalanish amaliyotidagi tajribalarni ko’rsatishicha loyihalashtirilgan tik zovurlarni tezroq ishga tushirish va ularan dastlabki foydalanish davrida to’liq yuklama bilan ishlatish kerak. Tik zovurlardan foydalanishda ularni hech sababsiz,rejasiz ishlamasligi sug’oriladigan maydonlarda sizot suvlarining ko’tarilishdagi loyihaviy ish rejimini bo’zilishiga, tik zovurlarni gidromorf rejimida ishlashiga sabab bo’ladi. Natijada sug’orish maydonlarida qishloq ho’jalik ekinlarining hosildorligi keskin pasayishi kuzatiladi. Tik zovurlarni ishini to’xtab qolish sabablariga: • elektr quvvatining yo’qligi; • nasosni yoki tizimni ta’mirlash; • xo’jaliklarni iltimosi; • tik zovurlardan foydalanish xarajatlarini to’lay olmasliklari misol bo’ladi. Oxirgi yillarda tik zovurlarni ish koeffitsiyenti 0.2 ni tashkil etilganligini asosiy sababi nasosni yoki tizimni ta’mirlash hisoblanmoqda, chunki tik zovur ish rejimni bo’zilishi (uni to’xtashi, turli yuklamada ishlashi va h.o.) uni qum bosishga olib keladi. Bu holat esa: • tik quduqda qum cho’kishiga va ularni muntazam ravishda erlift bilan tozalash (chunki tik quduqni ko’rsatkichlari keskin yomon tomonga o’zgaradi) ga; • nasoslarni yeyilishiga va ishdan chiqishiga, uni to’xtashiga,nasosni ish soatlarini 2-3 marotaba kamaytirishga; • suv bilan qumni surib chiqarilishi ba’zida quduq maydonchasini cho’kishiga olib keladi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda tik zovurlardan foydalanish xizmat guruhi tik zovurlarni ishlashini, ish rejimini o’zgartirmasligini, ularni to’xtashini faqat profilaktika uchun va sug’orish mavsumi tugaganda amalga oshirishlari kerak. Tik zovurlarni ishga tushirishdan oldin ularni chuqurligini tekshirish, ularni pasport ko’rsatkichlari qiymatlarini, nasoslarining quvvatlari mos kelishini tekshirish kerak. Yillik profilaktik ta’mirlash va tik zovurni yer usti maydonchasini estetik va texnik tomondan soz ushlab turish ham texnik xizmat guruhini asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi Download 36.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling