Kolloid eritmalarning olinishi


Tajribani bajarish tartibi


Download 279.59 Kb.
bet10/21
Sana08.01.2022
Hajmi279.59 Kb.
#249463
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
KOLLOID ERITMALARNING OLINISHI

Tajribani bajarish tartibi

50 g kristallik natriy tiosulfat Na2S2O3 ∙ 5H2O 30 ml suvda eritiladi. 300 ml li stakanga 38 ml konsentrlangan sulfat kislota (solishtirma og’irligi 1,84) quyiladi va stakan maydalangan muzga botirib qo’yiladi. Kislota yaxshilab aralashtiriladi va oldindan tayyorlanib, tomizg’ich voronkaga quyib qo’yilgan natriy tiosulfat eritmasi sekin - asta qo’shiladi (bu ish mo’rili shkafda bajarilishi kerak). Reaksiya natijasida och sariq quyuq massa hosil bo’ladi. Unga 100 ml suv qo’shiladi va qaynab turgan suv hammomida 30 – 60 minut istiladi, bunda moddalar vaqti – vaqti bilan aralashtirib qo’yiladi. Eritma sovutilgandan keyin hosil qilingan sutdek oppoq oltingugurt zoli shisha paxta orqali filtrlanadi. Oltingugurt zolida ortiqcha elektrolitlar, asosan sulfat kislota hamda natriy sulfat bo’ladi. Sulfat kislota bilan natriy sulfatni yo’qotish uchun zol to’la koagullantiriladi (cho’ktiriladi); buning uchun eritmaga toza natriy xloridning to’yingan eritmasidan ozgina qo’shiladi. Eritma yaxshi tindirilgandan keyin cho’kma suyuqlikdan ajratib olinadi, filtr qog’oz orasiga olib siqiladi va distillangan suvga solib peptizlanadi. Suvda erimagan qismini ajratish uchun zol boshqa stakanga quyib olinadi. Shu usulda hosil qilingan oltingugurt kolloid eritmasi juda yuqori dispers darajaga ega bo’ladi.




Download 279.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling