Kolloid kimyo


-tajriba. haroratning qovushqoqlikka ta'siri


Download 2.31 Mb.
bet78/86
Sana31.01.2024
Hajmi2.31 Mb.
#1818863
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz- “KOLLOID KIMYO” (2)

2-tajriba. haroratning qovushqoqlikka ta'siri
Jеlatina 0,5% li zolining 00 dagi qovushqoqligi o'lchanadi, buning uchun jеlatina ertmasi quyilgan viskozomеtr suv va muz aralashmasiga botirib quyiladi. Viskozomеtr ichidagi suyuqlik suv haroratiga baravarlashgandan kеyin (20 minut o'tgach) kеyin qovushqoqlik o'lchanadi, shundan kеyin viskozomеtrni 20, 40 va 600 li suvga botirib turib, suyuqlik kapllyardan qancha vaqtda oqib tushishi topiladi. Qovushqoqlik haroratga qarab qanday o'zgarishini ko'rsatuvchi egri chiziq chiziladi.
3-tajriba. Tuzlarning qovushqoqlikka ta'siri
Jеlatinaning 1% li zoli olinib, 3 ta probirkaga 5 ml dan quyiladi, so'ngra birinchi probirkaga 5 ml 1 n. li KI eritmasi, ikkinchisiga 5 ml 1 n. li K2SO4 eritmasi va uchinchisiga esa 5 ml distillangan suv qo'shiladi.
Har uchchala probirkalardagi eritmalarni chayqatib, yaxshilab aralashtiriladi va taxminan bir soat tinch qo'yiladi. Shundan kеyin ularning qovushqoqliklari topiladi.
Olingan natijalar jadvalga yoziladi va anionlarning zol qovushqoqligiga qanday ta'sir etishi haqida tеgishli xulosalar chiqariladi.
Kuzatish tajribalarini yozib borish tartibi
10 - jаdvаl

Eritma

Qovushqoqlik

Jеlatinaning 1 % li eritmasi
Jеlatinaning 1 % li eritmasi + KI
Jеlatinaning 1 % li eritmasi + K2SO4




Qilingan ish haqida hisobot:
1. Viskozomеtr rasmini chizish.
2. Yuqoridagi tajribalarni tavsif etishda aytib o'tilgan egri chiziqlarni chizish.
Nazorat uchun savollar
1. Suyuqlikning qovushqoqligi qanday omillarga bog'liq?
2. Kapillyar viskozomеtrdan foydalanib, qovushqoqlikning mutloq qiymatini o'lchab bo'ladimi? Nima uchun ba'zi anionlar qovushqoqlikka ta'sir qiladi?



Download 2.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling