Kolloid sistemalarning struktura hosil qilishi Kolloidlarning elektrik xossalari
Download 21.14 Kb.
|
1476967163 65796
Kolloidlarning koagulyatsiyasi Reja: Kolloid sistemalarning struktura hosil qilishi Kolloidlarning elektrik xossalari Kolloid sistema dispers fazaning solishtirma sirti katta bo’lganligi sababli sistemada ortiqcha erkin sirt energiya hosil bo’ladi. Shuning uchun kolloid sistemalar termodinamik jihatdan barqaror bo’lmaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq erkin energiya minimumga intilishi kerak. Kolloid zarrachalar bilan suyuqlik chegarasi orasidagi sirt kamaygandagina kolloid sistemadagi erkin sirt energiya minimumga erisha oladi. Kolloid zarrachalarning molekulyar kuchlar ta’siri ostida o’zaro birlashib yiriklasha borish jarayoniga koagulyatsiya deyiladi. Yiriklanish jarayoni ba’zi kolloidlarda juda tez, ba’zilarida esa ancha uzoq davom etadi. Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari (suyuqlik va qattiq jismning solishtirma og’irliklariga qarab) idish tubiga cho’kish (sedimentatsiya, yoki emulsiyalarda suyuq qavat holida ajralib qolishi (koatservatsiya) mumkin. Dispers fazaning zarrachalari og’irlik kuchi ta’siri ostida sezilarli darajada cho’kmaydigan dispers sistemalar sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi. Dispers sistemaning sedimentatsion barqarorligi dispers faza zarrachalarining og’irlik kuchiga (yoki markazdan qochuvchi kuchga) bardosh berish qobiliyatini ko’rsatadi. Sedimenitatsion barqarorlik diffuziyaga va broun harakatiga bog’liq bo’ladi. Sistemaning sedimentatsion barqarorligini aniqlash uchun dispers faza zarrachalarining dispersion muhitdan og’irlik kuchi (yoki markazdan qochirma kuch) ta’siri ostida ajralib chiqish shartlarini ko’rib chiqish kerak. Suspenziya va emulsiyalarda zarrachalarning o’lchamlari ancha katta bo’lganligidan ular o’z-o’ziga harakat qila olmaydi, ya’ni ularda diffuziya deyarli bo’lmaydi. Shuning uchun suspenziya va emulsiyalar sedimentatsion jihatdan barqaror emas. Demak, dag’al dispers sistemalar sedimentatsion jihatdan barqaror bo’lmagan geterogen sistemalardir. Kolloid eritmalarda dispers faza va dispersion muhit o’rtasidagi sirtning potensial energiyasi ortib ketadi. Erkin energiya minimumga intilganda kolloid eritmaning fazalar o’rtasidagi sirt energiya kamayishga intiladi. Kolloid eritma zarrachalarining bir-biri bilan qo’shilib, yiriklashish hodisasi koagulyatsiya (koagullanish) deyiladi. Yiriklashgan zarrachalar og’irlik kuchi ta’siri ostida eritmaning yuqori qismidan past qismlariga ko’cha boshlaydi, nihoyat zarrachalar eritmadan ajralib chiqadi. O’z-o’ziga qoldirilgan liofob kolloid ma’lum, ba’zan juda uzoq vaqt o’tgandan keyin koagulyatsiyalanadi. Turli vositalar yordami bilan koagulyatsiyani tezlatishi mumkin. Koagulyatsiyani uch xil yo’l bilan tez vujudga keltiriladi: 1) Zolga elektrolit qo’shish; 2) Zolga boshqa kolloid qo’shish; 3) Zolni qizdirish yo’li bilan. Download 21.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling