Kolloid sistemalarning struktura hosil qilishi Kolloidlarning elektrik xossalari
Kolloid sistemalarning struktura hosil qilishi
Download 21.14 Kb.
|
1476967163 65796
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kolloidlarning elektrik xossalari
Kolloid sistemalarning struktura hosil qilishi
Kolloidning mithellalari ikki xil shaklda bo’ladi: 1) simmetrik mitsella (masalan, sharsimon); 2) Asimmetrik mitsella (masalan, tekis plastinkasimon, cho’ziq tayoqchasimon). Mitsellaning shakli mitsella yadrosining kristallik tuzilishiga bog’liq, chunki yadro tarkibiga kiruvchi atom yoki molekulalar ma’lum tipdagi kristallik panjaraga ega. Asimmetrik zarrachalardan iborat kolloid sistemalar alohida xususiyatga ega, bu sistemalar ichida to’rsimon strukturalar hosil bo’ladi. Kolloidlarning elektrik xossalari Kolloid zarrachalarning sirti katta bo’lganligi uchun ionlar ularga oson yopishadi, ya’ni adsorbsiyalanadi. Adsorbsiyalangan shu ionlar kolloid eritmalarning barqarorligiga ta’sir qiladi. Kolloid eritma ichidagi barcha zarrachalar musbat yoki manfiy zaryadga ega bo’lib, bu zarrachalar bir-biridan qochadi, bu esa kolloid zarrachaning barqaror bo’lishiga olib keladi. Zaryadlangan qarama-qarshi zaryadli ionlarni tortib olishga intiladi, natijada zarracha bilan suyuqlik orasida, xuddi kondensator kabi qarama-qarshi zaryadli ionlar qavati, ya’ni qo’sh elektr qavat vujudga keladi. Zarrachaga yopishib olgan birinchi qavat (undagi qarama-qarshi zaryadli ionlar bilan birgalikda) adsorbsion qavat deyiladi. Suyuqlik qattiq zarrachaga nisbatan (yoki zarracha suyuqlikka nisbatan) harakat qilganida qo’sh elektr qavatning adsorbsion va diffuzion qavatlar chegarasida hosil bo’ladigan potensial elektrokinetik potensial deyiladi. Yana termodinamik potensial degan tushuncha ham bor. Termodinamik potensial qattiq zarracha sirti bilan suyuqlik o’rtasidagi umumiy potensiallar ayirmasini ko’rsatadi. Elektrokinetik potensial - E harfi bilan, termodinamik potensial - c harfi bilan belgilanadi. Termodinamik potensial orasidagi ayirma quydagicha, E = e – Z zarracha bilan harakat qiladigan suyuqlikning yupqa qavati va zarracha o’rtasidagi potensiallar ayirmasini ko’rsatadi. Eritmadagi barcha ionlar konsentratsiyasiga elektrokinetik potensial kattaligi ta’sir etadi, eritmada ionlar konsentratsiyasi kamaysa, ularda qattiq zarrachalar sirtidan uzoqlashgani sababli, qo’sh elektr qavatning qalinligi ortadi. Download 21.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling