Kombinatsiyalangan shikaslar
Download 9.63 Kb.
|
1 2
Bog'liqKombinatsiyalangan shikaslar-fayllar.org
Kombinatsiyalangan shikaslar KOMBINATSIYALANGAN SHIKASLARReja: Kombinatsion zararlanishlar haqida ma`lumot Birga qo`shilib kelgan shikastlanishlar tushunchasi. Og`ir zaralanishlarda birinchi yordam ko`rsatish. Organizm turli organ va sistemalarining mexanik shikastlanishi oddiy bitta va ko`p sonli shikastlanishlarga b`olinadi. Alohida shikastlanishi (bitta , oddiy )- bitta alohida organ yoki qo`l, oyoq, ko`krak qafasi, umurtqa pog`onasi, chanoq suyaklarininig alohida – alohida shikastlanishi tushuniladi. ichki a`zolarninig bir bo`shliqdagi bitta organing shikastlanishi (m: qorin b`oshlig`ida faqat jigarninig yoki taloqninig shikastlanishi ) ga oddiy shikastlanish turiga kiradi. Organizm tayanch- xarakat apparatining shikastlanishida, singan suyaklarning qirralari katta tomirlari va nerv tolalarini shikastlashiga asoratli shikastlanishlarga kiradi. Ko`p sonli shikastlanishlar guruhiga qo`yidagi mexanik shikastlanishlar kiradi: ko`plab (oyoq- qo`l suyaklarininig bir necha joyidan sinishi ) birga qo`shilib kelgan va kombinatsiyalangan shikastlanishlar kiradi. ko`plab uchraydigan mexanik shikastlanishlarga bir bo`shliqdagi ikki va undan ortiq organlarninig (masalan: jigarninig yorilishi va ichakninig uzilishi) oyoq – qo`l yoki chanoq suyaklarining birgalikdagi sininishi kiradi. Birga qo`shilib kelgan shikastlarga bir vaqtninig uzida ikki bva undan ortiq bo`shliklardagi organlarninig yoki ichki organlar va tayanch – harakat apparatininig birgalikda qo`shilib kelgan jarohatlari kiradi. Masalan: taloq va siydik pufagining jarohatlanishi , ko`krak qafasi bo`shlig`i organlari va oyoq -qo`l sinishi, miya- kalla shikastlanishi va chanoq suyaklarining sinishidir. Kombinatsiyalangan shikastlanishlar deb, xar xil shikastlovchi omillardan olingan. Masalan: mexanik, termik, va radiatsion(nurlanish) M: Son suyagining sinishi va tana turli soxalarining kuyishi kombinatsion shikastlanishlariga aytiladi. Shikastlovchi omillarninig turi bundan xam ko`p bulishi mumkin. Kombinatsiyalangan shikastlanishlar- avtoxalokatlarda, poezdlar, tuqnashganda samolyotlar xalokatida , yer qimirlashlari natijasida katta- katta binolar qulaganda, ommaviy qirg`in qurollari (atom bombasi va shunga o`hshashlar portlaganda) kelib chiqishi mumkin. Atom bombasi portlaganda bir vaqtning o`zida ikki, uch va undan ortiq shikastlanishlar ro`y beradi. uning ichida eng muhimlari qo`yodagilar xisoblanadi: 1. Mexanik va termik shikastlarninig birga uchrashi; 2. Mexanik shikastlanishning nurlanish bilan birga uchrashi. 3. termik jarohatlarning nurlanish bilan birga uchrashi. 4. Mexanik, termik, va nurlanish birga uchrashi. Koplab birga qo`shilib kelgan va kombinatsiyalangan shikastlanishlar uzining klinik bedlgilarining og`irligi va xilma- xilligi, xayot uchun muhim organlar ishining buzilishi, tashxisot va davolashning murakkabligi, nogironlik va ulim holatining yuqorili bilan xarakterlanadi. Bunday turlari shikastlanishi qo`yidagi asoratlar bilan birga kechadi: shikastlanish shoki ( karaxtligi) nafas olish va qon aylanish faoliyatininig buzilishi, ayrim xollarda terminil holatlarni yuzaga keltiradi. Kombinatsion shikastlanishlar qo`yidagi belgilari bilan harakterlanadi: -bir –birini og`irlashtirish sindromi bilan kechadi: Masalan: qon ketish sindromi shokninig kelib chiqishini tezlashtiradi, bu holat shikastlanishning kechishini va jabrlanuvchining axvolini og`irlashtiradi va o`lim holati yuz berishi mumkin. -Ko`pincha shikaslarning qo`shilib kelishi davolashga to`sqinlik, qarama- qarshilik qiladi: tayanch - xarakat apparatining shikastlanishida narkotik analgetiklar qollash kerak, lekin bosh- miya shikastlanishi bunga qarama- qarshilik qiladi va hokazo... - Bu holatda bemorninig hayoti uchun xavfli holatlar: ko`p miqdorda qon yo`qotish , shok , zaharlanish , o`tkir buyrak etishmovchiligi , tromboemboliya yuz berishi mumkin. - Og`ir kombinatsiyalangan jarohatlarda klinik simptomlarning yuzaga chiqishi yaqqol ko`rinmaydi va bu holat holat tashxisotninig noto`g`ri quyilishiga va qorin bo` shlig`idagi a`zolar zaralanishining to`liq anglanishiga xalaqit beradi. Og`ir shikastlanishlar darajasi umumiy travmaqtalogik bemorlarning -15-20 % ni tashkil qiladi. Ular orasidagi o`lim holati 16% 50 % gacha uchraydi. Shifoxonaga yotqizishdan oldingi tiby yordamining o`ziga hos xususiyatlari. Bunda bemorninig qismati birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning tezkorligi va ko`rsatiladigan yordamning ko`lamiga bog`liqdir.. Shikastlangan jabrlanuvchiga 1 tibbiy yordam ko`rsatilayotganda qo`yidagilarga katta ahamiyat berish zarur.: - shikastlanishga sabab bo`layotgan omil ta`sirini tuxtatish , bemroni xodisa yuz bergan joydan olib chiqish kerak; - qon ketishini tuxtatish - jarohatga steril bo`glam qo`yish; - immobilizatsiya qilish(xarakatsizlantirish)zarur; - og`riqsizlantiruvchi dorilar utkazish; -dori –darmonlar bilan davolash ishlari o`tkazish ; - og`iz bo`shlig`ini qon, shilimshiq , ovqat qoldiqlari; tuproq va protez tishlardan tozalalsh; kerak b`olganda bemorga intubatsiya qilib, og`izdan- og`izga va og`izdan- burunga sun`iyt nafas qilish; - kerak b`olganda yurakni bilvosita yopiq massaj qilish va yurak ichiga dori –darmonlar yuborish darkor. uz vaqtida va foydali ko`rsatilgan birinchi tibbiy yordam bemorni shifoxonaga nafas va yurak faoliyatining qoniqarli kursatkichlarda olib borish imkonini beradi. Shikastlanishlarning og'ir-yengilligi bu omillarning kuchiga va ta'sir qilish vaqtiga bog'liq. Shikastlanishlar bo'yicha quyidagi tasnif qabul qilingan. l.Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan shikastlanishlar. Bular o’z navbatida transport shikasti, temir yo’l, avtomobil, tramvay va hokoza, piyoda ketayotganda, sport shikasti, sport bilan shug’ullanganda, tabiiy ofatlar ta'sirida shikastlanishlar, yer qimirlash, sel kelish va hokazo, turmushda urush-janjallar oqibatida uchraydigan shikastlanishlarga bo'linadi. 2.Ishlab chiqarish bilan bogliq bo'lgan shikastlanishlar, ko'pincha sanoat korxonalarida va qishloq xo’jaligida ko'proq uchraydi. 3.Qasddan qilingan shikastlanishlar; harbiy holatlarda, o'z-o'zini o'ldirish, birovni qasddan o’ldirish va hakazo farqlanadi. Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita shikastlanishlarga bo'linadi: bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi, shishlar) bilvosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan shikastlanishlar. Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi: Ochiq va yopiq shikastlanishlar. Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanishga ochiq shikastlanish deyiladi. Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga yopiq shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho’zilish, suyaklar chiqishi, yumshoq to’qimalar ya'ni muskullar, paylar, tomirlar, nervlarning teri ostida uzilishi kiradi). Download 9.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling