Komiljon hashimov
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muslihiddin Sadiy: «Guliston»
Ayo edgu umgon esizlik qilip,
Tikan eylagan er uzum bichmas ul. Ya'ni: Ey, yomonlik qilib yaxshilikdan umidvor bo‘luvchi, tikan izgan (qidirgan) kishi hech vaqt uzum uzmaydi. Ayrim tadqiqotchilar Ahmad Yugnakiy asarlarida zamondan norozi- lik kayfiyatlari mavjudligini aytadilar. Lekin adibning asarlaridagi quyidagi misralar mazmuni uning zamondan emas, ba'zi kishilardan, ularning xatti-harakati va xulqidan norozi ekanligini ko'rsatadi. Chunonchi: Yirarsan zambnangni xalqin qo'dib, Zamonangni yirma, kishisin yir. Ya’ni: Xalqingni qo‘yib zamonangni ayblama, zamonangni emas, bal- ki kishilarni aybla. Shuning uchun ham alloma kishilarga yaramas ishlar qilmaslik, tinch va farog'atda yashash, halol bo'lish, ochko'z - suq bo'hnaslik, haromdan saqlanish kabi hayotiy pand-nasihatlar beradi. Ahmad Yugnakiy ham o'zining insonni kamolga etkazish borasidagi qarashlari bilan pedagogik fikr taraqqiyotida o‘z o'rniga ega. U «Hibat ul-haqoyiq» asarida komil insonni shakllantirishning o'ziga xos sistemasini yaratdi. Ahmad Yugnakiy tomonidan asoslangan barkamol insonni shakllan- tirish sistemasi o'zida quyidagilarni aks ettiradi: yuksak darajada naza- riy va amaliy bilimlami egallash, til va so‘z odobiga rioya etish, o'zida halollik, rostgoylik, kamtarlik, qanoatlilik, samimiylik kabi xislatlami namoyon eta olish, vafodor do‘st boTish. Allomaning nuqtai nazariga ko'ra, o'zgalar sirini saqlay olish, kamgaplik har bir so'zni o‘z o'rnida va lozim topilgandagina so'zlash, yuqori mansab yoki mavqega ega bo'lganda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsata olish kishining obro'siga obro‘ qo'shuvchi sifatlar bo'libgina qolmay, ayni vaqtda, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan salbiy holatlaming oldini oladi. Insonda baxillik, ochko'zlik, yolg'onchilik, 119 www.ziyouz.com kutubxonasi ikkiyuzlamachilik, takabburlik, zolimlik, jaholat, tanballik, shoshqaloq- lik, bilimsizlik, sabrsizlik, ko‘p gapirish va hokazo xislatlarning mavjud- ligi esa kishilar o'rtasida adovat, o'zaro urush-janjallarning kelib chiqishida asosiy omil bo'lib xizmat qilishini Ahmad Yugnakiy alohida qayd etadi. Muslihiddin Sa'diy: «Guliston» Muslihiddin Sa’diyning nomi butun dunyoga mashhur. Bu buyuk allomaning to“liq ismi Abu Abdulloh Mushrifiddin ibn Muslihiddin Sa’diy Sheroziy bo‘lib, Sharq va G'arbda Shayx Sa'diy degan nom bilan ulug'lanadi. Sa'diyning dovrug‘i Sherozdan Qashqargacha, Xitoy, Hindiston va Misrdan Shimoliy Afrikagacha yoyilgani bois unga «Shayx», ya’ni, ustoz nomi berilgandir. Olim va tarjimon Sh.Shomuhamedovning ta'kidlashicha, mutafak- kirning nomi, tug'ilgan yili, taxallusi turli manbalarda turlicha ko‘rsa- tilgan. Xususan, ayrim manbalarda allomaning nomi Mushrifiddin ibn Muslihiddin Abdulloh, boshqa manbalarda esa, Muslihiddin Sa'diy Sheroziy deyilgan. Alloma tavallud topgan yil ham turlicha ko'rsatiladi. Chunonchi, maz- kur sana ba'zi manbalarda hijriy 580 (milodiy 1184), hijriy 589 (milodiy 1193) hamda milodiy 1204-yil tarzida qayd etiladi. Adibning o'ziga «Sa'diy» taxallusini tanlashiga ham tadqiqotchilar turlicha yondashadilar. Ana shunday yondashuvlarningbirida mutafak- kir mazkur taxallusni forslar orasida mashhur bo'lgan hamda otabeklar sulolasini boshlab bergan Sa’d binni Zangi nomi asosida tanlaganligi qayd etilsa, yana bir boshqa o'rinda ushbu sulolaning vakili hisoblangan Sa’d П, ya'ni Sa’d ibn Abubakr nomiga nisbatan qabul qilganligi e'tirof etiladi. Muslihiddin Sa'diyning necha yil yashagani xususida ham turlicha fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar u 102 yoshga kirib vafot etgan desalar, boshqa bir tadqiqotda adibning 120 yil umr kechirganligi ta'kidlanadi. Aksariyat manbalarda mutafakkirning vafoti yili hijriy 691(milodiy 1291- 1292) -yil deb belgilangan. Muslihiddin Sa’diy коЪпа Eronning qadimiy shahri sanalgan Sherozda tug‘iladi. Uning otasi Sheroz hokimi Otabek Sa'diyning mulozimlaridan bo‘lgan. Yosh Muslihiddin otasidan erta ajraladi. Shu bois unga saroy nafaqasi belgilanadi. Muslihiddin boshlang'ich ma'lumotni Sherozda oladi, so'ngra Bag‘dod shahriga borib, u erda mashhur «Nizomiya» madrasasida tahsilni davom ettiradi. U madrasada arab va fors tillari grammatikasi hamda adabiyotni chuqur o'zlashtiradi. Sharq falsafasi asoslarini katta qiziqish bilan o‘rganadi. Madrasani tamomlagach, Sharqning ilm-fan va 120 www.ziyouz.com kutubxonasi madaniyat o'choqlariga aylangan eng mashhur, shaharlar bo'ylab sayohatga chiqadi. Muslihiddin Sa'diy 1255-yili sayohatdan Sherozga qaytib shahar chekkasida joylashgan Shayx Abu Abdulloh Xafif xonaqosida faqirona hayot kechiradi. Muslihiddin Sa'diy tomonidan yaratilgan barcha asarlar 19 bo'lim- dan iborat kulliyotida jamlangan. Bu to‘plam uning vafotidan 37 yil o'tgach, Abubakr Besutun degan kishi tomonidan to'plangan. Biroq keyinchalik nomi qayd etilgan ana shu muallif kulliyotni qaytadan tu- zib, g'azal va boshqa she'rlami radifi va qofiyasiga muvofiq alfavit tarzida joylashtirib chiqqan, ushbu kulhyotga allomaning to‘rtta devoni kiritilgan. Muslihiddin Sa'diyning jahonshumul ahamiyatga ega bo'lgan «Gulis- ton» va «Bo'ston» asarlarida allomaning ta'limiy-axloqiy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Manbalarda ta'kidlab o'tilishicha, muallif «Bo‘ston»ni 1257, «Guliston» asarini 1258-yili yaratgan. Mutafakkirning komil insonni tarbiyalash jarayonida muhim aha- miyat kasb etuvchi «Guliston» asari Sharq xalqlarining pedagogik fikr- lari tarixida o'ziga xos uslubga ega didaktik asar sifatida tan olingan. Ushbu asar muallifning boy hayotiy tajribasi asosida yaratilganligi bilan ham qimmatlidir. «Guliston»ning o‘zbek tilidagi tarjimalari 1390-1391-yillari Sayfi Saroyi, XIX asrda Muhammad Rizo Ogahiy hamda 1909-yili Murodxo'ja domla Solihxo'ja o‘g‘li tomonidan yaratilgan. 1968-yili esa, «Guliston» G'afur G'ulom, Shoislom Shomuhamedov va Rustam Komilov tarjimasida o'zbek tilida bosilib chiqdi. Asar sakkiz bobdan iborat. Boblar quyidagicha nomlangan: «Podshohlar odati bayoni» (I bob), «Darveshlar axloqi bayoni» (П bob), «Qanoatning fazilati bayoni» (П1 bob), «Sukut saqlashning foydalari bayoni» (IV bob), «Ishq va yoshlik bayoni» (V bob), «Zaiflik va keksalik bayoni» (VI bob), «Tarbiyaning ta'siribayoni» (VU bob), «Suhbat qoidalari bayoni» (VIII bob). Asarda Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib hamda Nizomul-mulk kabi mutafakkirlarning asarlarida bayon etilgani kabi insonning baxt- saodatli bolishini ta'minlay oluvchi jamiyat, fozil, odil va adolatli hukmdor hamda uning fazilatlari, saroy a'yonlari va ularning ma'naviy-axloqiy qiyofasi, davlatni adolatli boshqarish shartlari xususida so‘z yuritiladi. Mutafakkirning nuqtai nazariga ko‘ra, hukmdor ham oddiy inson sanaladi, u ham shaxsiy manfaatlari yo'lida harakat qilish huquqiga ega, biroq zimmasiga yuklangan ijtimoiy vazifaga ko‘ra u el-yurt manfaatini shaxsiy manfaatlaridan yuqori qo'yishi shart. Hukmdor, eng awalo, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta'minlash yo'lida sabot bilan kurashsa jamiyat taraqqiy etadi. 121 www.ziyouz.com kutubxonasi Sa'diy podshohlarning yuksak insoniy sifatlarga ega bolishlarini orzu qiladi. Elu yurt hukmdori sifatida e'tirof etilgan inson quyidagi fazilatlami o‘z qiyofasida namoyon eta olishi maqsadga muvofiqdir: adolatli, tadbirh, g'ayratli, shijoatli, fahm-farosatli, bilimdon, dono, ziyrak, oliyjanob, saxovatli, jasur, mard hamda fuqarolariga nisbatan g‘amxo‘r, do'st bilan dushmanning farqiga bora olish. Muayyan mamlakat fuqarolariga etakchilik, boshchilik qilayotgan podshohlarning yuqorida qayd etilgan fazilatlar egasi bolishlari hayotiy zaruriyathgini muallif ibratli hikoyatlar misolida ochib beradi. Asarda shunday hikoyat keltiriladi: «Bir kuni ov chog'ida mulozimlar No'shiravoni Odilga kabob tayyorlab berishmoqchiboTibdilar. Biroq o'zlari bilan olishgan masalliqlar ichida tuz yo‘q edi. Mulozimlar bir xizmatkomi ov uyushtirilayotgan manzilga yaqin qishloqdan tuz olib kelgani jo'nata- dilar. No'shiravon xizmatkorga shunday deydi: «Tuzningbahosini to'lab ol, toki tekinga olish odat qatoriga kirib, qishloq xarobalikka yuz tutmasin». Mulozimlar undan so'radilar: «Shu zig'irdek narsadan qishloqqa qanday zarar etadi?» No‘shiravon shunday javob berdi: «Awalda olamda zulm oz edi, keyinchalik har bir kelgan odam bir oz-bir ozdan qo'shdi, natijada zulm hozirgi darajasiga kelib etdi». Fuqaroning bog‘chasidan sulton uzsa bir olma, Navkarlari qo'poradi daraxtlarning ildizin. Zo'rlik bilan beshta tuxum ola qolsa podshoh, Askarlari sixga tortar tovuqlardan besh yuzin». Alloma podshohlaming adolatli bo'lmoqlarini nihoyatda muhim deb hisoblaydi. Hukmdorning ushbu sifatga ega boTishi mamlakatda tinch- lik, fuqarolar o‘rtasida o'zaro ahillik, hamjihatlilikning tarkib topishiga zamin hozirlaydi. Adolatli sulton hukmronlik qilayotgan mamlakatda xalq yurtboshidan ibrat oladi, uningdek ish yuritishga harakat qiladi. Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling