Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet30/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Yubordi o'glini maktabgapodsho, Qilibjqo'yniga nuqra taxtacha jo. Kumush ul taxtaga zardin bitibyod: «Ota mehridan afzal jabri ustod».
Allomaning qayd etishicha, muayyan hunarning egasi bo'lgan inson eng mashaqqatli damlarda ham o'zgalaming yordami va madadiga muhtoj bo'lmaydi, balki o‘z hunarining sharofati bilan muammolarni hal eta oladi. U insonlarning koriga yaraydi, ularning mushkullari echilishiga yordam beradi. Hunarsiz kimsa esa hamisha o'zgalardan madad kutib yashaydi, xoru zorlikda umr kechiradi. Mutafakkir ta'kidlab o'tganidek: «Hunar qaynar buloq, tuganmas davlat. Agar hunarmand molidan mahrum bo‘lsa, qayg‘usi yo'qdir, chunki hunarning o‘zi davlatdir. Hunarmand qaerga borsa, qadrlanadi va uyning to‘ridan joy oladi. Hunarsiz odam esa, hamisha mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi»:
Istar esang otangdan meros, Bogla otang ilmiga ixlos . Ne nafi bor otang boyligin, Bir kun tugatursan necha oyligin.
Sa'diyning «Guliston» asarida inson kamolotining ta'minlanishida tarbiyaning alohida o'rin tutishiga ham katta ahamiyat beriladi. Tarbiyani
126


www.ziyouz.com kutubxonasi




tashkil etish murakkab ish ekanligini ta'kidlagan holda bolaga juda yoshhgidan tarbiya berish maqsadga muvofiqligini uqtiradi.
Kimga yoshligidan berilmas odob, Ulg'aygach, boladi baxtsiz, dilig'ash. Hol novda egilar qay xilda egsang, Quruqni to'g'rilar faqat o't-otash.
Sa'diy mazkur asarida yuksak darajadagi insoniy xislatlar va ularga ega boTishning inson hayotidagi ahamiyati borasida batafeil so‘z yuritadi. Alloma insoniylik hamda saxiylik sifatlariga ega bo'lish shaxs kamoloti darajasini ko'rsatuvchi eng yuqori mezonlar ekanligini quyidagi satrlar orqali bayon etadi:
Qutida turganda burqmaydi ud, Sen olov ustiga uni tashlagil. Uluglik niyating bolsa saxiy bol, Urug' sochilmasa, unmaydi hosil.
Asarda saxiylik fazilati ulug'lanishi bilan birga, o'zgalar muruwati- ga sazovor bo'lgandan ko'ra mashaqqatli mehnatni afzal deb biladi. Zero, aksariyat o'rinlarda saxiylik sifatida namoyon bo'lgan holatlarning zaminida ta’ma, minnat kozga tashlanib qoladi. Minnatli, ta'mali lazzatli taomlardan ko‘ra, minnatsiz bir burda qattiq non, mehnat evaziga topilgan rizq afzaldir, deydi. Adib quyidagi ibratli hikoyatni keltiradi: «Hotami Toyidan: «0‘zingdan ko'ra saxiyroq biror odamni hech ko'rganmisan, yohud eshitganmisan?» deb so'radilar. HotamiToyijavob berdi: «Ha, ko'rganman. Bir kuni arab amirlarini ziyofat qilish uchun qirq tuya so'ygandim. Ittifoqo, bir zarurat bilan sahroga chiqishimga to‘g‘ri keldi. U erda cho'p-chumak terib dastalayotgan o'tinchini ko'rdim. Men unga dedim: «Nechun Hotamning uyiga bomaysan, axir, hozir bir talay odam uning ziyofat dasturxoni atrofida». U dedi:
O'z mehnatidan non egan kishi,
Hotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Hotam dedi: «Ana shu o'tinchini men o'zimdan ko‘ra saxovatliroq deb bildim».
Insoniylik fazilatlariga ega bo'lgan, o'zgalardan yordamini ayamagan, boshiga kulfat tushgan kishilarga yordamga oshiqqan, eng og‘ir damlar- da do'st yonida bo'la olgan, unga nisbatan g'animlik qilgan kimsalarga


127


www.ziyouz.com kutubxonasi




nisbatan ham muruwat ko‘rsata olganlar komil insonlar ekanligi allomaning qarashlarida mujassam etadi. 0‘zida yuksak darajada inso- niylik xislatlarini namoyon eta olgan No'shiravoni Odilni barcha uchun ibrat qilib ko'rsatadi. Xususan:
Er ostiga ko'mildilar talay nom chiqarganlar Va ularning borligidan erda nishon qolmadi. Olaksani tuproqlarga topshirib ketgandan so'ng, Tuproq uni eb bitirdi-yu, bir ustuxon qolmadi. No'shiravonning qutluq nomi haligacha tirikdir, Ammo qancha o'tib ketib No'shiravon qolmadi. Ey falonchi, yaxshilik qil, umringni bil g'animat, To kishilar aytguncha, «falon, falon qolmadi».
Muslihiddin Sa'diy asarlarida mehnat uhig'lanadi. Inson o‘z mehnati evaziga yuksak qadr-qimmatga ega bo'ladi deb hisoblagan alloma insonning hamisha o‘z mehnati, bilimi va hunariga tayanishi maqsadga muvofiqligini e’tirof etadi. O‘z mehnati biian kun kechirayotgan insonga ta’ma, ochko'zlik, hasadgo'ylik, hirs va nafs balosi begonadir. Mehnati natijasida xonadonida qutu baraka boladi, ehtiyoji uchun zarur narsalarni mehnati orqah topa olishiga ishonadi. Shu bois u o'zgalarga hasad qihsh tuyg'usidan yiroq bo'ladi.
Hikoyatlaridan birida yozadi: «Men bir donishmanddan: «Eng ashaddiy dushmaning ikki kifting orasida joy olgan nafsingdir», degan hadisning ma'nosi nima?» deb so'radim. Donishmand shunday javob berdi: «Ma'no- si shuki, har bir dushmanga ehson qilsang, u senga do'st ЬоЧасЬ, illo nafs degan narsaga qancha iltifot qilsang, adovatini shuncha oshiraveradi».

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling