Komiljon hashimov


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar


Download 386.06 Kb.
bet32/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar

  1. IX-XII asrlarda ta'limiy-axloqiy asarlarning paydo bo'lish shart- sharoitlari.

  2. Ta'limiy-axloqiy asarlar mazmunidagi o‘xshash va farqli tomonlar- ni aniqlang.

  3. Ta'limiy-axloqiy asarlarda ifodalangan komil insonga xos xislatlar jadvalini tuzing.

  4. Javonmardlik tarbiyasi haqida gapiring. Uning asosiy talablari qaysi asarlarda o‘z ifodasini topgan?

  5. Hozirgi davr ta'limida foydalanish mumkin bo'lgan tarbiya tajribalarimizga misollar keltiring.


132


www.ziyouz.com kutubxonasi




  • ВОВ. XIV-XVI ASRLARDA TARBIYA,
    MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKR


Qariyb bir yarim asr davomida mo‘g‘ullar istibdodi ostida xonavayron bo“lgan Movarounnahr xalqi XIV asr awallariga kelib mo'g'ullar zulmidan qutula boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo'lgan intihsh g‘olib keldi. Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘oldi, Samarqand va Xurosonda esa sarbadorlar qo‘zg‘olonlari ro‘y berdi. Natijada sarbadorlar bir muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar.
XIV asming ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri - XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar rivoj topa boshladi.
Sohibqiron Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida alohida o‘rin egallaydi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaro- unnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa boshladi.
Shuning uchun ham XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asr tarixda Sharq Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi deb ataladi. Chunki bu davr madaniyati o‘z yo'nalishi, iqtisodiy asosi jihatidan IX-XII asrlar madaniyatining davomi sanaladi.
XIV asming uchinchi choragi—XV asrda Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va madaniyat o'sdi. Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko‘p- lab shaharlarida Samarqandga hunarmandlar, olimu fozillar, san'atkor- lar, muhandislar olib kehndi va ulamingboy tajribalari, ijodiy mahorat- laridan ilm- ma'rifat, madaniyat, qurilishjabhalaridakengfoydalanildi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxona va rasadxona qurildi. Tibbiyot ilmini o'rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa hamda tarbiyashunoslikka oid asarlar yaratildi. Forobiy, Bemniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Sa’diy meroslarini, yunon-rim madaniyatini o'rganishga havas kuchaydi.
Amir Temur saltanatni barpo qilish va uni mustahkamlash uchun 133


www.ziyouz.com kutubxonasi




juda katta xizmat qildi. Uning buyuk xizmatlaridan eng muhimi - mamlakatda ta’limni rivojlantirish sohasiga qaratilganligi edi. Chunki uning e'tiqodiga ko‘ra, bihmdon va tadbirkor insongina mamlakatning rivojlanishiga hissa qo'sha oladi. Shuning uchun ham Sohibqiron bilimli va ishbilarmon, tadbirkor kishilarni tarbiyalashga katta e’tibor berdi. Bu borada ta'limning o'ziga xos o'rni bo'lishi kerakligini anglagan holda maktab va madrasalar qurdiradi. Saltanat poytaxti Samarqand atrofida o‘n ikki bog‘ va qasr yaratadi, Ko“ksaroy, uning atrofida esa Bo'stonsaroy bino etadi. Jome’ masjidi, maqbaralar, me'moriy obidalar qurdiradi. Bu ishlarga faqat Amirning o‘zi emas, uning atrofidagi yaqinlari ham turli madrasalar qurishga bosh-qosh bo'ladilar. Amir Temuming amirlaridan Idigu Temur, mavlono Qutbiddin, umr yo'ldoshi Saroymulkxonim, nabi- rasi Muhammad Sulton ham madrasalar qurdiradilar.
Madrasalar muayyan darajada ixtisoslashgan edi. Masalan, boshqa- ruv kadrlarini tayyorlash Muhammad Sulton madrasasida, diniy muassasalar uchun kadrlar tayyorlash mavlono Qutbiddin Sadr madra- sasi, umumiy mutaxassislar, ya'ni ziyoli, imom, olim, maktab o‘qituvchi- si tayyorlashga Idigu Temur, Saroymulkxonim madrasalari ixtisoslashgandi. Lekin ularning hammasida Qur'on, Hadis, fiqh o‘rganilgan. Madrasalarning ixtisosligiga ko‘ra umumi aqliya, umumi askariya, umumi ma'muriyalar ham o'rgatilgani haqida ma'lumotlar bor.
Madrasalarda darslar arab, fors, turkiy (o‘zbek) tillarida olib borilgan. Arab tili grammatikasini o'rgatishga koproq vaqt ajratilgan. Sa'diy Sheroziyning«Guliston», «Bo'ston», Farididdin Attorning«Mantiq ut-tayr» kitoblari u boshqa asarlar ham o'qitilgan.
Har bir madrasaning vaqfnomasida tolibi ilmlar, mudarrislar va boshqa xodimlarni qabul qihsh, o'quv ishlarini yuritish belgilangan.
Ulug'bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot, diniy bilimlarning ravnaq topishiga katta e'tibor berildi. Oliy maktab — madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G'ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo‘lib keldi.
Biixorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar haligacha ko'zga yaqqol tashlanadi: «Hm olmoqqa intilmoq har bir mushm va mushma uchun qarzu farzdir».
Ulugbek 1428—1429-yillari Samarqandda rasadxona qurdiradi. 1437- yih ana shu rasadxonada «Ko'ragoniy jadvali»ni, ya’ni yulduzlar jadvali- ni tuzadi. U yaratgan kutubxonada esa faiming turh sohalariga oid 1500 jild kitob mavjud edi.
Samarqand shahrida X asrda 17 madrasa ЬоЪЬ, ularda yirik ohmlar


134


www.ziyouz.com kutubxonasi




dars bergan bo'lsa, XIV— XV asrlarga kelib ular soni yanada ortdi. Tabobat ilmi, tarix, adabiyot va san'at rivojlandi. Boysunqur Mirzo davrida saroy kutubxonasi keng rivoj topadi. Uning rahbarligida kitoblarni ro‘yxatdan o'tkazish va ilmiy matnchilik ishlari ham olib borilgan. Firdavsiyning «Shohnoma» asarining shu davrda toliq matni tuzilib, miniatyuralar bilan bezatilgan.
Bular XIV asrning ikkinchi yarmi — XV asr Markaziy Osiyo tarixida Uyg'onish davri bo‘lib tarixga kirgan deya ohshimizga asos bo'la oladi.
Bu davrda o'zbek adabiyotida ham ancha siljish ro‘y berib, Atoiy, Sak- kokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiy tomonidan qimmatli asarlar yaratildi; tarixiy va adabiy asarlarni o'zbekchaga taijima qilish ishlari jonlandi.
Ulug“bek olimlarga homiylik qilib, fan ahlini rag'batlantirdi, uning o‘zi, ayniqsa, astronomiya va matematika fanlari bo'yicha katta ishlarni amalga oshirdi. Samarqandda Ulugbek tomonidan rasadxonaning barpo etihshi va uning o‘sha davr ilmiy markaziga aylanishi muhim voqea bo'ldi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mo'yiddin va uning o‘g‘li Mansur, Ali ibn Muhammad Birjandiy va boshqalar ijod etdilar. Hirotda esa, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, ulug' rassom Behzod, tarixshunos Xondamir, hattot Sulton AliMashhadiy va boshqalar ijodiyot cho'qqilariga ko'tarildilar.
Ulug'bekning shogirdi Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy (1403—1474) o'sha davrda Movarounnahming madaniy va ilmiy hayotida katta xizmat qildi. Astronomiya to'g'risida «Risolai dar falakiyot» degan kitob yozgan Ali Qushchi o‘z davrining Ptolomeyi deb shuhrat qozongan. Uning mazkur asarida geometrik bilimlaming asoslari bayon qilindi, nuqta, chiziq, yuza, aylana va shu kabi tushunchalar to“la ta'riflab berildi, tabiiyot fanlari va shuning singarilar sohasida boshlang'ich bilimlar bayon qilindi.
Sulton Husayn Boyqaro davrida olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotgakochibo'tdilar. Hirotilmiy-madaniy markazgaaylandi. Alisher Navoiy Hirotda fan, madaniyat, ma'rifat ishlarini yolga qo'yishda, u yemi obodonlashtirishda katta xizmatlar qildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnomawda Hirot to‘g‘risida yozar ekan butun dunyoda bunday obod shaharni ko'rmaganligini aytadi.
Alisher Navoiy ham masjidlar, madrasalar, hammomlar, kasalxona- lar, hovuz va ko'priklar, rabotlar qurdirgan. U shahaming eng xushha- vo joyida barpo etgan Xalosiya va Ixlosiya binolari gumhi fan, adabiyot, san'atga xizmat qiladigan madaniy markazga aylangan.
Hirotda Alisher Navoiy bilan birga Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin
135


www.ziyouz.com kutubxonasi




Behzod, xattot Sulton Ali Mashhadiy, kotib Mir Ali, sozanda Qulmuhammad, tarixchilar — Abdurazzoq Samarqandiy, Xondamir yashab, ijod etganlar.
Hirotda xattotlik san'ati rivojlangan. Hatto Buxoroda «Hirot yozuvi» mirzalar, xattotlar tomonidan 1920-yilgacha qo'llanilganini tarixchilar manbalarda keltiradilar.
Bu davrda Movarounnahrda ham san'at, arxitektura, binokorlik texnikasi ancha ravnaq topdi. Musiqa, tasviriy san'at, madaniyat, ada- biyot, ta'lim-tarbiyaga oid asarlar yaratildi. Hasan Nisoriyning (1556) «Muzakkir al-ahbob» tazkirasi, tarixiy va adabiy yodgorlik bo'lgan «Boburnoma» o'sha davrda yaratildi. Amin Ahmad Roziy «Haft iqlim» («Etti iqlim») degan geografik bibliografik lug'at tuzdi.
XVI asrda xattotlik san'ati yuksak darajaga etdi. Sulton Ali Mashha- diy, Mahmud ibn Ishoq ash-Shixaybiy va boshqalar ustoz xattotlar bolib nom qozondilar. Darvesh Muhammad ibn Do'stmuhammad Buxoriy xattotlik san'atining nazariyasi to‘g‘risida asar yozdi.
Bu davrda bir qancha ilm maskanlari bunyod etildi. Jumladan: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madra- sasi, Masjidi Kalon va boshqa inshootlarning qurilishi ta’lim-tarbiya ja- rayonida muhim bosqich bo'ldi.
Aholining savodxonligini oshirish, bolalarga ta'lim-tarbiya berish borasida ham muayyan darajada imkoniyatlar yaratildi. Xususiy mak- tablar yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o'qitish tadbirlari odat tusiga kirdi.
Shahar va qishloqlarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o'qitish 6 yoshdan boshlandi. Olti yoshli bolalar maktabga borib, alifbeni o'rganar, uning ayrim harflarini chizishni mashq qilar edilar. 0‘quvcliilar maktablarda savod chiqarganlaridan keyin madrasaga kirib ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim olar edilar.
Shulardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, XIV— XVI asrlar- da Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr yuksak taraqqiyot bosqichiga ko'tarildi.
Sohibqiron Amir Temur
(1336—1405)
Amir Temur Koragon ibn Amir Tarag'ay Kesh(Shahrisabz)ning Xo'ja Hg'or (hozirgi paytda bu qishloq Yakkabog' tumaniga qarashli) qishlog'i- da 1336-yilning 9- aprelida tavallud topgan. Uning otasi Amir Tarag'ay o'ziga to‘q, badavlat kishi bolgan. Onasi Tegina begim esa buxorolik taniqli olim Ubaydullohning qizi bo'lgan.
136


www.ziyouz.com kutubxonasi




Temur 7 yoshidan bilim ola boshlaydi. U bolalikdan mard, dovyurak, jasur bo'lib o‘sadi. Harbiy san'atni mukammal egallaydi. Qur'oni Karimni yod oladi, hadis ilmini o'rganadi. Dunyoviy bilimlarga ega boladi. Shuning uchun ham iymon-e’tiqodli, halol-pok, aql-zakovatli, o‘z e'tiqodiga mus- tahkam rioya qiladigan, adolatli inson bolib etishadi.
Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo'ravonlikni yoqtirmasdi. Inson- parvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, «Temur tuzuklari» hukmdor- ning hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me'yorini belgilab beruvchi yo'riqnomadir. Taniqli olim Bo'riboy Ahmedov «Temur tuzuklari» podsholarning turish-turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, deb ta'riflaydi.
Haqiqatan ham, mazkur asarni turmush odobi, hulq-odob qoidalari tartib berilgan an'anaviy asarlar qatoriga qo'ysak bo'ladi. Zero, tarixan talimiy-axloqiy asarlaming barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, so‘ng axloq me’yorlari bayon etiladi. Shunga ko'ra, bu asardan ta'limiy-axloqiy asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Amir Temur asarda insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, to‘g‘rilik, do'stlik va hamkorlik, mehr va muruwat ko'rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni ulug'laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda «rosti - rusti» qoidasiga rioya etgan Amir Temurning o‘zi naqshbandiylik tariqatidagi «Dil ba yoru, dast ba kor» prinsipiga ko‘ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy va boshqalar tomonidan targ'ib etilgan va haqiqiy komil inson, adolatli hukmdor uchun zarur bo'lgan quyidagi o‘n ikki qoidani o'ziga yo'riq qilib olganini ko'ramiz:/
Har erda ua har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda o‘n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko‘rish, faol- lik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko'rsatish, saltanat ishini yurg'izishda murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish ko'rish;davlat ishlarini yurg'izishda davlat qonun-qoidalarigaqat’iyrioyaqilish;adolat va insof bilan ish yuritish; sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni izzat-hurmat qilish; azmu jazm bilan ish ko ‘rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini olish; fuqaroning ahvolidan ogoh bolib turish; barchaga hurmat-e'tiborda bolish, yaxshilik, muruvvat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do'st birodarlarni doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo'lish; sipohiylarni hurmat etish va ularga g'amxo'rlik qilish.


137


www.ziyouz.com kutubxonasi




Ko'rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy etdi, davlatining nufuzi oshib, faqat Sharqdagina emas, balki G'arbda ham mashhur boldi.
Bu o‘n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o'zining hayoti prinsiplari haqida shunday degan:
«Men o‘z hayotim mobaynida besh narsaga qat'iy e'tiqod qo'ydim va hamishalig1 ularga amal qildim, ular ushbulardir:

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling