Komiljon hashimov
Download 386.06 Kb.
|
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak, 0‘rgangali ilm tolibi ilm kerak. Men tolibi ilmu tolibi ilmeyoq, Men bormen ilm tolibi, ilm kerak.
148 www.ziyouz.com kutubxonasi Yozuv ham yarim ilm, deb hisoblagan Bobur chiroyh va to‘g‘ri yozishga, fikrni aniq ifodalashga alohida ahamiyat bergan. Buni uning o‘g‘li Xumoyunga yoTlagan ushbu maktubi misolida ham yaqqol ko'rish mumkin: «Bu xatlaringni bitibsen va o'qumaysen ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘quy olmas eding. 0‘quy olmagandan so'ng, albatta, tag'yir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o'qusa bo'ladir, vale asru mugTaqtur. Nasri muammo hech kishi ko'rgan emas. Imlong yomon emas. Agarchi xeyli rost emas, iltifotni «ot» bila bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o'qusa boladur, vale bu muglak alfozingdin maqsud tamom mafhum bo'lmaydur. G'olibo, xat bitirda johillig'ing ham ushbu jihattindur. Takalluf qilay deysen, ul jihattin mug'laq bo'ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bilan biti; ham senga tashvish ozroq bo'lur va ham o‘qug‘uvchiga». Bobur ana shu maktubida o‘z o'glini adolatli, haqgo'y, insofli boTishga, kamtarlik va kamsuqumlikka undaydi. Bir she'rida: Davlatqa yetib mehnat elin unutma, Bu besh kun uchun o'zungni aseru tutma, — deb yozgan Bobuming o‘zi ham doimo ana shu qoidaga amal qilardi. Ulkan so‘z boyligiga ega bo'lgan va o'zbek adabiy tilining rivojida salmoqli o'rin tutgan «Boburnoma»da keltirilgan va asarning filologik qimmatini oshirgan ajoyib rivoyatlar, ta'sirchan she'riy parchalar, jozibador iboralar, ayniqsa, «Har kimdin yaxshi qoida qolg*on boTsa, aning birla amal qilmoq kerak», «Yomon ot bila tirilgandin yaxshi ot bila oTgan yaxshiroq» kabi juda ko‘p uchraydigan hikmatli so‘z darajasiga ko'tarilgan jumlalaming hammasi kishini bilimdonlikka, ezgulikka, xushfe’llik va shirinsuxanlikka chaqiruvchi xitobdek eshitiladi. Bobur kishining hayotdagi eng asosiy burchi hamma joyda ham o'zini tuta olishdan va yaxshi xulq-atvorli boTishdan iborat ekanini ta'kidlab: Xulqingni rost etgil, har sorig'aki borsang, «Ahsanta» der bori el, gar yaxshi ot chiqarsang, — desa; boshqalarga doimo yaxshilik qilish eng olijanob fazilat ekanini ta'kidlab: Bori elga yaxshilig'qilg'ilki, mundinyaxshi yo'q, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig', — kabi misralar orqali ifodalaydi. 149 www.ziyouz.com kutubxonasi O‘z ijodida ezgulikni, inoqlikni, vafodorlikni ardoqlagan shoir o'zidan awalgi kasbdoshlariga ergashib yovuzlikni, zulmni, qabihlikni qoralaydi. Xalqimizning «Ekkaningni — o‘rasan» degan naqliga amal qilib: Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa,jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlig' hargiz, Har kimki yomon bolsa, jazo topqusidur, — deb yozadiki, Bobur she'rlarida bunday hayotiy, jozibali misralar ko'plab topiladi. Bobur fikricha, yoshlar shaxsini hayotning o‘zi shakllantiradi, lekin bunda mehnat va mehnatda toblanish muhimdir. Mehnat qilgan va mashaqqat chekkan kishilardangina chinakam insoniy fazilatlar tarkib topadi... Download 386.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling