Komiljon hashimov


Download 386.06 Kb.
bet36/77
Sana13.05.2023
Hajmi386.06 Kb.
#1457047
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77
Bog'liq
k. hashimov, s. nishonova. pedagogika tarixi (1)

Hammadan avval farzand, bilimdan bahramand bol, Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon olgilyo'l.
Har bir kishiga bu so'z, oyna kabi ayondir, Dono tirik hamisha, nodon oliksimondir.
Abdurahmon Jomiy donolikni olqishlar ekan, awalo, mamlakatni boshqaruvchi hukmdorlar ilmli bo'lishi zarurligini, agar rahbar nodon, johil bo'lsa, el boshiga juda ko‘p kulfat va zulm yog'ilishi mumkinligiga alohida diqqatni tortadi:
Nodonga rahbarlik qilsa gar dono, Hmidan ishlar ham boladi alo.


152


www.ziyouz.com kutubxonasi




Dono suhbatidan bosh tortsa nodon, Davrondanyaxshilik ko'rmas hech qachon. Shoh agar bolmasa bilimdon, hakim, Jahl botqog'ida boTur muqim.
Yog'ar undan doim, jaholat, o4im, El boshiga tushar nadomat, zulm.
«Bahoriston» asarida esa, ilmni behuda egallamaslik, har bir shaxs jamiyat va o‘zi uchun foydasi tegadigan ilmlarni egallashi zarurligini ta'kidlaydi:
Eng zarur bilimni qunt bilan o'rgan, Zarur bolmaganni axtaribуигта. Zarurini hosil qilgandan keyin, Unga amal qilmay umr o'tkurma.
Darhaqiqat, Jomiy bu o'rinda ilmning inson uchun ahamiyati darajasini to'g'ri talqin etadi. Alloma ihn va himami e'zozlagan rahbaming o‘z xalqi hurmat-e'tiboriga sazovor boTishi hamda rahbar qachonki, elning ehtiromiga muyassar bo“lar ekan, ana shundagina mamlakat gullab- yashnashi mumkinligini ta'kidlaydi.
Jomiy asarda bilimning inson hayotidagi ahamiyati, jamiyat taraqqiyotini belgilashdagi o'mini ochib berish bilan birga, har bir kishi tomonidan biror hunar sirlarini o'zlashtirish foydadan hoh bo'lmasligini uqtiradi. Ayni o'rinda insonning qadr-qimmati uning molu mulki bilan emas, aksincha, u egallagan hunarning kishilar maishiy hayoti farovonligini ta'minlashdagi ahamiyati bilan belgilanishini ta'kidlaydi:
Mutafakkir bilim hamda hunarsiz kishini o'tindan boshqa narsaga yaramaydigan mevasiz daraxtga o'xshatadi. U har bir yoshni ilmu huriar sirlarini o'rganishga, bu yo'lda sabrli, matonatli bo'lishga undaydi. Hmu hunar kishi mushkul ahvolga tushib qolgan damlarda ham asqotuvchi vosita, aksariyat hollarda esa kishi nomini abadiylashtirilishini ta'minlovsi omil ekanligini qayta-qayta uqtirar ekan, har bir inson xoh yosh, xoh keksa, xoh shohu xoh gadoy bolsin, hunar o'rganishi farz ekanligini ta'kidlaydi. Mazkur fikrning haqqoniyligini «Iskandar xiradnomasi» dostonida sohibqiron Iskandarning ilmu hunar o'rganish yolidagi sa’i-harakatlarini boshqalarga nisbatan namuna sifatida ko‘r- satish orqali ochib beradi. Farzandining bilim, hunar va donishmandlik sirlarini o'rganib olishi uni baxt-saodatga olib boruvchi yo‘l ekanligini chuqur anglab etgan yunon podshohi Faylaqus o‘g“li Iskandarni mashhur


153


www.ziyouz.com kutubxonasi




olim, mutafakkir Arastuning oldiga olib borib, unga ilmu hunar sirlarini o'rgatishni iltimos qiladi. Arastu Iskandarning layoqati, ilmu hunar o'rganishga bo'lgan ishtiyoqini inobatga olgan holda unga mavjud bilim- larni o'rgatish bilan birga, uni davlatni muvaffaqiyatli boshqarish sirlaridan ham ogoh etadi. Iskandar qiyofasida namoyon bolgan ishtiyoq, ilmu hunar o'rganish yo'Iida har qanday mashaqqatlardan cho'chimaslik xislati uning etuk, bilimli, mard va o‘ta darajada ziyrak inson bo'lib shakllanishiga yordam beradi. Abdurahmon Jomiy ushbu holatni quyi- dagi misralar orqali yorqin ifoda etadi:
Iskandarning tab'i hunarsanj edi, Dilida hunardan g‘azna-ganj edi. Hech zoe ketmadi chekkan mashaqqat, Yoliga kiritdi bir olam hikmat. Ziyrak aqli bilan do'stlaridan ham, Har sohada o'zib ketardi ildam...
Bilim yolida tik, to'g'ri boldi u,
Donolar nazdida hikmat faqat shu... Qadam qo'ysa hikmat tola dil bilan, Hamma vaqt hammayoq boladi ravshan.
Abdurahmon Jomiy insonni shaxs sifatida tarbiyalashda moddiy omillar bilan birga, ma'naviy omillaming o‘rni ham beqiyos ekanligini ta'kidlagan holda, mazkur omillar sirasida musiqaning alohida o‘rni borligini ko'rsatib beradi. Alloma «Musiqa haqida risola» nomli asarida musiqa ilmining shakllanishi, ohanglarning turlari, maqom kuylarining mazmuni, musiqa asboblari hamda ularning vazifalari borasidagi ma’- lumotlarni bayon etar ekan, musiqaning inson ruhiga turlicha ta'sir ko'rsatishini aytib o'tadi. Xususan, ayrim musiqiy asarlar insonning ruhiyatiga ijobiy ta'sir etib, uning kayfiyatini ko'tarsa, ayrim kuy yoki qo'shiqlar kishida tushkun kayfiyatni hosil qilishiga e'tibor qaratadi.
Alloma dono hamda nodon odamlarni bir-birlariga qarama-qarshi qo'yadi. Bilimli, dono insonlar bilan bilimsiz, nodon insonlar o‘rtasida hamkorlik, hamfikrlilik yuzaga kelmaydi, zero, nodon hamisha muayyan xatti-harakatlarning asl mohiyatini to‘g‘ri baholay olmaydi. Abdurahmon Jomiy o'zining «Bahoriston» asarida mazkur fikrning nechog'li haqiqat ekanligini quyidagi misollar orqali ochib beradi:
«Bir bo'zchi bir olimga pulini omonat qo'ygan edi. Bir necha kundan keyin o'ziga kerak boTib qoldi va olimning uyiga keldi. Olim eshigi tagidagi supada o'tirib mudarrislik qilar, oldida shogirdlari saf tortib o'tirishar edi.
154


www.ziyouz.com kutubxonasi




  • Еу, ustod, kechagi omonatni bersang, kerak bo“lib qoldi, - dedi bo'zchi olimga.

  • Birpas o‘tir, darsim tamom ЬоЪш.

Bo'zchi kutib o'tirdi, anuno dars cho'zilib ketdi, domlaning dars payti- da boshini chayqab qo'yish odati bor edi. Shoshib turgan kosib buni ko'rib, dars berish bosh qimirlatishdan iborat ekan, deb o‘yladi-da, ustodga:

  • Sen kirib omonatni olib chiq, sening o'rningga men bosh irg'ab turay, ishim zarur, - dedi.

Donishmand buni eshitib kulib dedi: Bilimdin lofurar shahar faqihi, Har ilmni bilar oshkoru nihon. Undan ne so'rasang qol bilan imo, Yoki bosh irg'ishlab qiladi oson».
Abdurahmon Jomiy asarlarida ham shaxstarbiyasinisamaralitashkil etish masalalariga katta e'tibor beriladi. Yetuk insonga xos bolgan axlo- qiy xislatlar uning barcha asarlarida keng ifoda etiladi. Xususan, komil inson qiyofasida aks etuvchi ma'naviy-axloqiy sifatlar - yaxshilik, saxiylik, shirinsuxanlik, kamtarlik, sabr-qanoat, rostgo‘ylik, do'stlik, mehnatse- varlik kabilarni tarbiyalash zarurligi ta'kidlanadi. Saxovat, kamtarlik hamda oliyjanoblikni esa eng ulug‘ insoniy fazilatlardan deb biladi. «Bahoriston» asarida alloma «saxovat biror narsaga qarab yoki biror narsa • evaziga bolsa, hatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorlik bo'lgani taqdirda ham u saxovat emas», - deydi.
Saxiy dema saxovatiga, Biror taldb qo'ysagar odam. Saxiylikmas, bu savdogarlik, Bundayo'qdir sharafva karam. Saxovatdan kimning maqsadi - Agar bolsa shuhrat, ovoza, Ahli karam shahrida unga, Har doim berkdur darvoza.
Abdurahmon Jomiy inson qanoatda hirs va ta'madan uzoq bo'lishini istaydi. Bu boradagi fikr «Bahoriston» asarida quyidagi hikoyat misolida yanada yorqin ifoda etilgan:
«Itdan so‘radilar:

  • Nima uchun sen bor uyga gado qadami etmaydi, sen yotgan ostona- ni tilamchi hatlab o'tmaydi?


155


www.ziyouz.com kutubxonasi




- Men hirs va ta'madan yiroqman, - dedi it. - Ta'masizlik va qanoat- da mashhurman. Dasturxondan bir burda nonga qanoat qilaman, qozon- dan bir g'ajilgan ustuxonga xursand boTaman. Ammo tilanchi hirs va ta'mada shuhrat qozongan. U hamma vaqt ochman, deb noliydi. Orqasida bir haftalik ovqatu qo'lida gadolik hassasi. Qanoat hamma vaqt hirsu ta'madan uzoq, qanoatli ham ta'magir bilan boTolmas o‘rtoq.

Download 386.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling