Komiljon Hoshimov


Download 31.5 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1610965
Bog'liq
01.М.Мусаев


Komiljon Hoshimov
Komiljon Hoshimovning pedagogika tarixi fani rivojiga qo’shgan hissasi.
Komiljon Hoshimov pedagogika tarixiga o’zing yozgan kitobi bilan kiradi.Har bir ijtimoiy tuzumda insoning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim – tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo’lib,ular pedagogika sohasidagi o’zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda o’rganishni talab etadi. Pedagogika tarixi qadim zamonlardan hozirgi kungacha bo’lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazaryasining tarraqiyotini davrlar talabi asosida o’rganib keladi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi,insoniyat istiqboli,kishilarning turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqdir .Binobarin ,mustaqilik tufayli kohna Turkiston diyorida istiqomat qilib kelgan barcha xalqlar milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi va rivojlanishi uchun shar-sharoitlar vujudga keldi. Axloqan pok va yetuk insonlarni tarbiyalsh masalasini muvaffaqiyatli hal etishda xalqimizning ma’naviy boyliklari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ilmiy merosi va tarixiy-tarbiyaviy tajribalarni o’rganib chiqish, ularning yutuqlarini ta’lim – tarbiya ishlariga tadbiq etishning ahamiyati kattadir.
Bu borada O’zbekiston Resbublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimo quyidagi so’zlari alohida e’tiborga loyiqdir’’ Naslu nasabini bilmagan kishi inson sanalmaydi. Necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan,ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar. Ammo biz hurriyatni orzu etishdan, huriyat uchun kurashishdan charchamadik. Maslagin izni naslu nasabim izni doimo yodda saqladik. Ulug’ bobokolonlarimiz ruhiga bashariyat tarixi va madaniyati xazinasiga katta hissa qo’shgan ulug’ ajdodlarimizga ,ular qoldirgan ulkan merosga munosib bo’lish istagi jamiyatimiz a’zolari orasida keng yoyilishi, har bir fuqaroning ongidan mustahkam joy olishi – bu ham yangi zamonning muhim xususiyatidir’’.O’zbek xalqi tarixan ta’limiy tarbiya sohasida o’ziga xos dorilfunun yaratgan.Hatto hozirgi o’zbek xalqi yashab turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrlarda ham pedagogik qarashlar hukm surgan .Biroq islomgacha bo’lgan davr tarbiyashunosligi fan va madaniyati tarixini yoritish imkoni chegaralangan.Chunki, dastlab Iskandar boshchiligidagi yunon –makedon qo’shinlari, so’ngra arab istelochilari olib borgan talonchiliklar va vayrongarchiliklar tufayli o’sha davrga tegishli ko’pgina asarlar yo’q qilingan. Lekin islom va islomdan keyingi mavjud pedagogik qarashlarni ,milliy ta’lim-tarbiyaga oid ananalarini, qadriyatlarini, xalq pedagogikasini ilmiy tahlil qilish va hayotga tatbiq etish bugungi kuning muhim va dolzarb muamosidir. Istiqbolgacha biz tarbiya ishlarimizga yevropa pedagogikasini asos qilib oldik va o’rgandik.Endi Sharq pedagogikasini o’rganishga e’tiborni qaratmoq lozim.CHunki ilm-u fan avval sharqda taraqiy etgan hurfikirlik bizdan boshlangan .Olmon olimi Herlar;’’Sharq Yevropaning mualimidir’’ deganda haq edi.Komiljon Hoshimov o’zining pedagogika nazaryasi va tarixi kitobida quyidagi fiklarni bayon etadi. Pedagogik jarayoning mohiyatini anglamagan,bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo’lmagan o’qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo’lmaydi.Pedagogik jarayoning obektlari bo’lmish tarbiyalanuvchi insonga,o’quvchi va o’quvchilar guruhiga hamda alohida o’quvchiga,pedagogik jarayoning subyektlari - ota – onalar o’quvchilar,tarbiyachilar,sinf jamoasi, pedagogik jamoa ma’suldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim talablari asosida talim va tarbiya berish faoliyatini bajaradilar. Komiljon Hoshimov tamonidan e’tirof etilganidek o’qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy natijalarga erishishi mehnat malakasini,ya’ni egalagan bilimlarini o’zining hayotiy va amaliy faoliyatda nechog’lik qo’llay bilishi bilan belgilanadi. Pedagogik faoliyatning maqsadi asrlar davomida yuksak ma’naviyatli shaxsni shaklantirishning umuminsoniy go’yasi sifatida xizmat qilib kelayotgan tarbiyaviy ishni amalga oshirish bilan bog’liq.Pedagogik faoliyatning asosiy turlari sifatida tarbiyaviy ish va o’qitish aks etadi.SHuning uchun ham u yertgan kitobda pedagogik fiklarni jamlagan.Komiljon Hoshimovdi pedagogika tarixida qo’shgan hissasi judayam katta.
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling