Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent
Download 2.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke
Taqrizchilar: G.I. Shayxova - Toshkent tibbiyot akademiyasi, Bolalar va o„smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi mudiri, t.f.d., professor D.A. Zaretdinov - O„zbekiston Respublikasi vrachlar malakasini oshirish instituti, “Gigiyena” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Ishchi dastur «tibbiy profilaktika ishi» yo„nalishi bo„yicha o„quv dasturi va o„quv rejasi asosida tuzilgan, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ilmiy uslubiy kengashi yig„ilishida muxokama qilingan ( Bayonnoma № ______________________«______» _________________20 yil ) 1. K irish Fanning bakalavr tayyorlashdagi o„rni va axamiyati «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohatlarimizni pirovard maqsadi, yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirishni milliy uyg„onish g„oyasini ro„yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo„lib qoladi” (Prezident I.A. Karimovning 1995 yil fevral oyidagi O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1 sessiyasidagi ma'ruzasidan Toshkent 1998 yil). O„zbekiston Respublikasi hayotida progress asosida rivojlanishga qaratilgan, iqtisodiy strukturani qayta qurish, samarador shakllarni boshqarish, mehnatni stimullashtirish va tashkillashtirishni yangi kursi olib borilmoqda. Uning yangilik va yutuqlarining asosiy qismidan biri yuqori malakali tibbiy kadrlarni tayyorlashdir. Bunda katta rol sog„liqni saqlashda profilaktika yo„nalishini ta'minlovchi mutaxassislarga qaratilgan. Mehnat gigiyenasini asosiy maqsadi – ish bajarish jarayonida ishlovchilar organizmiga bajarayotgan ishning, ish sharoitining va ishni tashkil etilganligini o„rganish va kasb kasalliklarini kamaytirish, oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarini ishlab chiqish. Dasturning asosiy vazifalaridan biri: nazariy va amaliy tayyorgarlik bilimlari yordamida tashqi muhitni ta'sirini to„g„ri tushinish, mehnat jarayonini, mehnat sharoitiga gigiyenik baho berish usullarini o„rganish, ishchilar salomatligini saqlashga qaratilgan. Download 2.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling