Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O‟quv uslubiy majmua toshkent


  O„qitish maqsadi va vazifalari


Download 2.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/155
Sana01.11.2023
Hajmi2.47 Mb.
#1737659
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155
Bog'liq
Kommunal va mehnat gigiena kafedrasi O quv uslubiy majmua toshke

1.1. 
O„qitish maqsadi va vazifalari. 
O„qitishning asosiy maqsadi – nazorat ostidagi ishlab chiqarish ob'ektlarida davlat 
sanitariya nazorati olib borish uchun nazariy va amaliy tayyorgarlikni ta'minlash, ish 
sharoitini yaxshilash, ishchilar salomatligini saqlash, tashqi muhitni himoya qilishga 
qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil qilish, o„tkazish va asoslashdan iborat. 
O„qitishning maqsadiga asoslangan xolda vazifalari: 
Ishlab chiqarish sharoitida inson bilan muhit orasidagi ta'sirni to„g„ri talqin qilishga 
mutaxasislarni nazariy va amaliy tayyorlash;
Ishlash jarayonida ish qobiliyatini tekshirish usullarini o„rganish va charchashni 
oldini olish, profilaktik choralarni ishlab chiqish;
Mehnat sharoitlaridagi zararli va xavfli omillarga baho berishda gigiyenik tekshiruv 
usullarini qo„llashga o„rganish;
Ishlovchilar kasallanishi bilan mehnat sharoitlari o„rtasidagi sabab va bog„lik 
aloqani tahlil qilish usullarini o„rganish;
Umumiy kasallanish va kasb kasalliklarini kamaytirishga, ishlab chiqarish 
unumdorligini oshirishga, optimal ish sharoitlarini yaratishga qaratilgan kompleks 
chora tadbirlar ishlab chiqish.
1.2. 
Bilim va ko„nikmalarga bo„lgan talablar. 
«Mehnat gigiyenasi» o„quv fanini o„zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan 
masalalar doirasida bakalavr: 


mehnat gigiyena fanini gigiyena fanlari majmuida tutgan o„rni, mehnat 
gigiyenasini - ilmiy fan sifatida tushunchasi, uning maqsadi, vazifasi, hajmi, nazorat 
ob'ektlari, mehnat gigiyena bo„yicha vrachlarning ish yuritish shakl va usullarini bilishi 
kerak;
sanoat va ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlanishi davrida fanning 
zamonaviy vazifalari, sanitariya va mehnat gigiyenasi sohasida davlat sanitariya nazorati 
amaliyoti ilmiy asoslari gigiyenik me'yorlashtirish yo„lida tadqiqotlarni kengayishi va 
mukamallashtirilishi sohasidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak; 
mehnat gigiyenasi fanini o„rganish talabalarni quyidagi fanlardan olgan 
bilimlariga asoslanadi: fizika, kimyo, biologiya, mikrobiologiya, normal va patologik 
fiziologiya, ichki ksalliklar, umumiy va radiatsion gigiyena, kasb kasalliklari, kommunal 
gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, bolalar va o„smirlar gigiyenasi, epidemiologiya, 
ijtimoiy gigiyena va jamoat sog„lig„ini saqlash sohasidagi .malakasiga ega bo‘lishi 

Download 2.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling