Kommunal xoʻjalik


Download 18.45 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi18.45 Kb.
#1028850
Bog'liq
Kommunal xoʻjalik 2022


Kommunal xoʻjalik — shahar, shaharcha va qishloq aholisiga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, xizmatlar va xoʻjaliklar majmui. Shaharlarda shahar xoʻjaligi tarkibiga kiradi. Koʻpgina shahar va shaharcha Kommunal xoʻjalik korxonalari sanoat korxonalarini suv, elektr energiyasi, gaz va boshqa bilan taʼminlaydi. Mahalliy sharoitlarga qarab sanoat korxonalarining kommunal maqsadlardagi oʻz inshootlari barpo etiladi.
Kommunal xoʻjalikning taraqqiyot darajasi va faoliyati aholining farovonligiga, turmush sharoitiga, suv hamda havoning tozaligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.
Kommunal xoʻjalikga quyidagilar kiradi: 1) sanitariya-texnika korxonalari — vodoprovodlar, kanalizatsiya, aqoli yashaydigan joylarni tozalash bilan shugʻullanuvchi korxonalar, kir yuvish korxonalari, hammomlar va suzish-choʻmilish hovuzlari; 2) transport korxonalari — shahar passajir transporti (metropoliten, tramvay, trolleybus, osma yoʻllar, avtobus hamda taksilar), mahalliy suv transporti; 3) energetika korxonalari — elektr, gaz va issiqlik taqsimlovchi tarmoqlar, issiqlik elektr markazlari, isitish-bugʻ qozonlari va elektr styalari, aholi yashaydigan joylarga xizmat koʻrsatuvchi gaz zavodlari. Shuningdek, yoʻl va trotuarlar, koʻpriklar, yer osti qamda yer usti oʻtish yoʻllari, umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlar, koʻcha chiroklari, mehmonxonalar, yerdan foydalanish, imoratlar va inshootlarni inventarlash xizmatlari, uy-joy fondiga xizmat koʻrsatadigan taʼmirlash, qurilish tashqilotlari, mozorlar, krematoriylar ham Kommunal xoʻjalik tarkibiga kiradi.
20-asr boshlarigacha Oʻzbekiston Kommunal xoʻjalik umumdavlat xoʻjaligi tarmogʻi sifatida shakllanmagan edi. Aholi ichish uchun buloq, quduq, oqar suvlar (anhor, ariklar)dan foydalangan. Shaharlardagi dahalarning har bir mahallasida kattakichik hovoʻzlar boʻlgan. Mahalliy aholi yashaydigan uy-joylar qishda faqat sandal (tancha) bilan isitilgan.
20-asrning 20-yillaridan obodonchilik tadbirlari shaharlar rivojlanishining bosh rejasi boʻyicha olib borildi, har bir tumanda kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tashqil etildi. Keyingi oʻn yilliklar davomida Oʻzbekistonda Kommunal xoʻjalik yirik sohaga aylandi, sanoat ishlab chiqarishning rivoji va aholining tez oʻsishiga bogʻliq holda ildam surʼatlar bilan rivojlandi. Qishloq joylarida aholi yashaydigan joylarni obod qilishda loyihalash ishlari yoʻlga qoʻyildi, shaharchalar, eksperimental agroshaharlar koʻplab qurildi.
Oʻzbekistonning koʻp tarmoqli Kommunal xoʻjalik tarkibida uy-joy xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish va uni asrash, suv taʼminoti va kanalizatsiya, issiqlik va gaz taʼminoti, aholi yashaydigan joylarni tozalash bilan shugʻullanuvchi sanitariya-texnika tashqilotlari, shahar yoʻlovchilar tashish elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), elektr, gaz va taqsimlovchi tarmoqlar, shahar xoʻjaligini obodonlashtirish, sanoat, taʼmirlash-qurilish, loyihalash korxonalari, tashqilotlari va boshqa mavjud.
Respublika Kommunal xoʻjalikda umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 6,4 mln. m3 ichimlik suvni olish kuchiga ega boʻlgan inshootlar, 17245 km uzunlikdagi suv oʻtkazgich shoxobchalari va suv oʻzatgich (vodovodlar), bir kecha-kunduzda umumiy quvvati 3,4 mln. m3 chiqindi suvlarni tozalash kuchiga ega boʻlgan inshootlar, 5114 km kollektorlar va kanalizatsiya shoxobchalari, bir soatda 6035 Gkal issiqlik berish quvvatiga ega boʻlgan isitish qozonxonalari, 3716 km issiqlik tarmogʻidan foydalanilmoqda (2001).
Oʻzbekiston Respublikam Prezidentining 1993 i. 15 yuldagi "Oʻzbekiston Respublikasida kommunal xizmat koʻrsatishni boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoniga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy Kommunal xoʻjalik va undan foydalanish birlashmalari barpo etildi. 1996-yilning boshida respublika Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimida 345 korxona va inshoot xususiylashtirildi, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari negizida 20 aksiyadorlik jamiyati barpo etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 18-dek.dagi "Kommunal xizmatini boshqarish tizimini yanada isloh qilish toʻgʻrisida" Farmoni asosida Respublika Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tugatildi va "Oʻzkommunxizmat" agentligi tashqil etildi.
Shahar, shaharcha va tuman markazlarida aholini suv bilan taʼminlash, shuningdek, ichimlik suvi sifatini yaxshilash maqsadida 1988—95 yillarda sutkasiga 381 ming m3 ichimlik suvi yetkazib beradigan vodoprovod shoxobchalari qurilib ishga tushirildi (Samarqand, Urganch, Nukus, Jizzax, Termiz, va boshqa shaharlarda). 90-yillarda Tuyamoʻyin — Urganch, Tuyamoʻyin — Nukus, Damxoʻja va boshqa suv quvurlari foydalanishga topshirildi. Respublikada vodoprovod tizimining umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 12,0 mln. m3 (1990-yilda — 10,5 mln.m3), koʻcha vodoprovodlari yakka tarmogʻini oʻz. 56231,5 km (1990-yilda — 24204,3 km)ga yetdi.
Uy-joylarni obodonlashtirishda kanalizatsiya muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda arxeologik qazilmalar davrida ayrim yirik shaharlarda (Samarqanddagi Afrosiyob qalʼasi, Toshkentdagi Qoratosh hammomi harobasidan) sopol quvurli tazar (kanalizatsiya) qoldigʻi topilgan. Aholi, asosan, kir oʻralar, xaniqlardan foydalangan. 20-asr oʻrtalaridan kanalizatsiya tarmogʻi kengaya bordi. Kanalizatsiya-tozalash inshootlarining bir kecha-kunduzdagi kuvvati esa 3,7 mln. m3 ni tashqil etadi. 1992-yildan respublika shahar va ayniqsa, qishloqlarini gazlashtirish ustuvor davlat siyosatiga aylandi. 1991 — 2001-yillarda aholi gaz isteʼmoli 3,6-marta koʻpaydi va 17 mlrd.m3 ga yetdi (1990-yilda 4,7 mlrd. m3). 3,6 mln. xonadon tabiiy gaz bilan taʼminlandi (2001). Respublikada jami gaz tarmoqlari oʻz. 103 ming km ni tashqil etdi.
Respublika kommunal xoʻjaligining yana bir muhim tarmogʻi — shahar, shaharcha va tuman markazlari sanitariya holatini yaxshilash, qattiq va quyuq chiqindilarni oʻz vaqtida yigʻish va ularni chiqindi maydonlariga olib borib zararsizlantirishdir. Bu xizmat 113 shahar, 97 shaharchada yoʻlga qoʻyilgan. Umumiy maydoni 930 ga boʻlgan 173 chiqindilar zararsizlantiriladigan maydonlar bor. Yiliga 11 mln. m3 qattiq va 5 mln. m3 dan ortiq suyuq chiqindi yigʻiladi va ular 5 mingdan ortiq mashina va mexanizmlar (koʻcha supuradigan, suv sepadigan, axlat tashiydigan, kanalizatsiya va kir oʻralarni tozalaydigan va boshqalar) orqali chiqindixonalarga tashiladi. Yirik shaharlar — Andijon, Buxoro, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Fargʻona va boshqalarda maxsus ixtisoslashtirilgan avtobazalar bor.
Kommunal xoʻjalik uchun oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar Fargʻona politexnika, Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish, Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutlarida va Toshkent agrar universitetida, Toshkent kommunal-qurilish, Toshkent mehmonxona xoʻjaligi, Fargʻona politexnika kollejlarida tayyorlanadi.
Download 18.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling