Kommunar-2003” xususiy korxonasidagi parmalash dastgohini elektr yuritmasini loyihalash


III. 4. Asinxron dvigatelning nuqsonlari va ularni bartaraf qilish usullari


Download 0.67 Mb.
bet18/24
Sana21.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1637921
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
2Н135 Parmalash

III. 4. Asinxron dvigatelning nuqsonlari va ularni bartaraf qilish usullari.
Dvigatelni ishlamay qolishi sababi dastlab uni ta’mirlashga jo‘natishdan oldin aniqlab olinadi.
Tamirlashning oldidan sinovlar o‘tkazish, qismlarga ajratish, shuningdek alohida qismlari va detallarini ko‘zdan kechirish hamda sinab ko‘rish vaqtida buzilishning sababi uzil-kesil aniqlanadi.
Elektr dvigatelning ishdan chiqishiga ta’minlovchi tarmog’idagi shikastlanishlar ham sabab bo‘lishi mumkin:

  • bir yoki bir necha simning uzilishi;

  • saqlagichlardagi nosozliklar;

  • ishga tushirish apparatlarining buzilishi;

  • tarmoqdagi kuchlanishni keskin ortib ketishi yoki kamayishi;

  • elektr mashinadan noto‘g’ri foydalanish, ya’ni o‘ta yuklanish bilan uzoq vaqt davomida ishlatish;

  • atrof-muhit haroratini me’yoridan ortib ketishi sabab bo‘lishi mumkin.

Bu nuqsonlar elektr dvigatelning o‘rnatilgan joyida bartaraf etiladi.
Atrof-muhit harorati me’yoridan yuqori bo‘lganda izolyatsiya haddan tashqari qiziydi va u tez eskiradi. Dvigatelning nuqsonlari chulg’amlarida yoki mexanik qismlarida bo‘lishi mumkin.
Chulg’amlaridagi nuqsonlarga quyidagilar kiradi:

  • izolyatsiyasining teshilishi;

  • o‘ramlarning o‘zaro tutashib qolishi;

  • simlarning yoki ularning kavsharlangan joylaridan uzilishi;

  • birikmalarning kavsharlangan joylaridan erib ajralishi;

  • g’altaklarning noto‘g’ri ulanishi.

Mexanikaviy nuqsonlarga quyidagilar kiradi:

  • podshipniklarning yeyilishi va yemirilishi;

  • validagi, to‘siqlaridagi va korpusidagi o‘tkazish sirtlarining yeyilishi;

  • schyo‘tka tutqichlarining mahkamlanishini bo‘shab qolishi;

  • rotor chulg’amlaridagi bandajlarning yemirilishi;

  • to‘siqlarning dars ketishi;

  • valning egilishi va sinishi.

6-jadvalda asinxron elektr dvigatellarining asosiy nuqsonlari va ularni bartaraf etish usullarini keltiramiz.
Asinxron elektr dvigatelining nuqsonlari va
ularni bartaraf qilish usullari
6- jadval



Nuqsonlar

Nuqsonlarni kelib chiqish sabablari

Bartaraf qilish usullari

1

2

3

4

1.

Schyo‘tkalardan uchqun chiqishi va qizishi

Schyo‘tkaning yuzasi yaxshi silliqlanmagan

Schyo‘tkani qayta silliqlash lozim

Schyo‘tkalar schyo‘tka tutgichning gardishida bemalol harakatlana olmaydi, havo oralig’I yetarkli emas.

Gardish va schyo‘tka orasidagi havo oralig’ini 0,2 ÷ 0,3mm qilib qo‘yish kerak

Schyo‘tka va kontakt halqa kirlangan yoki yog’lanib qolgan

Benzinga ho‘llangan latta bilan kontakt halqalar va schyo‘tkalar yuzalarini artib kir va moydan tozalash

Kontaktlovchi halqalar yuzasini notekkisligi

Kontakt halqalarning yuzasini charxlab silliqlash

Schyo‘tkani kontaktlovchi halqaga bo‘sh yoki haddan tashqari kuchli yoxud har-hil kuch bilan bosilib turishi

Schyo‘tkalarning bosilib turish kuchini rostlash lozim

Markasi mos kelmagan schyo‘tkalar qo‘yilgan

Zavod tavsiya etgan markadagi schyo‘tkani qo‘yish

Schyo‘tkalar orasida tokning bir hil taqsimlanmaganligi

Schyo‘tkalarni bosilish kuchini rostlash, ulovchi simlar holatini tekshirish

2.

Statorning magnit o‘zagini yoppasiga qizishi

Tarmoqning kuchlanishi dvigatel kuchlanishidan kattaligi

Tarmoq kuchlanishining nominal kuchlanishgacha pasaytirish, dvigatelni sovutishni jadallashtirish

3.

Statorning magnit o‘tkazuvchi po‘latining ba’zi qismlarini salt ishlash rejimida ortiqcha qizishi

Statorning magnit o‘tkazuvchi po‘latining ayrim plastinkalarini o‘zaro tutashib qolishi

Guddalarni olib tashlash va o‘zaro tutashib qolgan plastinkalarga izolyatsiyalovchi lak bilan ishlov berish

Statorning magnit po‘latini tortib turuvchi bo‘ltlar orasidagi izolyatsiyani buzilishi

Tortib turuvchi bo‘ltning izolyatsiyasini tekshirish va ta’mirlash

4.

Statorning chulg’amlari haddan ziyod qizib ketishi

Dvigatelni ortiqcha yuklanganligi

Dvigatel validagi ortiqcha yukni olib tashlash

Dvigatelning sovitish tizimidagi nosozliklar

Dvigatelni sovitilishini yaxshilash

Dvigatelga berilayotgan kuchlanishning nominal kuchlanishdan pastligi

Kuchlanishni nominal qiymatigacha ko‘rsatish

Statorning chulg’amini notog’ri ulanganligi

Statorning chulg’amini sxemaga mos ravishda ulash

5.

Stator chulg’amining ba’zi qismlarini ortiqcha qizishi, fazalardagi toklarning bir-xil emasligi, dvigatelni g’uvillashi

Chulg’amlardagi o‘ramlararo tutashuvi

O‘lchov vositalari yordamida o‘ramlararo tutashuvni aniqlash va almashtirish

Chulg’amlarning uchlarini noto‘g’ri ulanganligi

Chulg’amni sxema bo‘yicha qayta ulash

Bitta fazaga taaluqli chulg’am ikki joydan korpusga tutashib qolganligi

Shikastlangan chulg’amni megometr yordamida topish, tutashgan joyini aniqlash va nosozlikni bartaraf etish

Chulg’amlardagi fazalararo qisqa tutashuv

Tutashgan joyni topish va ta’mirlash yoki chulg’amning shikastlangan joyini qayta o‘rash

6.

Rotorning chulg’amini bir-xilda qizishi

Ventilyatsiya ya’ni shamollatish yo‘llarining bekilib qolishi

Dvigatelni tozalash va 0,2 Mpa bosimli siqilgan havo bilan purkash

Mashinaning ortiqcha yuklanganligi

Dvigatel yuklanishini nominalgacha kamaytirish

7.

Faza rotorli dvigatel nominal yuklanganda, nominal aylanish tezligiga chiqa olmayapti

Rotorning kavsharlangan joylaridagi kontaktning yomonlashuvi

Barcha kavsharlab tutashtirilgan joylarni tekshirish va qayta kavsharlash

Rotorning chulg’ami bilan kontaktlovchi halqalari orasidagi tutashishining yomonlashuvi

Rotorning chulg’ami uchlari bilan halqalari orasidagi kontaktni yaxshilash

Ishga tushirish reostatining zanjiridagi kontaktlarni yomonlashuvi

Ishga tushirish reostatining ulanish joylarini tozalab qayta ulash

8.

Asinxron dvigatel ishga tushmayapti

Saqlagichlar kuyganligi, avtomat o‘chirgichning ishdan chiqqanligi, issiqlik relyesini ishga tushganligi

Buzilishlarni topib bartaraf qilish

Ta’mirlash tarmog’ida yoki chulg’amdagi bir fazaning uzilib qolishi

Voltmeter yordamida chulg’amlar uchlaridagi kuchlanishni o‘lchash, shikastlanish joyini ta’mirlash

Ishga tushirish paytida yuklanishni ko‘pligi

Yuklanishni kamaytirib ishga tushirish

Rotorni statorga bir tomonlama kuchli tortilishi

Podshipnik schitlari yoki tutgichlaridagi siljishni bartaraf etish

Asinxron dvigatelda rotor zanjirining ikki (yoki uch) fazasi simlaridagi uzilish

Megometr yordamida uzilgan simni topib, ulab qo‘yish

9.

Dvigatel ishlayotganda rotor statorga tegib aylanmoqda

Podshipnik tutgichlarining siljib qolganligi



Siljishni bartaraf etish

Dvigatel valining qiyshayganligi

Valning “tepishini” tekshirish va to‘g’rilash

Rotorning yoki statorning po‘lati deformatsiyalanganligi

Deformatsiyalangan joylarini qirqib silliqlash

Rotor muvozanatining buzilishi

Rotorni muvozanatlash, iloji bo‘lmasa almashtirish

10.

Dvigatelni kuchli gurillashi, fazalardagi toklarning har-xilligi

Chulg’amlardagi qisqa tutashuv

Chulg’amlardagi qisqa tutashuvni toppish va tuzatish

Stator chulg’amining noto‘g’ri ulanganligi

Chulg’amlarni sxema bo‘yicha ulash




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling