Kommunikasiyalarini rivojlantirish


Mijozlarga xizmat ko’rsatish –


Download 346.76 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi346.76 Kb.
#1020721
1   2   3   4   5
Bog'liq
Loyiha ishi

Mijozlarga xizmat ko’rsatish – web-sayt mavjud mijozlar bilan ishlash vositasidir. Uning yordamida internet orqali mijozlarga turli xil ma’lumotlarni taqdim etishingiz mumkin.

  • Axborot almashish – web-sayt kompaniya xodimlari va rahbarlarining o’zaro axborot almashinuv vositasi sifatida ham xizmat qiladi.

    Agar siz hujjatlar, topshiriqlar, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni saytga joylashtirsangiz, kompaniya rahbariyati va boshqa xodimlari kerakli ma’lumotlarni dunyoning istalgan nuqtasidan internet orqali olishlari mumkin bo’ladi.

    1. Kompaniya imidji – sayt – sizning yoki kompaniyangiz imidji hisoblanadi. Sayt mavjudligi kompaniyaning taraqqiyoti va uning zamon talablariga muvofiqligidan dalolat beradi.

    SAYT TARKIBI NIMALARDAN IBORAT?


    Domen nomi (domen) – manzil, masalan: web-oqila.uz, bu erda uz – domen zonasidir.
    Server (xosting) – internetga ulangan, web-resurs fayllari joylashgan kompyuterlar/ serverlar.

    Mustaqil ravishda sayt yaratish mumkinmi?


    Hozirgi kunda sayt ochish sirlari degan tushuncha eskirgan. Endilikda turli internet xizmatlari va CMS tizimidan foydalangan holda hatto 3-sinf o’quvchisi ham o’zi mustaqil ravishda sayt yaratishi mumkin. Buning uchun hech qanday maxsus bilimlar talab etilmaydi, qolaversa saytni yaratish bepul.
    Ammo shuni ham unutmaslik kerakki mustaqil ravishda yaratiladigan saytlarning barchasi odatiy shablon saytlar, ya’ni lending, tashrif sahifalari, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar, internet-do’konlar faqat eng asosiy funksional imkoniyatlarga ega bo’ladi, xolos. Agar sizga nostandart echimlarga ega eksklyuziv va mukammal web-sayt kerak bo’lsa, u holda mutaxassislarga murojaat qilishingiz zarur.
    Sayt yaratishni nimadan boshlash lozim? Kimga murojaaat qilish kerak? Bunday savollar ko'p uchrab turadi. Shulardan kelib chiqib, maqolada sayt yaratish usullarini ko'rsatib o'taman.

    1. Professionallarga buyurtma berish. Eng oddiy usul. Bu usulda siz biror veb studiya yoki frilanserga murojaat qilasiz, saytga qo'yildigan talablarni to'liq aytib o'tasiz. Ular sizga talablaringizdan kelib chiqgan holda, narxini va qanchada tayyor bo'lishini aytishadi(arzon bo'lmasligi aniq). Agar rozi bo'lsangiz, pulini bir qismini(yoki hammasini) to'laysiz va aytilgan muddatni kutasiz, sizga tayyor sayt yaratib berishadi. Kelishuvga qarab hosting va domenni ham ular olib berishadi.

    Avzalliklari(plyus):



    • veb dasturlashga oid chuqur bilimlar shart emas;

    • sayt professionallar tomonidan qilinganligi uchun, xatolar minimum va ishlashi bir tekisda bo'ladi;

    • ancha vaqtingiz tejaladi.

    Kamchiligi(minus):

    • eng asosiy kamchiligi bu katta miqdordagi mablag'dan voz kechishingiz kerak bo'ladi(kimlardir bu katta mablag' emas albatta).

    Shuning uchun bu usuldan hamma ham foydalanavermaydi.



    1. Tayyor sayt sotib olish. Bu usul yuqoridagi usuldan biroz farq qiladi. Bunda siz ma'lum tarixga ega, tayyor ishlab turgan saytni sotib olasiz. Sayt tarixi(foydalanuvchilar soni, sayt mavzusi) asosida narx belgilanadi.

    Avzalliklari(plyus):



    • eng asosiysi, siz tayyor sayt sotib olasiz, saytning foydalanuvchilari ham mavjud bo'ladi, hattoki qidiruv tizimlaridan ham ro'yxatdan o'tgan va indekslangan bo'ladi. Balki ma'lum darajada foyda ham ko'rilayotgan bo'lishi mumkin;

    Kamchiligi(minus):



    • siz uchun kerakli tayyor saytni qidirishga vaqt ketib qolishi mumkin;


    • saytni yuritish uchun ma'lum bir bilimlar kerak bo'ladi;


    • saytni sotib olish uchun, pul kerak bo'ladi;


    • aldanib qolish ehtimoli ham mavjud.


    1. Bepul CMS(Content management system)lar orqali sayt yaratish. Bu usulda biror CMS(wordpress, joomla, drupal) tanlaysiz va o'zingiz sayt yaratasiz. Sayt yaratishga ketadigan vaqt unchalik ko'p bo'lmaydi, shunga yarasha sifat bo'ladi. Hozirgi kunda bu eng ommabobidir. Tayyor shablon orqali sayt yaratasiz, sayt yaratish davomida muammolar chiqib qolsa, internetda ularni yechimini topishingiz mumkin bo'ladi.

    Avzalliklari(plyus):



    • domen va hostingdan boshqa narsaga harajat qilmaysiz;

    • ko'p vaqt talab qilmaydi;

    • sayt yaratish sodda, bu usuldan foydalanib hatto maktab o'quvchilari ham sayt yarata oladi:

    • o'zingiz istagandek sayt yarata olasiz, bilimingiz asosida;

    • hosting sotib olishda ham aniq qancha miqdorda joy olish kerakligini bilasiz.

    Kamchiligi(minus):



    • ma'lum bir bilimlar(html, css)kerak bo'ladi(kamida asosiy narsalarni bilish talab qilinadi);

    • xavfsizlik jihatidan ancha past(oqsamoqda), har bitta tema, plagin, hattoki CMSlarni yangilab turish kerak(obnavleniya);

    • ma'lum bir qolipdan chiqa olmaysiz(agar professinal bo'lsangiz, hech qanday qolipda qolib ketmaysiz).




    1. Saytni o'z qo'lingiz bilan yaratish(0 dan). Bu usul sizga maksimal ozodlik beradi. Sizning saytingiz siz istalgancha ishlashi va istalgan joyda ishlashi mumkin. Barcha narsa sizning qo'lingizda va sizning boshqaruvingizda. Odatda bu usul orqali saytni bir necha kishi yaratadi(dizayner, dasturchi,…).

    Avzalliklari(plyus):



    • siz erkinsiz, hech qanday qolip yo'q;

    • agar o'zigiz yaratsangiz mablag' sarflanmaydi(host va domendan tashqari);

    Kamchiligi(minus):



    • ancha vaqt talab qiladi;

    • agar o'zingiz qilmoqchi bo'lsangiz, veb dasturlash, ma'lumotlar bazasi, dizaynerlik, vyorstkalarga oid bilimlarga ega bo'lishingiz kerak;

    • agar ma'lum bir ish uchun odam yollamoqchi bo'lsangiz, harajatga tushasiz.




    1. O'z konstruktoriga ega bepul hosting orqali. Bepul hosting topasiz, odatda o'z konstruktori bo'ladi(narod.ru, ucoz.ru, setup.ru), yoqqan shablon

    tanlaysiz va taxrirlaysiz, rasm va matnlar kiritasiz, shu bilan sayt tayyor bo'ladi.

    Avzalliklari(plyus):



    • yagona avfzalligi barchasi bepul.

    Kamchiligi(minus):(yetarli darajada, faqat asosiylarini yozib o'taman):

    • bepul hostingda imkoniyatlar chegaralangan;

    • asabingizga tegadigan reklama bannerlar;

    • uchinchi darajali domen(akmx.narod.ru);

    • shablonli dizayn sayt;

    • agar asosiy saytga biror narsa bo'lsa, sizning sayt ham ishlamaydi, hattoki o'z kontentlaringizni ham ololmaysiz, hammasi tugaydi.




    1. O'z konstruktoriga ega pullik hosting orqali. Bu degani hosting sotib olasiz va sizga sayt yaratish uchun bepul konstruktor beriladi. Bu xizmatlarni taqdim etadigan eskhosting.ru, hts.ru, hostland.ru saytlarni misol qilish mumkin. Shablon asosida kerakli saytni yarataverasiz.

    Kamchiligi(minus):



    • hosting olish uchun mablag' kerak bo'ladi;

    • shablonli sayt yaratiladi.

    Avzalliklari(plyus):

    • sayt yaratishga vaqt sarflamaysiz;

    • reklamali bannerlar mavjud emas;

    • sayt ishlashida hech qanday texnik to'siqlar mavjud emas.

    I BOB. Passport tizimida navbatini avtomatlashtirish loyihasi bazasini shakllantirish va ishlab chiqilgan tizimning predmet soha tahlili
    Passport tizimida navbatni avtomatlashitirish loyihasini qurishda men quyidagi strukturaga ega bo’lgan predmet sohadan foydalandim:


    Elektron navbatni ma’lumotlar bazasi tahlili


    Elektron navbatda men yuqorida ko’rsatib o’tilgan predmet soha asosida PostgreSQL DBMS orqali yaratdim.
    Bunda:

      • Id: bigint ;

      • Created: time;

      • Missed: time ;

      • Name: varchar(255);

      • Queue: integer;

      • Type_queue: varchar(255);

    Shu struktura asosida auto_queue jadvalini yaratib oldik. Bu ustunlarga kelsak, id ustuni unikallikni ta’minlash uchun, created ustuni esa navbat yaratilgan vaqtni hisobga olib ketish uchun, missed navbat vaqti yetib kelmagan, va buning oqibatida navbatni o’tkazib yuborgan vaqtni hisobga olish uchun, name bu navbatni nomi, yani qaysi xizmat bo’yicha navbat olinganligini aniqlash uchun, hamda type_queue esa navbatni bo’limlarga shakllantirish uchun yaratilgan hisoblanadi.
    HTML haqida tushuncha

    Internetning WWW hizmati, asosan, wyeb-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? – degan savol tug‘ulishi tabiiy. Wyeb-sahifalar HTML


    (Hypertext Markup Language – Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (wyeb-sahifa) tayyorlash uchun Windows’ning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli. HTML tilining buyruqlari “<” ва “>” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg (inglizcha tag – yorliq, belgi, alomat) deb ataladi.
    Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi. Teglarni yuqori yoki quyi registrdagi lotin alifbosi harflari yordamida yozish mumkin, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman, teglar ikki turga bo‘linadi:
    Juft teglar yoki konteyner-teglar: ko‘rinishdagi teg uchun tegi mavjud bo‘lib, birinchisi biror amal boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.
    Juftmas teglar: ko‘rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o‘zidan keyingi matnni yangi satrga o‘tkazuvchi
    tegi kabi.
    HTML-hujjat – “html” yoki “htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi. HTML-hujjat hotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida wyeb-sahifa ko‘rinishida aks etadi.

    HTML-hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lim HEAD (bosh qism yoki sarlavha) bo‘limi bo‘lib u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Ikkinchi bo‘lim BODY (tana) bo‘limi bo‘lib, unda hujjatni mazmuni aks ettiradi va u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Agar HTML-hujjat freym-strukturani ifodalashi (wyeb-brauzer oynasidagi ma’lumotlar alohida sohalarda aks ettishi) lozim bo‘lsa, u holda BODY bo‘limi o‘rniga FRAMESET (FRAME SET – strukturalar (ramkalar) tizilmasi (to‘plami), juft tegi yordamida) bo‘limi ishlatiladi. Shuni ta’kidlash joizki, HTML-hujjatda va juft teglarini yozish tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.


    Web-sahifaga kiritilishi lozim bo‘lgan yana bir element – wyeb-sahifa nomi bo‘lib, nom kiritish uchun <ТITLE> tegi qo‘llaniladi. Wyeb-sahifada bu teg bir
    marta ishlatiladi. Wyeb-sahifa nomi wyeb-brauzerning sarlavha satrida aks etib, wyeb-sahifaning o‘zida ko‘rinmaydi. Shu sababli uni wyeb-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Ammo wyeb-sahifa nomini wyeb-sahifa boshiga yozish maqsadga muvofiq. Wyeb-sahifa nomi tegi bilan yakunlanadi. Wyeb-sahifaga istalgan nom, masalan, o‘z ismingizni berishingiz mumkin.
    HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida wyeb-brauzerlar ham yangilanib turibdi. Hozirgi kunda wyeb-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi buyruqlarini “yeski” wyeb- brauzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi. Bundan tashqari turli wyeb-brauzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli wyeb- brauzerlarda biror farq bilan aks etishi mumkin.
    CSS

    CSS veb-sahifaning tashqi ko'rinishi va hissi bilan ishlov beradi. CSSdan foydalanib, siz matnning rangini, shriftlarning uslubini, paragraflar orasidagi


    bo'shliqni, ustunlarning o'lchamlari va joylashishini, fon rasmlari yoki ranglarning qanday ishlatilishini, sxemaning tuzilishini, turli xil qurilmalar va ekran o'lchamlari uchun displeyning o'zgarishini boshqarishingiz mumkin. shuningdek, turli xil effektlar.
    CSSni o'rganish va tushunish oson, lekin u HTML hujjatning taqdimotini kuchli boshqarish imkonini beradi. Ko'pincha CSS HTML yoki HTML belgilaydigan tillar bilan birlashtirilgan.

    CSSning afzalliklari


    CSS vaqtni tejaydi - Siz CSSni bir marta yozib, keyin bir nechta HTML sahifalarida bir varaqdan qayta foydalanishingiz mumkin. Har bir HTML elementi uchun uslubni aniqlab, uni istaganingizcha veb-sahifalarga qo'llashingiz mumkin.
    Sahifalar tezroq yuklanadi - Agar siz CSSdan foydalanayotgan bo'lsangiz, har safar HTML atributlarini yozishingiz shart emas. Bir tegning bitta CSS qoidasini yozing va uni ushbu tegning barcha holatlariga qo'llang. Shunday qilib, kam kod degani tezroq yuklab olish vaqtini anglatadi.
    Oson texnik xizmat ko'rsatish - global o'zgarishni amalga oshirish uchun oddiygina uslubni o'zgartiring va barcha veb-sahifalardagi barcha elementlar avtomatik ravishda yangilanadi.
    HTMLga nisbatan ustun uslublar CSSda HTML ga nisbatan ancha kengroq xususiyatlar mavjud, shuning uchun HTML atributlarga qaraganda HTML sahifangizga yanada yaxshiroq ko'rinish berishingiz mumkin.
    Bir nechta qurilmalar mosligi - Uslublar jadvallari bir nechta turdagi qurilmalar uchun tarkibni optimallashtirishga imkon beradi. Xuddi shu HTML hujjatidan foydalangan holda veb-saytning turli xil versiyalari PDA va uyali telefonlar kabi qo'lda yoki qurilmalarda taqdim etilishi mumkin.
    Global veb-standartlar - Endi HTML atributlari eskirmoqda va CSSdan foydalanish tavsiya etiladi. Shunday qilib CSSni barcha HTML sahifalarda
    kelgusidagi brauzerlarga mos keltirish uchun foydalanishni boshlash yaxshi fikr.
    CSSni kim yaratadi va saqlaydi?
    CSS W3C tarkibidagi CSS ishchi guruhi deb nomlangan odamlar guruhi tomonidan yaratiladi va saqlanadi. CSS ishchi guruhi spetsifikatsiyalar deb nomlangan hujjatlarni yaratadi. Agar spetsifikatsiya muhokama qilinib, W3C a'zolari tomonidan rasman tasdiqlangan bo'lsa, u tavsiyanomaga aylanadi. Ushbu ratifikatsiya qilingan tavsiyalar tavsiyalar deb nomlanadi, chunki W3C tilning amalda bajarilishini nazorat qila olmaydi. Mustaqil kompaniyalar va tashkilotlar ushbu dasturiy ta'minotni yaratadilar.
    Izoh - World Wide Web Consortium yoki W3C Internet qanday ishlashi va qanday rivojlanishi haqida tavsiyalar beradigan guruhdir.

    CSS versiyalari


    1-darajali uslub jadvallari (CSS1) W3Cdan 1996 yil dekabr oyida tavsiya sifatida chiqdi. Ushbu versiya CSS tilini, shuningdek HTMLteglar uchun oddiy vizual formatlash modelini tavsiflaydi.
    CSS2 1998 yil may oyida W3C tavsiyasiga aylandi va CSS1ga asoslanadi. Ushbu versiya ommaviy axborot vositalariga xos uslublar jadvallarini, masalan, printerlar va ovozli qurilmalarni, yuklab olinadigan shriftlarni, elementlarning joylashishini aniqlash va jadvallarni qo'llab-quvvatlaydi.
    Java Script

    JavaScript nima?


    Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to'g'rirog'i veb dasturlash tili, undan ham to'g'rirog'i klient(brauzer) tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya'ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server(Apache, ngnix) kerak emas, oddiy brauzerda(Javascript'da yozilgan kodlar) ishlayveradi.

    Bu til nima uchun kerak?


    Bu dasturlash tili orqali serverga so'rov jo'natmasdan, so'rovlarni(javascript kodlarini), ya'ni yozilgan kodlar natijasini, brauzerni ishga tushirgan holda olishingiz mumkin. Asosan interaktiv(dinamik) saytlar tuzish uchun kerak.
    Yuqoridagi fikr nima degani?
    Har xil turdagi veb dasturlash tillari mavjud, misol uchun, PHP, ASP, JAVA. Bu dasturlash tillari serverga murojaat qilgan holda ishlaydi. Misol uchun, siz arifmetik qo'shish amalini bajarmoqdasiz, yig'indini olish uchun, siz yozgan kod, veb serverga jo'natiladi, server bu kodni qayta ishlaydi va natijani sizga jo'natadi. Shu tariqa siz natijani olasiz, brauzer ham serverdan javob(natija) kelguncha aylanib yotadi. Bundan ko'rinib turibdiki, saytning(veb sahifaning) ishlash tezligi server sozlamalariga, servergacha bo'lgan masofaga, aloqa kabellariga va boshqa narsalarga bog'liq bo'lib qoladi. JavaScript'da yozilgan kodlar esa, hech qanday serverga murojaatni amalga oshirmaydi, shu sababli bu dasturlash tili kodlari brauzerni qayta yuklamasdan ishlayveradi. JavaScript veb dasturlash tilini qachon o'rgangan ma'qul?
    Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o'rganib olgandan keyin boshlagan
    yaxshi. Shunda o'rganish ham oson bo'ladi. Ko'pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o'rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript'ni o'rgangan yaxshi va yengil.

    JavaScript kodlari orqali nimalarni qilib bo'lmaydi?



    • grafika bilan ishlay olmaydi, ya'ni o'zi grafik ob'yektlar hosil qila olmaydi;

    • fayllar bilan ishlay olmaydi;

    • ma'lumotlar bazasi bilan ishlay olmaydi;

    • tarmoq texnologiyalari bilan ishlay olmaydi, va boshqa murakkab ishlarni qilishga qiynaladi yoki qilaolmaydi.

    Bu til kodlari ishlash tezligi qanday?
    Agar sodda kodlar bo'lsa, albatta tez ishlaydi, lekin kodlar murakkab bo'lsa boshqa veb dasturlash tillariga(PHP, ASP)qaraganda sekinroq ishlaydi. Chunki yozilgan kodni qayta ishlashga yordam beradigan server yo'q, agar kodda xatoliklar bo'lsa, bu xatoliklarni brauzerni o'zi analiz qilishi lozim.
    JavaScript kodlari qayerga yoziladi, ya'ni u uchun IDE(muhit) mavjudmi? HTML kodlari qayerga yozilsa, javascript kodlari ham o'sha yerda yozilishi mumkin, o'rganish uchun eng yaxshi muhit, mani fikrimcha, Notepad++. Undan tashqari quyidagi IDE'larda ham yozish mumkin:

      • PHPStorm

      • NetBeans

      • Zend Studio

      • PHPDesigner

    JavaScript kodlari ishlashi uchun nimalar kerak?
    Umuman olganda brauzer bo'lsa bo'ldi, lekin brauzerning Javascript kodlarini o'qishi va ishga tushirishiga ruhsat beradigan funksiyasi yoqilgan bo'lishi kerak(qanday yoqish qilish kerakligi haqida).
    JavaScript dasturlash tili bilan, JAVA dasturlash tili bitta narsami?
    Yo'q, bu ikki til boshqa boshqa dasturlash tillari hisoblanadi. Ko'pchilik shu ikki tilni bitta deb o'ylashadi. JAVA kodlari JVM orqali ishlaydi.

    Loyihamizning yaratishdan asosiy maqsad shundaki, bilamizki, hozirgi kunda insonlarning soni oshib brogan sari, ularga bo’lgan xizmat ko’rsatish turlari ham oshib bormoqda. Misol uchun, passport tizimlari, davlat xizmatlar portalini oladigan bo’lsak. U markazlarda doimiy ravishda tabiiy navbatlar paydo bo’ladi. Ba’zida bu navbatlarda tushunmovchiliklar, nizolar kelib chiqadi. Shu kabi muammolarning oldini olish maqsadida biz ushbu loyihani shakllantirishni maqsad qilib qo’ydik.


    II BOB. Elektron navbat tizimining ma’lumotlar bazasini yaratishni tashkil etish
    Elektron navbat ma’lumotlar bazasini yaratish uchun PostgreSQL MBBT dan foydalandik. Bunda biz ushbu SQL so’rovni yozishimiz kifoya qildi: CREATE DATABASE passport_systems;

    Download 346.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling