Kommunikativ talablar
jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz”
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning aniqligi.
jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz” mavzusidagi ma’ruzasidan parchada adabiy
me’yorning barcha tamoyillariga qat’iy amal qilinganligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni jumlalardagi so‘zlar leksik-semantik jihatdan bir butunlik hosil qilganki, hajman kichik jumlada katta g‘oya jamlangan. Shuning bilan birga, morfologik va sintaktik me’yorlarga ham to‘liq rioya qilingan. Rasmiy uslubdagi ushbu jumlalar uslubiy normaning ham asoslangan holda qurilgan. Nutqning aniqligi. Nutqning aniqligi talabi ham to‘g‘rilik talabining uzviy davomi bo‘lib, nutqning bir butunligini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Agar nutqning to‘g‘riligini ta’minlashda lisoniy me’yorlar muhim o‘rin tutsa, nutqning aniqligiga tashqi faktorlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Aniqlik deyilganda tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar bilan ularning atamasi orasidagi mutanosiblik tushuniladi. Agar inson tafakkuri, bilimlari so‘zda aniq ifodalanmagan bo‘lsa, u tinglovchiga tushunarsiz bo‘lib qoleveradi. Maqsad – aytilgan fikrning tinglovchiga tushunarli bo‘lishiga erishishdan iboratdir. Nutqning aniqligi so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik ikki xil bo‘ladi: narsaning aniqligi va tushunchaning aniqligi. Narsa aniqligi nutqda aks etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nutq mazmunining munosabatida ko‘rinadi. Ushbu talab ham ijtimoiy-siyosiy nutqning o‘ziga xosliklarini ta’minlovchi talabdir. Ijtimoiy-siyosiy notiqlikning barcha shakllarida har bir jumla sinonimik qatorlardan to‘g‘ri tanlab olingan, ko‘p ma’nolilik va omonimlik jihatlariga e’tibor berilgan holda o‘z o‘rnida qo‘llanilishi lozim. Quyida biz AQSh kinoijodkorlarning “Debate” (Munozara) filmidagi suhbatning aniqligini tahlil qilamiz: American Journal of Business Management, Economics and Banking Volume 5, Oct., 2022 P a g e | 54 www.americanjournal.org Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling