Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
Download 453.59 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMuqaddas kiber 2 amaliy ish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy ish Mavzu: Ma’lumotlardan foydalanishning mantiqiy nazorati. Bajardi: Marksova M Tekshirdi: Sadikov M.A
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI 963/21-guruh Kiberxavfsizlik asoslari kafedrasi Kiberxavfsizlik asoslari fanidan Amaliy ish Mavzu: Ma’lumotlardan foydalanishning mantiqiy nazorati. Bajardi: Marksova M Tekshirdi: Sadikov M.A Urganch 2022-2023 Ma’lumotlar bilan amal bajarishning ilk tizimlari axborot ishlashning an’anaviy usullariga asoslanib tuzilgan edi. Har bir muayyan holat uchun tashqi foydalanuvchining o’z mantiqi ishlab chiqiladi. U axborot tuzilmasi, tanlash operatsiyasi, axborotni yangilash va o’chirish kabi tushunchalarni o’z ichiga oladi. Ma’lumotlar va dastur o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik yuzaga keladi: ma’lumotlarni o’zgartirishda, yo dasturni almashtirish yoki ma’lumotlarni qaytadan tuzish zaruriyati yuzaga keladi. Murakkab axborotlarni ishlab chiquvchilar duch kelgan bu va boshqa qiyinchiliklari ma’lumotlar ustida amal bajarish uchun tizimlarga nisbatan standart talablarning shakllanishiga olib keldi. Asosiy talablardan biri - ma’lumotlarning iloji boricha mustaqil yoki axborot tuzilmasini fizik tushunchalardan alohidaligini ta’minlash. Bunda hamma ma’lumotlar ko’p foydalanuvchilar kirishi mumkin bo’lgan holda ba’zi standart ichki tuzilishli qilib saqlanadi [26]. Axborotga bo’lgan talablarning turli-tumanligi, masalalar ko’lamining tobora ortib borishi va boshqalar zamonaviy AT lari oldiga bir qator talablar qo’ymoqda. Bunday talablar jumlasiga quyidagilar kiradi: Ma’lumotlarning aniqligi. Ma’lumki, ma’lumotlar bazasi tegishli sohaning axborot modelini tashkil qiladi. SHu sababli ham MB da saqlanayotgan axborotlar ob’ektlarning holati, xususiyati va ular o’rtasida aloqalarni to’liq va aniq ifodalash lozim. Aks holda tashkil qilingan MB xatarli bo’lishi va zarar keltirishi mumkin. Tezkorlik va unumdorlik. Tizimning tezkorligi qo’yilgan talabga javob berish vaqti bilan aniqlanadi. Bunda nafaqat EHM ning tezkorligini, balki ma’lumotlarning joylanishi, izlash usullari, talabning qiyinligini va boshqa olimllarni ham hisobga olish zarur. Tizimning umumdorligi esa vaqt birligi ichida bajarilgan talablarning miqdori orqali aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanishning odiyligi va qulayligi. Bu talab tizimdan foydalanuvchi barcha is’temolchilar tomonidan qo’yiladi. SHu sababli ham MB dan foydalanishning oson, sodda va qulay usullarini yaratish muhim ahamiyatga ega. Ma’lumotlarni himoyalash. Tizim ma’lumotlar bazasida saqlanilayotgan axborot va dasturlarni tashqi ta’sirlardan, begona foydalanuvchilardan himoyalashni ta’minlashi lozim. Tizimning rivojlanishi. Tizim tarkibi doimo yangi elementlar, dasturlar bilan taxminlanishi, axborot massivlari o’zgartirilishi va yangilanib borishi zarur. YUqorida keltirilgan talablarga javob beradigan MB quydagi tamoyillarga asoslangan holda tashkil qilinishi mumkin: Ma’lumotlarning integratsiyalashtirish tamoyili. Bu tamoyilning mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’lanmagan axborotlar yagona ma’lumotlar bazasiga birlashtiriladi. Buning natijasida ma’lumotlar foylalanuvchi va uning amaliy dasturlariga axborot massivlari ko’rinishida taqdim etiladi. Axborat massivlaridan foydalanilganda kerakli ma’lumotlarni qidirish, qayta ishlash jarayonlarini boshqarish osonlashadi, ma’lumotlarning ortiqchaligi kamayadi, Ma’lumotlar bankii yuritish engillashadi. Ma’lumotlarning yaxlitligi tamoyili. Bu tamoyil orqali MBda saqlanayotgan axborotlarning aniqligi ortadi, ya’ni ularning xususiyatlari va tavsifnomalari tegishli soha ob’ektlari to’liq ifodalaniladi. Ma’lumotlarning yaxlitligi noto’g’ri axborotni kiritish yoki uning ma’lum bir qismini xotiradan o’chirib tashlash natijasida buzilishi mumkin. SHuning uchun ham kiritilayotgan axborotlarni nazorat qilish, saqlanayotgan ma’lumotlarni doimo tekshirish, maxsus tizim yordamida tiklash va boshqa tadbirlar orqali MB ning yaxlitligini taxminlash mumkin. Ma’lumotlarning aloqadorligi tamoiyli. Bu tamoyilning mohiyatiga ko’ra MBdagi barcha axborotlar o’zaro bog’langan bo’lib, ob’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Axborot turlari va ular o’rtasidagi munosabatlar majmuasi ma’lumotlarning mantiqiy tuzilishini tashkil qiladi. Ma’lumotlarning o’zaro bog’liqligi ko’rsatilgan. Buning natijasida ish engillashadi va tezlashadi. Download 453.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling