Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muso al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
Download 373.55 Kb. Pdf ko'rish
|
Dasturlash 12-mavzu LEO 10
P1 va P2 ushbu element bog‘langan elementlar adreslarini aniqlab, slot nomeridan iborat bo‘ladi.
Dinamik tuzilmalarning eng ko‘p qo‘llaniladigan turi bog‘lamli ro‘yxatlardir. Mantiqiy taqdim etish nuqtai nazaridan qaraganda bog‘lamli ro‘yxatlar chiziqli va chiziqli bo‘lmagan turlarga bo‘linadi. CHiziqli ro‘yxatlarda bog‘lanish o‘z tartibiga ega: oldingi elementning ko‘rsatkichi keyingi elementning adresini saqlab turadi yoki aksincha. CHiziqli ro‘yxatlar bir bog‘lamli va ikki bog‘lamli kabi turlarga bo‘linadi. CHiziqli bo‘lmagan ro‘yxatlar esa ko‘p bog'lamli deyiladi. Umumiy holda ro‘yxat elementi o‘zida yozuv maydoni va bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlarni saqlab turadi. Bir bog’lamli ro’yxatlar Bir bog‘lamli ro‘yxat elementi ikkita maydondan iborat bo‘lib, ulardan biri ma‘lumotlar maydoni (INFO) bo‘lsa, ikkinchisi ko‘rsatkichlar maydonidir (PTR). 4-rasm. Bir bog ’lamli ro‘yxatning umumiy ko‘rinishi Ko‘rsatkichning asosiy xususiyati shundaki, u faqat keyingi elementning adresini saqlab turadi. Ro‘yxatning oxirgi elementining ko‘rsatkich maydoni bo‘sh (NIL) bo‘ladi. LST ko‘rsatkich ro‘yxat boshining adresini saqlaydi. Ro‘yxat bo‘sh bo‘lganda LST=NIL bo‘ladi. Ro‘yxat elementlarini qayta ishlash faqat uning boshidan boshlab ketma-ket bajariladi, ya‘ni ro‘yxatning boshidan oxiriga qarab borish mumkin emas. Halqasimon bir bog'lamli ro‘yxat. Halqasimon bir bog'lamli ro‘yxat oddiy bir bog'lamli ro‘yxatda oxirgi element ko‘rsatkichiga ro‘yxat boshining adresini ta'minlash bilan hosil qilinadi. 5-rasm. Xalqasimon bir bog’lamli ro‘yxatni hosil qilish Ikki bog’lamli ro’yxatlar Bir qator masalalarni yechishda bir yo‘nalishli ro‘yxatlarni qo‘llash qiyinchiliklar tug‘diradi. Gap shundaki, bir yo‘nalishli ro‘yxatlarda faqat bir yo‘nalishda - boshidan oxiriga qarab harakatlanish mumkin. Ko‘pincha berilgan xususiyatga ega bo‘lgan elementni tanlash va undan oldin turgan elementni qayta ishlashga zaruriyat paydo bo‘ladi. Lekin bir bog‘lamli ro‘yxatda tanlangan elementdan oldingi elementga osongina murojaat qilishning iloji yo‘q. Buni amalga oshirish uchun algoritmni murakkablashtirish zarur. Bu noqulay va maqsadga muvofiq emas. Bu noqulayliklarni yo‘qotish uchun ro‘yxatning har bir elementiga yana bir yangi maydon qo‘shish zarur. Bu maydon qiymati o‘zidan oldingi elementga murojaatni ta‘minlaydi. Bunday turdagi elementlardan tashkil topgan ma‘lumotlarning dinamik tuzilmasi ikki yo’nalishli yoki ikki bog’lamli ro’yxat deyiladi. Ikki bog‘lamli ro‘yxatlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ixtiyoriy elementining ikkita ko‘rsatkichi mavjud bo‘lib, bittasi o‘zidan oldingi elementni ko‘rsatib tursa, ikkinchisi esa keyingi elementni ko‘rsatib turadi. 6-rasm. Ikki bog’lamli ro’yxat tuzilishi. Xalqasimon ikki bog'lamli ro‘yxatlar. Ikki bog'lamli ro‘yxatda oxirgi elementning Rptr maydonining qiymati sifatida boshlang'ich elementga murojaat ko‘rsatkichi, birinchi elementning Lptr maydoni qiymati sifatida esa oxirgi elementga murojaat ko‘rsatkichi qabul qilinadi. Bu ko‘rinishdagi ro‘yxatlar xalqasimon shaklni hosil qilib, ko‘rsatkichlar bo‘yicha harakatlanganda oxirgi elementdan birinchi elementga va aksincha murojaat amalga oshirilishi mumkin. 7-rasm. Xalqasimon ikki bog'lamli ro‘yxat tuzilishi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling