Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muso al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari
Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi - ro’yhatlar va ularning turlari
Download 373.55 Kb. Pdf ko'rish
|
Dasturlash 12-mavzu LEO 10
Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi - ro’yhatlar va ularning turlari.
Chiziqli ro’yhatlarda har bir element o’zidan keyingisi yoki oldingisi bilan ham bog’langan bo’lishi mumkin. Birinchi holatda, ya’ni elementlar o’zidan keyingi element bilan bog’langan bo’lsa, bunday ro’yhatga bir bog‘lamli ro‘yhat deyiladi. Mazkur ko’rinishdagi ro’yhat elementi k’rsatkichining o’ziga xosligi shundan iboratki, u faqatgina ro’yhatning navbatdagi elementi adresini ko’rsatadi. Bir tomonlama yo’naltirilgan ro’yhatda eng so’nggi element ko’rsatkichi bo’sh, ya’ni NULL bo’ladi. Agar har bir element o’zidan oldingi va o’zidan keyingi element bilan bog’langan bo’lsa, u holda bunday ro’yhatlarga 2 bog‘lamli ro‘yhatlar deyiladi. Agar oxirgi element birinchi element ko’rsatkichi bilan bog’langan bo’lsa, bunday ro’yhatga halqasimon ro‘yhat deyiladi. Ro’yhatning har bir elementi shu elementni identifikatsiyalash uchun kalitga ega bo’ladi. Kalit odatda butun son yoki satr ko’rinishida ma’lumotlar maydonining bir qismi sifatida mavjud bo’ladi. Ro’yhatlar ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin: - ro’yhatni shakllantirish (birinchi elementini yaratish); - ro’yhat oxiriga yangi element qo’shish; - berilgan kalitga mos elementni o’qish; - ro’yhatning ko’rsatilgan joyiga element qo’shish (berilgan kalitga mos elementdan oldin yoki keyin) - berilgan kalitga mos elementni o’chirish; - kalit bo’yicha ro’yhat elementlarini tartibga keltirish. Ro’yhatlar bilan ishlashda dasturda boshlang’ich elementni ko’rsatuvchi ko’rsatkich talab etiladi. Bog’lamli ro’yxatlar. Biz shu paytgacha faqat statik dasturiy ob‘ektlarni qaradik. Ularning tarkibi va elementlar soni o‘zgaruvchan bo‘lsada, eng katta o‘lchami (elementlar sonining mumkin bo‘lgan eng katta qiymati) oldindan aniq berib qo‘yiladi va bu miqdor dastur bajarilishi davomida o‘zgarishi mumkin emas. Dasturlashda bunday ob‘ektlarning ishlatilishi hamma vaqt ham yetarli emas va bundan tashqari, eng samarali mashina dasturini hosil qilish nuqtai nazaridan qaraganda ba‘zi bir qiyinchiliklarga ham olib keladi. Gap shundaki, ba‘zi dasturiy ob‘ektlarning o‘lchamini, hatto uning mavjud bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ilgaridan aniq bilib bo‘lmaydi. Dastur bajarilishi davomida ob‘ekt ishlatilishiga ehtiyoj paydo bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ham mumkin. Uning o‘lchami ham dastur bajarilishi davomida aniqlanadi va o‘zgarib turadi. Bunday ob‘ektlar dinamik ob'ektlar deyiladi. Dinamik ob‘ektlarni modellashtirish uchun ma‘lumotlarning dinamik tuzilmalari ishlatiladi. Ma‘lumotlarning dinamik tuzilmasi 2 ta asosiy xususiyatga ega: -tuzilmadagi elementlar soni dastur bajarilishi vaqtida o‘zgarishi mumkin; -dinamik tuzilma elementlari qat‘iy chiziqli tartiblanmagan va xotira bo‘ylab tarqoq joylashgan bo‘lishi mumkin. Dinamik tuzilma elementlarini o‘zaro bog‘lash uchun ularning tarkibiga ma‘lumotlar maydonlaridan tashqari ko‘rsatkichlar maydonlari (bog‘lamlar) ham kiritiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling